7-mavzu Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi Inqilobning sabablari


Konstitutsiyaning qabul qilinishi


Download 17.1 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi17.1 Kb.
#1013318
1   2   3
Bog'liq
Husanov S

Konstitutsiyaning qabul qilinishi. 1791- yilda Fransiya tarixida birinchi marta mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya 25 yoshga to`lgan barcha erkak kishilarga saylash huquqini e'lon qildi. Shu davrdan boshlab parlamentda siyosiy partiyalar faoliyat ko`rsata boshladi. Ularning ichida eng yetakchilari «jirondachilar» va «yakobinchilar» partiyalari edi. Parlamentga o`tkazilgan saylovda «jirondachilar» partiyasi g`alaba qozondi va parlamentda ko`pchilik o`rinni egalladi. Bu partiya, asosan, yirik burjuaziya partiyasi edi. Partiya qirol bilan murosa yo`lini tanladi. Bu paytga kelib ichki og`ir vaziyatga tashqi xavf ham qo`shildi. Qo`shni monarx davlatlar Fransiyaga hujum uyushtirdilar. Bular Avstriya, Ispaniya va Buyuk Britaniya edi.
1792- yilda Qonun chiqaruvchi Majlis (parlament) «Vatan xavf ostida» chaqirig`i bilan xalqqa murojaat qildi. Jirondachilar mamlakat mudofaasini uyushtira olmadilar. Bu esa mamlakatda keskin norozilik keltirib chiqardi. 1792- yil 10- avgust kuni Parijda qurolli qo`zg`olon boshlandi. Bunday sharoitda parlament qirolni hokimiyatdan mahrum etish va yangi parlament - Milliy Konventga saylov o`tkazish haqida qaror qabul qilishga majbur bo`ldi. Lyudovik XVI esa hibsga olindi. Shu tariqa 1792- yilning 10- avgustida Fransiyada monarxiya ag`darib tashlandi. Yakobinchilar (o`rta va mayda burjuaziya partiyasi) qirolni darhol sud va qatl qilishni, Respublika e'lon qilinishini, feodal qaramlikni butunlay tugatishni va chet ellik bosqinchilarga qarshi inqilobiy urush olib borishni talab etdilar.
Download 17.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling