7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari. Reja
Download 352.48 Kb. Pdf ko'rish
|
OOIMvaA 7-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namuna modda
Standart namuna — modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini
xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o’lchov. Masalan, tarkibidagi kimyoviy elementlari ko‘rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarining standart namunasi. Namuna modda — tasdiqlangan spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan, tayyorlash shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan, ma’lum xossalarga ega bo’lgan moddadan iborat o’lov. Masalan, ,,toza“ gazlar, ,,toza“ metallar, ,,toza“ suv. Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov axboroti signalini ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi о‘lchash asbobi deyiladi. O’lchash asbobida kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qiydi yoki sanaydi. O’lchash asboblari analog va raqamli bo‘lishi mumkin. Analogo‘lchash asboblarida asbobning ko‘rsatishi o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat bo’ladi, raqamli o‘lchash asboblaridaesa ko‘rsatishlar o‘lchash axboroti signalini diskret o‘zgartirish natijasidan iborat bo‘lgan raqamli shaklda ifodalangan bo’ladi. Keyingi vaqtlarda raqamli asboblar borgan sari kengroq qo‘llanila boshlandi, chunki ularning ko‘rsatuvlari osongina qayd qilinadi, ularni EHM ga kiritish qulay. Raqamli asboblarning tuzilishi o‘lchashda analog asboblarga qaraganda katta aniqlikka erishishga imkon beradi. Shu bilan birga raqamli asboblar qo‘llanganda o‘qish xatoligi bo’lmaydi. Ammo analog asboblar raqamli asboblarga qaraganda anchagina sodda va arzondir. O’lchash asboblari ko‘rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalangan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo’linadi. Ko‘rsatuvchi asboblardaraqamli qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan o'qiladi. Qayd qiluvchiasboblarda ko‘rsatuvlarni diagramma qog‘ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish ko‘zda tutiladi. Kombinatsiyalangan asboblar o’lchanayotgan kattalikni bir vaqtning o‘zida ko‘rsatadi hamda qayd qiladi. Integrallovchi asboblarda o’lchanayotgan kattalik vaqt bo‘yicha yoki boshqa erkli o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallanadi. Jamlovchi asboblarda ko‘rsatishlar turli kanallar bo‘yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattalikning yigindisi bilan funksional bog’langan bo’ladi. O’lchashga doir axborotni uzatish, o’zgartish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo’lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo’lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiquvchi o’lchash vositasi o’lchash o‘zgartkichi deb ataladi. Inson o‘zining sezgi organlari bilan o’lchash o‘zgartkichi signallarini qabul qila olmaydi. O’zgartiriladigan fizik kattalik- kirish kattaligi, uning o‘zgartirilgani esa Download 352.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling