7-mavzu: Boshlang‘ich ta’limda innovatsion pedagogika. Reja


INTEGRATSIYALANGAN DARSLAR SAMARADORLGINI OSHIRISH


Download 24.89 Kb.
bet3/3
Sana08.05.2023
Hajmi24.89 Kb.
#1442073
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu BTI

INTEGRATSIYALANGAN DARSLAR SAMARADORLGINI OSHIRISH ОMIL LARI
Awalo, qaysi darslar integratsiyalash uchun mos kelishini aniqlab olish kerak. Bunday darslar sirasiga o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish, matematika, tabiatshunoslik darslarini kiritish mumkin.
Savod o‘rgatish darslari (o‘qish va yozishga o‘rgatish) integratsiya- langan darslami tashkil etganda yaxlit jarayon kechadi.
Bunda asosiy e’tibor:

  1. kitob o‘qish asbobi sifatida o‘qish darslarida olgan o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish;

  2. matn ustida ishlash;

v) suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblami tanlashga qaratiladi.
Matematika ham integratsiyalangan ta’lim - arifmetik materialni o‘zlashtirishga imkon beruvchi arifmetika, algebra va geometriya elementlari va shu bilan birga algebra va geometriya, mehnat ta’limi asoslarini o‘rgatishga tayyorgarlik; Boshdan integratsiyalangan kurs tabiatshunoslik (tabiatshunoslik asoslari, geografiya); Boshidan integratsiyalangan yuqoridagi kurslardan tashqari quyidagi fanlarning birikishi mumkin: o‘qish-rus tili, o‘qish-tabiatshunoslik, o‘qish-tasviriy san’at, o‘qish-musiqa, tabiatshunoslik-matematika, tabiatshunoslik-meh- nat ta’limi, matematika-mehnat ta’limi, matematika-jismoniy tarbiya.
Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o‘qituvchi (ta’lim berish ) va o‘quvchi (ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko‘zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositaiar, natijalar, nazorat. Biroq o‘qituvchi va 0‘quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.
Maqsadli bosqichda o‘qituvchi umumiy maqsadni qo‘yadi. 0‘quvchilar o‘qituvchi boshchiligida predmetlararo bogMiqliklami tushunib yetishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular o‘z e’tibor, fikrlarini faqat umumiy bilimlarni o‘zlashtirishga emas balki, ko'chirish tahlil qilish shaxsning belgilari qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak.
Isbotlash bosqichida o‘qituvchi o'quvchilami dunyoqarashini o‘stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlash- tirishga rag‘bar!antiradi. 0‘quvchilar o‘z irodalarini dunyoqarashni kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo‘naltiradilar.
Faoliyatning mazmun bosqichida o‘qituvchi yangi o‘quv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlami jalb qiladi. 0‘quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolami umumiy bilimlar darajasida o‘ziashtiradilar.
Vositalar tanlash bosqichida o‘qituvchi turli predmetlar bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi ko‘rgazmali vositalami-darsliklar, tablitsalar, sxemalar, savol no malar, amaliy vazifalar. 0‘quvchilar ko‘chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakteriarini integratsion masalalami hal qiiishda ko‘rgazmali vositalar yordamida bajaradilar.
Keyingi bosqich - natija. 0‘qituvchi ta’lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlami qoMlaydi. 0‘quvchi bilimlar tizimida, umumlashtirib ulami amalda qo‘llaydi.
Nazorat qilish bosqichida o'qituvchi bir-biri bilan bog‘langan predmetlarga o‘quvchilarning tayyorligini baholaydi, nazorat qiladi, o‘zlashtirish sifatida baholaydi. 0‘quvchilar o‘z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo'yicha o‘z-o‘zini ham, ulami birlashtirish ko'nikmalarini nazorat qiladi lar.
Tekshiruvlar ko‘rsatishicha integral yondoshuvchi amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga:

  1. Evristik suhbatlar;

  2. Umumiy suhbatlar;

  3. Ekskursiyalar;

  4. Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asar materiallari asosida nutq o‘stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar;

  5. Ta’limning ko‘rgazmali, metodlari;

  6. Mustaqil ishlar;

  7. 0‘qish, matematika darslarida og‘zaki rasm chizish;

  8. Imo-ishorali ko‘rinishlar (panto mi malar);

  9. Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o‘qish;

  10. Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalami takrorlagan holda);

  11. 0‘lkashunosIik asosida matematik masalalami hal qilish, yechish va boshqalar kiradi.

Ta’limni tabaqalashtirish rad etmaydigan, uni toMdiradigan integratsiya tizimini kiritish yaxlit dunyoqarashga, o‘zidagi bor bilimlarini mustaqil tartibga solish va turli muammolami hal qilishga noan’anaviy yondoshish qobiliyatiga ega boMgan bilimdon yoshlarni tarbiyalashga an’anaviy predmetlarga boMib o‘qitishga nisbatan ko‘proq yordam beradi.

Ta’limni integratsiya qilish moxiyati nimadan iborat? TaMimga bogMiq «Integratsiya» tushunchasi 2 ta ma’noga ega:

  1. O'quvchida atrofdagi olam to‘g‘risida yaxshi tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida ko‘riladi).

  2. Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu yerda integratsiya - ta’lim vositasi).

Integratsiya ta’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog‘liqligini ko‘rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bogMiq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o'rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlang'ich maktab amalga oshirishi kerak.
Integratsiya — predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarini qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashtirilgan bilimlar orasida bilmagan joylami toldirish, ular orasidagi aloqalarni o'rnatish lozim.
U ta’lim oluvchining bilimini oshirishga, ta’limdagi tor ixtisoslashtirishni yangilashga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga integratsiya ta’limining klassik o'quv predmentlari o‘mini egallash kerak emas, u faqat olinayotgan bilimlarni yaxlit bir tizimga birlashtirishi kerak, xolos, Muammoning qiyin tomoni integratsiyaning ta’lim boshidan oxirigacha dinamik rivoj lantirishdadir. Agar boshida «hamma narsa to‘g‘risida ozgina bilish» lozim bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik tarqoq bilim va ko‘nikmalarni biriashtirish kerak bo‘ladi va oxiriga kelib «ozgina narsa to‘g‘risida hammasini bilish» kerak bo‘ladi, ya’ni bu yangi integratsiya darajasidagi ixtisoslashtirishdir.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. «Integratsiya» so‘zining ma’nosini aytib bering.

  2. Ta’lim jarayonini integratsiyalashning nazariy asoslari nimalardan iborat?

  3. Boshlang‘ich maktabni integratsiya qilish muammolari haqida fikr yuriting.

  4. Integratsiyalangan darslami samaradorlgini oshirish omillari qaysilar?

Download 24.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling