7-ma’ruza: Kasbiy sohadagi ziddiyatlarning psixologik asoslari


Download 223.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.12.2022
Hajmi223.82 Kb.
#1000354
  1   2
Bog'liq
7-ma\'ruza



7-MA’RUZA: 
Kasbiy sohadagi ziddiyatlarning psixologik asoslari 
Reja: 
1. Ziddiyat tushunchasi 
2. Kasbiy sohadagi ziddiyatlar 
3. Ziddiyatlarning psixologik asoslari 
Ziddiyat (mantiqda) — muhokama yuritishda, matnda va nazariyada biri 
ikkinchisini inkor etadigan mulohazaning mavjudligi (qarang 
Ziddiyat sonuni
); 
(dialektikada) — predmet va hodisalarga obʼyektiv ravishda xos boʻlgan bir 
butunning qaramaqarshi (musbat va manfiy, tugʻilayotgan va oʻlib borayotgan, 
yangi va eski) tomonlari, belgilari, yoʻnalishlari oʻrtasidagi muhim munosabatlar. 
Shu munosabatlar kurashi tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining manbaini, 
harakatga keltiruvchi kuchini va ichki mazmunini tashkil etadi. Taraqqiyotlarning 
paydo boʻlishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. ziddiyatlar har 
xil boʻlib, ular narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol 
oʻynaydi. ziddiyalar ichki va tashqi, asosiy va asosiy boʻlmagan, antagonistik va 
antagonistik boʻlmagan ziddiya larga boʻlinadi. Ichki ziddiyat— narsa va 
hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, "oʻzoʻzidan harakatlanish" ning manbai, 
rivojlanishning asosiy sababidir. Tashqi ziddiyat— narsa va hodisalar oʻrtasidagi 
munosabatlarning ifodasidir. Maye, tabiat bilan jamiyat, organizm bilan muhit 
oʻrtasidagi ziddiya tashqi ziddiyadir. Ichki va tashki ziddiyalar rivojlanish 
jarayonida bir xil rol oʻynamaydi. Rivojlanishning mohiyati, asosan, ichki ziddiya 
larning hal qilinishi bilan belgilanadi. Ammo tashki ziddiyalarni ham eʼtibordan 
chetda krldirish mumkin emas. Tashqi ziddiyatlar rivojlanishga bilvosita, yaʼni ichki 
ziddiya larni hal qilishga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Narsa va 
hodisaning mohiyatini, holatini, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini 
belgilovchi ziddiya lar asosiy ziddiya lar deb ataladi. Asosiy ziddiya taraqqiyotda 
hal qiluvchi rol oʻynaydi va barcha boshqa ziddiya larga taʼsir koʻrsatadi. Asosiy 
boʻlmagan ziddiya lar ham mavjud. Bosh ziddiya deb rivojlanishning u yoki bu 


bosqichining mohiyatini belgilab beradigan asosiy ziddiya ga aytiladi. Narsa va 
hodisalar rivojlanishining muayyan bosqichidagi bosh ziddiya asosiy ziddiya ning 
aniq koʻrinishi yoki ifodasidir. Antagonistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari 
birbiriga tubdan zid boʻlgan kuchlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar oʻrtasidagi 
ziddiya lardir. Antagonistik boʻlmagan ziddiya lar jamiyatdagi manfaatlari birbiriga 
moye keladigan yoki manfaatlarini oʻzaro kelishtirish mumkin boʻlgan ijtimoiy 
guruhlar va tabaqalar oʻrtasidagi ziddiya lardir. Shoʻrolar davrida sotsialistik 
jamiyatda antagonistik ziddiya lar yoʻq, unga faqat antagonistik boʻlmagan ziddiya 
lar xos degan mafkuraviy fikr targʻib qilingan. Aslida bunday ziddiya lar mavjud 
boʻlsada, shoʻrolar saltanati zoʻrlik bilan bu ziddiya larning namoyon boʻlishiga yoʻl 
qoʻymagan. Sobiq shoʻrolar davlatining baʼzi mintaqalarida sodir boʻlayotgan qonli 
toʻqnashuvlar, fuqarolar urushi oʻsha hal qilinmay qolgan ziddiya larning oqibatidir. 
Jamiyatdagi ziddiya lar turli shakl va usullar bilan bartaraf qilinadi. Ulardan baʼzilari 
eskining yemirilishi va yangining qaror topishi asosida hal qilib borilsa, boshqalari 
shu ziddiya ni tashkil qilgan qaramaqarshi tomonlarni oʻzaro kelishtirish, murosayu 
madoraga keltirish, hamjihatlik va hamkorlikka erishish yoʻli bilan bartaraf etilishi 
mumkin. Keyingi vaqtda jamiyatdagi ziddiya larni hal qilishda qoʻllanilayotgan 
samarali usullardan biri konsensus (oʻzaro kelishuv) dir. Ilgari ziddiya larni hal 
qilishning bu usuliga yetarli eʼtibor berilmagan. Yangicha tafakkurning karor topishi 
bilan jamiyatdagi ziddiya larni xal qilishda Gegel qayd qilib oʻtgan konsensus 
usulidan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlib chikdi. Uzoq yillar davomida 
birbiriga qaramaqarshi boʻlib kelgan davlatlar, jamiyatdagi qaramaqarshi tomonlar, 
kuchlar, ijtimoiy guruhlar, harakatlar va partiyalar oʻrtasidagi ziddiya larni 
jamiyatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishda konsensus usuli juda 
qoʻl kelmoqda. ziddiya larni bartaraf etishdagi bu usul jahon xalqlarining milliy 
totuvlikka, oʻzaro hamkorlikka va birdamlikka, barqarorlikka erishishida muhim 
ahamiyatga ega boʻlmoqda. Yuqorida tilga olingan ziddiya ning turlarini birbiridan 
farq qilish zarur, lekin ular oʻrtasida mutlaq chegara yoʻq. Voqelikda ular oʻzaro 
chirmashib ketadi, birbiriga oʻtadi va taraqqiyotda xilmaxil rol oʻynaydi. Shuning 


uchun, ziddiya larning har biriga aniq yondashish, ziddiya namoyon boʻladigan 
sharoitni, muhitni, vaziyatni, u oʻynaydigan rolni toʻgʻri hisobga olish lozim. 

Download 223.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling