7-mavzu: Adabiy nutq va uning


Download 92.47 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi92.47 Kb.
#1427271
1   2   3   4
Bog'liq
7- Машғулот

Rasmiy-idoraviy uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosavatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi nutq uslubidir. Bu uslub xujjatlilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko'ra yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, vayonotlar, shartnomalar, idora xujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nuquqiy shtamplar, kasbga oid so’zlar, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo'llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta'minlaydi. Tayyor nutq formalari (shu asosida; shunga ko'ra, ma'lum qilamizki; ...ni e'tiborga olib; ... ga ko'ra;... biz, quyida imzo chekuvchilar; ...ga
asosan (muvofiq);... uchun;... dan kelib chiqib;... sharti bilan; ... berilsin,... taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-axborot xarakterida bo'lishini, so'zlarning bir ma'noda ishlatilishini, vadiiy-tasviriy vositalarning bo'lmasligini, fe'lning majhullik va buyruq- istak shakllarining, qo'shma gap turlarining keng qo'llanilishini talab qiladi. Til matnalri hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi varcha narsa hamda hodisalar to'g'risida aniq, asoslangan, izchil ma'lumot berishda qo'llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta'riflash, tahlil qilish, savabini aniqdab dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni vayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me'yorga qat'iy rioya etilgani holda majxul nisvatdagi fe'llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli soxalariga qarab, shuningdek, kimga mo’ljallanganligiga nisvatan o'zaro farqlanadi. Masalan, fan soxalari muayyan shartli belgilar, formulalar, vayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo’ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo'lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo'lgan, tasvir vayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo'lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko'pchilikka mo’ljallangan ma'ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko’rinishlaridir. Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda- tushuntiriladi, vayonda obrazlilikni ta'minlovchi vadiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
Publilsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosavatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolaiar, feleton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og’zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ’ibot uslubi bo'lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o’tkir va ta'sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish va isbotlash kabi belgilar ustunlik qo’shadi.
Shunga ko'ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy- iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, vadiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo’yoqdor so'zlarni qo'llash) ham o'zaro uyg'unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo'shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o'quvchiga ta'sir ko'rsatiladi.
Insoniyatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha. Zero, u amal qilayotgan ko'plab zararli odatlarning oxir-oqivatini bilsa-da, uni takrorlashdan o'zini tiyolmaydi. Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish odati ham ayni yuqoridagi
fikrimizga dalil. E'tibor bergan bo'lsangiz, yoshlarimiz ruju qo'yayotgan sigareta tutunlari yomg'ir yog'ishi oldidan kora bulutning ko'm-ko'k, beg'ubor osmonni qoplagani singari tobora farzandlarimizning katta qatlamini o'z iskanjasiga olmoqda.
Yurtimizda sog'lom avlod tarbiyasiga har qachongidan ko'ra ko'proq e'tibor berilayotgan bir paytda kelajagimiz vorislari bo'lgan o'g'il-qizlarimizning bu qadar o'zlarini zaharlashlariga nima savab bo'lmoqda?
Aytish joizki, farzandlarimizning har qanday illatga ruju qo'yishlarida avallo ota- ona, mahalla-ko'y, bir so'z bilan aytganda, o'zimizning bilib-bilmay qilgan xatti- harakatimiz bosh omil bo'lib xizmat qiladi. Shu o'rinda bir misol keltirib o'tsam...’
(“Ma 'rifat” gazetasidan)

Download 92.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling