7-ma’ruza. O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari. Reja
Download 352.48 Kb. Pdf ko'rish
|
OOIMvaA 7-ma\'ruza
KQ dan chiqqan R signal bilan moslashtiriladi. Kompensatsiya qurilmasi KQ chiqish
signali ᵩ ni kompensatsiya qiluvchi Rksignalga o‘zgartiradi. Nobalans signali nomuvofiqlashtirish indikatori N I orqali kuchaytirgich К kirishiga beriladi. Kuchaytirgichning chiqish signali integrallovchi qurilma IQ ga (masalan, reversiv dvigatelga) ta’sir qiladi yoki chiqish signali kuchaytirgich chiqishidan olinadigan signal yo‘q bo'lganda o‘zgarmay qolaveradi. Signal asbob ko'rsatkichi AK va kompensatsiya qurilmasi KQga beriladi. Shunday qilib, chiqish signali o’lchanayotgan X kattalik qiymatini aniqlaydi. Signalni muvozanatlashtiruvchi asboblar yuqori aniqlikka ega bo’lib, kichik signallarni o’lchash imkonini beradi, ammo ularning tezkorligi kam, bahosi yuqori, ishonchliligi esa to‘g‘ri o‘zgartkich asboblarinikiga qaraganda past. O’LCHASH XATOLIKLARI VA ANIQLIK SINFI O’lchash natijasida, odatda o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladigan qiymati topiladi. Ko‘pincha, fizik kattalikning haqiqiy qiymati noma’lum bo’ladi va shu kattalikning qiymati o'rnida uning tajriba yordamida topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qiymatiga shunchalik yaqin bo’ladiki, ko‘zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin. Kattalikning o’lchash usuli bilan topilgan qiymati o‘lchash natijasi deyiladi. O’lchash natijasi bilan o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o‘lchash xatoligi deyiladi. O’lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o’lichash xatoligi o’lchashning mutlaq xatoligi deyiladi: bu yerda, mutlaq xatolik; X — o’lchash natijasi; -o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati. O’lchash mutlaq xatoligining o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbati o’lchashning nisbiy xatoligi deyiladi. O’lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra muntazam, tasodifiy va qo‘pol xatoliklarga bo’linadi. Download 352.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling