7-mavzu: brauzerlar va ularning tavsiflari, sayt kompaniyaning raqamli vakilligi sifati brauzerlar va ularning tavsiflari
Download 2.15 Mb.
|
7-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagramma 2.4.1.
Google Chrome brauzeriGoogle kompaniyasi o‘z brauzerini yaratish xususida chekkada qolmadi. Va 2008 yilda o‘zining Google Chrome brauzerining chiqishi haqida e'lon qildi. 2.4.6-rasm. Google Chrome brauzeri interfeysi Brauzerning ijobiy tomonlariga mutaxassislar quyidagilarni kiritadi [82]: Ko‘p jarayonli arxitektura. Har bir ochiq qo‘shimcha varaqa yoki oyna alohida jarayondir; Kengaytirishlar ko‘pligi. Ko‘p sonli turli plaginlar brauzer samaradorligini va foydalanish qulayligini oshiradi; Trafik tejamkorligi va ishlash tezligi. Ma'lumotlarni zichlashtirish unikal texnologiyasi sahifalarni yuklash yuqori tezligini ta'minlab, trafikni tejaydi. Servislar bilan yuksak integratsiya. Google kompaniyasi ko‘plab turli servislarga ega bo‘lib, ularning orasida Gmail elektron pochtasi, Google Disk bulutli saqlash joyi, YouTube videokontent servisi va ko‘pgina boshqalar; Dastur ishidagi adashishlar nazorati; Xavfsizlikning yuqori darajasi; Foydalanish osonligi. Google Chrome brauzeri Internet tarmog‘ida ishlash uchun turli tayyorgarlik darajasidagi odamlar uchun, oddiy foydalanuvchilardan to professionallargacha to‘g‘ri keladi. 2.4.1. diagrammada 2020 yil o‘rtasiga brauzerlarning bozor ulushi, % larda keltirilgan [83]: Diagramma 2.4.1.Sayt kompaniyaning raqamli vakilligi sifatida Sayt, yoki web-sayt (ingl. website: web – “o‘rgimchak uyasi, to‘r” va site – “joy”) – bu unikal manzilga ega o‘zaro mantiqan bog‘liq bir yoki bir nechta web-sahifalardir [62, 75]. Web-sayt tuzilishi HTML (Hyper Text Markup Language) gipermatnli razmetka tili, sayt dizayni va mazmuni yordamida yaratilgan matnli fayllar to‘plamidan iborat. Sayt maxsus dasturlash tillari yordamida yaratilib, ular interfeys va server tillariga bo‘linadi. Dasturlashning interfeys tillari (HTML, CSS, Javascript) yordamida sayt dizayni - tashqi ko‘rinishi va unda turli elementlar joylashuvi – yaratiladi. Dasturlashning server tillari (PHP, Java, Ruby) sayt xatti- harakatini – saytda joylashgan u yoki bu elementga bosishdan keyingi reaksiyani, akkauntni yaratishni, xarid qilish yoki xizmat ko‘rsatishni va hokazolarni ta'riflaydi. Saytlar turli maqsadlarda: ma'lumot joylashtirish yoki topish, tarmoqning boshqa foydalanuvchilari bilan muloqot qilish, tajriba va bilim almashish, tovar yoki xizmat xarid qilish/sotish va ko‘pgina boshqa maqsadlarda yaratiladi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling