7-mavzu Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi Inqilobning sabablari
Download 17.1 Kb.
|
Husanov S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Feodal tartiblarning bekor qilinishi.
- Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi.
Inqilobning boshlanishi.Vaziyat inqilob yuz berishining oldini olishni talab etardi. Shunday sharoitda Lyudovik XVI 1694- yildan beri chaqirilmay qo`ygan General shtatlarini 1789- yilda qayta chaqirdi. Barcha tabaqalarga General shtatlarga o`z talablarini yozma ravishda topshirish huquqi ham berildi. Qirol bo`shab qolgan mamlakat xazinasini to`ldirish uchun yangi soliqlar joriy etilishini va General shtatlar uni tasdiqlashi zarurligini ma'lum qildi. Biroq uchinchi tabaqa yuqori imtiyozli tabaqalarning mol-mulkini soliqqa tortishni talab qildi. Oqibatda parlamentda bo`linish yuz berdi. Parij aholisi uchinchi tabaqaning talabini qo`llab-quvvatladi. 1789- yilning 17- iyunida uchinchi tabaqa deputatlari o`zlarini butun millat vakillari deb e'lon qildilar. Shuningdek, yangi parlament - Milliy Kengash tuzdilar. 9- iyulda Milliy Kengash o`zini «Ta'sis majlisi» deb e'lon qildi. Xalq qurollana boshladi. 14- iyul kuni Fransiya mutlaq monarxiyasining tayanchi Bastiliya (davlat turmasi) egallandi. Qattiq qo`rqib ketgan Lyudovik XVI yon berishga majbur bo`ldi. U Ta'sis majlisining qonuniyligini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat inqilobchilar vakillaridan tuzilgan Parij Kommunasi (Parij Kengashi) qo`liga o`tdi. Shu tariqa Fransiyada mutlaq monarxiya quladi. Hokimiyat tepasiga yirik burjuaziya - savdo-sanoat burjuaziyasi keldi. Bu burjuaziya Buyuk Britaniyadagidek cheklangan monarxiya tarafdori edi. Feodal tartiblarning bekor qilinishi.Mutlaq monarxiyaning qulashi mamlakatda tinchlik o`rnatishiga olib kelmadi. Aksincha, butun mamlakatni endi dehqonlar qo`zg`oloni qamrab oldi. Ular feodal majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdilar. Oziq-ovqat omborlarini egallab oldilar, feodallarning qo`rg`onlariga o`t qo`yib, yoqib yubordilar. Natijada Ta'sis majlisi «Imtiyozlarni tugatish haqida dekret» chiqarishga majbur bo 'ldi. Unga ko`ra, feodal tartiblar bekor qilindi. Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi.1789- yilda Ta'sis majlisi yana bir muhim hujjat - «Inson va fiiqaro huquqlari Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. U «barcha odamlar ozod va teng huquqli bo`lib tug`iladilar» degan so`zlar bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni «hokimiyatning manbai» deb e'lon qildi. Shuningdek, feodal va tabaqa imtiyozlarini-bekor qildi. So`z, matbuot erkinligini e'lon qildi. Fuqarolarning qonun qabul qilishda ishtirok etishi erkinligini hamda xususiy mulkning daxlsiz va muqaddasligini belgilab qo`ydi. Ayni paytda qirol huquqlari cheklandi. Download 17.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling