7-ma’ruza Javada massivlar
Download 45.28 Kb.
|
10-maruza
7-ma’ruzaJavada massivlarMassiv bu — bir turdagi o'zgaruvchilarni o'zida saqlovchi biror nom bilan nomlangan o'lchami chegaralangan o'zgaruvchilari guruhi ya'ni oddiyroq qilib aytganda maxsus idishdir. Bitta yoki ikkita o'zgaruvchi ustida amallarni bajarmoqchisiz, bununig uchun bir yoki ikkita o'zgaruvchi yaratib olib hohlagan amalni bajarish mumkin. Lekin bu o'zgaruvchilar ko'p bo'lsachi? Agar har bir ishlatmoqchi bo'lgan o'zgaruvchi uchun har safar yangidan o'zgaruvchilarni yarataversak bu bir muncha noqulayliklar tug'diradi. Bu vaziyatda esa massivlarni ishlatish qo'l keladi. Oddiy va tushunarli bo'lishi uchun har doimgidek hayotiy bitta misol keltirib o`taman. Tasavvur qiling, siz do'stingizga bitta yoki ikkita olma bermoqchisiz. Siz bu ishni to'g'ridan-to'g'ri qilishingiz mumkin chunki ikkita olma qo'lingizga bemalol sig'adi. Agar bu olmalar soni ko'p bo'lsachi bunday vaziyatda nima qilasiz. Albatda bu vaziyatda bermoqchi bo'lgan olmalaringizni miqdoriga qarab o'sha miqdorni ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan idishga solib berasiz. Massiv ham huddi shunday vaziyatlarda o'zgaruvchilar uchun idish vazifasini bajarib beradi. Tasavvur qiling hamma olmalarni hech qanday idishga solmay qo'lingizda ko'tatib ketyapsiz. Keling endi bu vaziyatda qanday noqulayliklar tug'ilishini ko'rib chiqaylik. Ko'tarishga juda noqulay O'zimiz mustaqil holda hamma olmalarni ko'tara olmaymiz chunki ikkala qo'limiz ham band bo'ladi . Yo'lda ketayotgan paytimizda yaqin tanishimiz chiqib qoldi unga olmalarning eng kattasini bermoqchi bo'lsangiz qo'lingizdagi olmalar orasidan eng kattasini tanlab berishingiz juda qiyin bo'ladi. Bunday noqulayliklarni juda ko'p keltirib o'tishimiz mumkun. Bu olmalarning hammasi idishda bo'lsachi? Bunday noqulayliklar aslo kelib chiqmaydi. Bunday vaziyatlarni bir-ikki harakat bilan osongina hal qilish mumkin bo'ladi. Dasturlashda ham xuddi shunday o'zgaruvchilarni massivga joylamasangiz bundanda yomonroq vaziyatlar kelib chiqishi mumkun. Massivlarning bizga qanday imkoniyatlarni beradi : Download 45.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling