7. Matritsani matritsaga ko’paytiruvchi funksiya hosil qiling


Download 15.49 Kb.
Sana07.10.2020
Hajmi15.49 Kb.
#132763
Bog'liq
1-laboratoriya topshiriqlari


Topshiriqlar

1. Berilgan sonlar ketma-ketligidagi maksimal va minimal elementlarini aniqlovchi max(), min() funksiyalarini hosil qiling, ushbu elementlarning o’rnini almashtiring.

2. Berilgan sonlar ketma-ketligidagi har bir elementni o’zi, o’zidan oldingi va o’zidan keyingi element bilan yig’indisiga almashtiruvchi funksiya hosil qiling.

3. nxn matritsaning yuqori chap uchburchagidagi elementlaridan vektor hosil qiling va natijani ekranda chop etuvchi funksiya yarating.

4. nxn matritsaning yuqori o’ng uchburchagidagi elementlaridan vektor hosil qiling va vektorning eng katta elementini aniqlovchi funksiya yarating

5. nxn matritsaning pastki o’ng uchburchagidagi elementlaridan vektor hosil qiling va vektorning birinchi va oxirgi elementlarini o’rnini almashtiruvchi funksiya yarating.

6. nxn matritsaning pastki chap uchburchagidagi elementlaridan vektor hosil qiling va vektorning manfiy qiymatli elementlarini ekranga chop etuvchi funksiya yarating.

7. Matritsani matritsaga ko’paytiruvchi funksiya hosil qiling.

8. Jadval hosil qiling va unga ma’lumotlarni kiriting, ma’lumotlarning mavjud yoki yo’qligiga ko’ra natijani ekranga chiqaruvchi funksiya hosil qiling..

9. Talabalar ism-familiyasi, yoshi va ballaridan iborat jadval yarating va talabalarni ism-familiyasini alfavit bo’yicha tartibga keltiruvchi funksiya yarating.

10. 2 ta bir xil tipdagi jadval berilgan. Ikkala jadvalni o’zaro solishtiring va aynan bir xil bo’lgan yozuvlarni o’chiruvchi funksiya yarating.

11. Birlashma tipidagi (tipda 2 ta element e’lon qiling) 2 ta o’zgaruvchini bir-biridan farqli elementlariga qiymat bering va ularning yig’indisini ikkala o’zgaruvchining qiymat berilmagan elementlariga o’zlashtiring. Har ikkala o’zgaruvchining barcha elementlarini ekranga chiqaruvchi funksiya hosil qiling.

12. Avtomobil nomli klass yarating va unda turli o’zgaruvchi va funksiyalar yarating. Ushbu klassdan foydalanib, turli markali avtomobillar uchun o’zgaruvchilarni yaratib, ular haqida ma’lumotlar kiritib, ekranga chiqaring.

13. Berilgan matnli fayldan simvollarni o’qib, ekranga chiqaring va

raqamlarni ajratib ko’rsatuvchi funksiya yarating.

14. Berilgan matnli faylda a harfi necha marta qatnashganini sanab, natijani ekranga chiqaruvchi funksiya hosil qiling.

15. Berilgan matnli fayldagi satrlar sonini aniqlovchi funksiya hosil qiling.

16. Talabalar ism-familiyasi, yoshi va ballari maydonidan iborat klass yarating va talabalar ro’yhatini tuzing. So’ralayotgan talaba ro’yhatda bor yo’qligini aniqlovchi funksiya hosil qiling.

17. Oy nomlaridan iborat sanaladigan toifa yarating. So’ralayotgan oy qaysi faslga tegishliligini aniqlovchi funksiya yarating.

18. Mahsulot nomlaridan iborat elementlar va ularning qiymati sifatida narxlari kiritilgan sanaladigan toifa yarating. So’ralayotgan narxda qanday mahsulot yoki mahsulotlar to’plamini xarid qilish mumkinligini aniqlovchi funksiya yarating.

19. Kiritilgan ismning harflarini alfavit bo’yicha tartibga keltiruvchi funksiya hosil qiling.

20. Satrli toifadagi vektor berilgan. Bir xil qiymatdagi elementlarni aniqlab, ekranga chiqaruvchi funksiya hosil qiling.

21. Berilgan ismlardan imlo qoidasiga mos ravishda familiyalar hosil qiluvchi funksiya yarating.

22. Berilgan satrda nechta undosh harflar borligini aniqlovchi funksiya hosil qiling.

23. Berilgan satrdagi sonlar yig’indisini aniqlovchi funksiya yarating.

24. F faylda berilgan satr necha marta uchrashini aniqlovchi funksiya yarating.



25. Matritsaning juft va toq elementlaridan 2 ta vektor hosil qiling, natijani ekranda chop etuvchi funksiya yarating.

26. Massivdagi tub sonlarni va indekslarini ekranga chiqaruvchi funksiya yarating.
Download 15.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling