7-ma’ruza. Giltuproqli sement, kimyoviy tarkibi, xom ashyo, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari, ishlatilishi
Download 31.98 Kb.
|
7-ma’ruza. Giltuproqli sement, kimyoviy tarkibi, xom ashyo, ishl-fayllar.org
Fizik-mexanik xossalari. Giltuproq sement mustahkamlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 300; 400 va 500 markalarga bo‘linadi (1-jadval). Sement markasi 1:3 tarkibli qattiq qorishmadan qirrali 7,07 sm kub shaklida yasalgan va 3 sutkaligida sinab ko‘rilgan namunalarning siqilishga mustahkamlik chegarasiga qarab belgilanadi. Giltuproq sement ishlab chiqarish sohasida to‘plangan tajriba hozirgi vaqtda bundan ham yukoriroq, jumladan 600 markali qilib ishlab chiqarishga imkon beradi. Bunday markali sementlar qurilish me’erlari va qoidalari (QMQ, 1-qism)da ko‘zda tutilgan nomenklaturaga kiradi.
1- jadval. Giltuiroq sementning mustahkamlik ko‘rsatkichlari
Giltuproq angidrid sement uchun ham giltuproq sementnikidek markalar, to‘ldirgichlari bor giltuproq sementlar uchun esa faqat birinchi ikki marka, ya’ni 300 va 400 belgilangan. Gidravlik bog‘lovchi moddalarning barchasiga ta’sir qiladigan omillar giltuproq sement mustahkamligining o‘sishiga ham ta’sir qiladi. Muhit namligi va harorat ta’siri to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish kerak bo‘ladi. Giltuproq sementning kotishi uchun nam sharoit juda qulay. Bunday sharoitda, garchi sekin bo‘lsa ham, mustahkamligi osha boradi. Quruq havo sharoitida mustahkamligi avvaliga bir oz oshganidan keyin to‘xtaydi. Nam sharoitdan quruq havo sharoitiga o‘tganidan so‘ng mustahkamligi kristallashib ulgurmagan gelsimon mahsulotlar (quritayotganda) zichlanishishi tufayli bir oz oshadi. Namunalar vaqt-vaqti bilan dam nam, dam quruq sharoitlarda saqlansa, yaxshi natija beradi. Ayrim mualliflarning ma’lumotlariga qaragaida, ana shunday aralash sharoitda saqlaganda giltuproq sement mustahkamligi 15—20% oshgan. Muhit namligiga qarab giltuproq sement mustahkamligi ham taxminan boshqa gidravlik moddalarnikidek osha borsa, harorat tamomila aksincha ta’sir qiladi: normal haroratdan yuqori temperatura sharoitlarda qotayotganda giltuproq sementning oxirgi mustahkamligi kamayadi. 28 sutkaga borib orttirgan mustahkamligi x.atto kamayib ketishi ham mumkin. GOST 969-41 da 3 kunligidagiga nisbatan 28 sutkaligida cho‘zilishga mustahkamligining ruxsat etiladigan ana shunday kamayish miqdori ko‘pi bilan 10% belgilangan. Normaldan past, hatto nolga yaqin temperaturada ham gil-tuproq sement nihoyatda ekzotermik bo‘lgani uchun qanoatlanarli qotadi; qotishining dastlabki 1—3 sutkasida giltuproq sement, masalan, alit-alyuminat portlandsementga qaraganda 1,5—2 baravar ko‘p issiq chikaradi. Giltuproq sement shu kadar ko‘p issiq chiqarishi sababli uni yaxlit konstruksiyalarda ishlatib bo‘lmaydi; yaxlit beton massiv tayyorlansa massa ichi qiziydn, sirti tez soviydi, natijada tashqi qatlamlarida cho‘zuvchi kuchlanishlar paydo bo‘ladi va beton darz ketadi. Mayda tuyilgan ko‘shilmalari bor giltuproq sementlar ko‘p ekzotermik bo‘lmaydi. Klinkerga ekzotermik xossaga ega bo‘lmagan qo‘shilma ko‘shilgani sababli taxminan qo‘shilma protsentiga to‘g‘ri proporsional suratda kam issiq ajralib chiqadi. Download 31.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling