7-mavzu. Bozor segmentatsiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish (4 soat)
7.2-mavzu. Tovarni bozorda pozisiyalashtirish.
Reja:
7.1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati.
7.2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari.
7.3. Bozor segmentatsiyasi turlari.
7.4. Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari.
7.5. Maqsadli bozor segmentlarini tanlash.
7.6. Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish.
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: “Blis so‘rov”, “Aqliy xujum”, insert, diskussiya usullari.
7-mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
Gary Armstrong, Philip Kotler, Michael Harker, Ross Brennan. Marketing an introduction. England, 2016, Paperback: 720 pages, Pearson
Philip Kotler, Kevin Lane Keller. Marketing Management. Pearson Education, Inc., publishing as Prentice Hall, United States of America 2012 y.
Kotler F. Osnovы marketinga. Uchebnoe posobie. –M.: Izdatelskiy dom «Vilyams», 2010. – 656 s.
Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing asoslari. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: Iqtisodiyot, 2019. - 305 b.
Paramonova T.N. Marketing. Uchebnoe posobie. – M.: KNORUS, 2010.–190s.
Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing.- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: Iqtisodiyot, 2018. - 315 b.
Testlar
1. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri bozor marketing tushunchasini to‘g‘ri aks ettiradi:
a) bozor bu – ushbu mamlakatning aholisi;
b) bozor bu – o‘xshash ehtiyojlarga ega bo‘lgan iste’molchilar joylashgan joy;
v) bozor bu – o‘tgan 5 yilda sotuv o‘rtacha hajmi;
g) bozor bu – bizdan tovar sotib oladigan iste’molchilar guruhi.
2. Quyidagi bozorni segmentlash mezonlarining qaysi biri eng muhim sanaladi:
a) har qanday iste’molchini qamrab olish;
b) mahsulotni rivojlantirish strategiyasini tanlash;
v) bizning mahsulot bilan barcha iste’molchilarni qamrab olish;
g) reklama budjeti sarflanishi samaradorligini ta’minlash?
3. Marketing bo‘yicha mutaxassis bozorni segmentlashi lozim:
a) tashkilotda rahbariyat oldida o‘zining rolini ta’kidlash uchun;
b) to‘g‘ri keladigan maqsadli bozorga chiqish niyatida;
v) samarali marketing dasturi va strategiyasi shakllantirish uchun;
g) tashkilot ko‘proq foyda olishiga shart-sharoitlar yaratish uchun;
d) yaxshi mahsulotni joylashtirish uchun.
4. Quyidagi ko‘rsatkichlarning qaysi biri bozorni segmentlash omillarining demografik guruhiga mansub emas:
a) yosh, jins, ma’lumot;
b) iste’molchining psixologik turi;
v) etnik guruh;
g) hammasi?
5. Bozor «nisha»si tushunchasi nima bilan bog‘liq:
a) dastlabki tahlildan kelib chiqib, eng katta foyda keltiradigan segment bilan;
b) biz yo‘nalgan maqsadli bozor bilan;
v) bizning mahsulot, marketing sotuvi va imkoniyatlar eng yaxshi to‘g‘ri keladigan segment bilan;
g) aytilganlarning hech qaysi biri bilan?
6. Mahsulotni bozorda joylashtirishdan asosiy maqsad nimada:
a) o‘ziga xos ehtiyojlar ochib berishni qondiradigan yangi mahsulot yaratish;
b) samarali reklama kampaniyasi o‘tkazish;
v) tanlangan maqsadli bozorga xizmat ko‘rsatishga intilish;
g) iste’molchida unga mos keladigan yechim taklif etilyapti degan hisni shakllantirish;
d) optimal marketing-miks shakllantirish?
7. Quyida sanab o‘tilgan axborot izlash yo‘llaridan qaysinisidan bozorni o‘rganishda foydalangan bo‘lardingiz:
a) sizning tovarlar xaqida mijozlar fikrini o‘rganish;
b) turmush o‘rtog‘ingiz fikrini bilib olish;
v) biznes-kataloglar ko‘rib chiqish;
g) o‘z buyurtmalar kitobingizni tekshirish;
d) savdo vakilingizning fikrini bilish?
8. Kon’yunktura nima?
a) U bozorda vujudga kelayotgan talabdan iboratdir.
b) U bozorda vujudga keladigan taklifdan iboratdir.
v) Bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy xolatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog‘lik bo‘lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi)
g) U bozorda vujudga keladigan narx darajasidan iboratdir.
9. Iste’molchini tahlil etish qanday tarkibiy qismlardan iborat?
a)bozor segmentatsiyasi, iste’molchi talabi sabablarini o‘rganish, qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.
b) reklama qilish, rejalashtirish, nazorat kilish.
v)talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish, taqsimot kanallarini tanlash .
g) savdo markasini tanlash, diversifikatsion faoliyat.
10. Marketingni holatli (situatsiyali)tahlili deganda nimani tushunasiz?
a) korxona barcha ichki resurslarining taftishi,tashqi va jalb kilingan mablag‘lardan foydalanish,aniq bozorda talabni aniqlab jami resurslarni o‘zaro nisbati;
b) tashqi va jalb etilgan mablag‘lardan foydalanish;
v) aniq bozorda talabni aniqlash bilan ichki va jalb etilgan resurslarning o‘zaro nisbati;
g) korxonani barcha resurslarining taftishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |