7-mavzu. Diqqat reja


Ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira


Download 54.1 Kb.
bet9/10
Sana04.02.2023
Hajmi54.1 Kb.
#1161512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10.4. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira. Faoliyat maqsadiga ko‘ra xotiraning
ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari farqlanadi. Muayyan maqsadsiz bironbir
narsani esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz
ravishda qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deyiladi. Biz o‘z oldimizga
biron maqsad qo‘yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira haqida gap boradi.
Ixtiyoriy ravishda esda olib qolish va esga tushirish jarayonlarida
67
maxsus mnemik («mneme» lotincha so‘z bo‘lib xotira degan ma’noni bildiradi)
harakatlar tarzida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira.Operativ xotira.
Ma’lum bir materialni esda olib qolish uchun va uni xotirada mustahkamlash
uchun u sub‘ekt tomonidan tegishli ravishda ishlab chiqilishi lozim.
Bunday ishlab chiqish ma’lum mikdorda vaqt talab qiladi. Bu vaqt
izlarni konsolidatsiyalash (lotincha «consolidatio» so‘zidan olingan bo‘lib,
mustahkamlash degan ma’noni anglatadi) vaqti deb ataladi. Biz ma’lum dakika
davomida Hozir bevosita idrok qilmayotgannarsalarni guyo ko‘rishda,
eshitishda davom etamiz (xuddi ko‘z o‘ngimizda turganday yoki
qulog‘imizga eshitilayotganday bo‘laveradi). Bu protsesslar beqaror va
o‘zgaruvchan bo‘lib, qisqa muddatli xotira deb nom olgan. Juda ko‘p takrorlashlar,
qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda
saqlab qolish harakaterli bo‘lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda,
qisqa muddatli xotira bir marta hamda hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida
idrok qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so‘ng juda qisqa muddatli esda
olib qolish bilan harakaterlanadi.
Qisqa muddatli xotira atamasi o‘rinda adabiyotlarda, ko‘pincha, uning
turli sinonimlari-«bir lahzalik», «dastlabki», «zudlik», «qisqa vaqtli» va shu
kabi atamalar qo‘llaniladi.
Operativ xotira tushunchasi inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan
aktual harakatlar, operatsiyalar uchun xizmat qiluvchi mnemik jarayonlarni
bildiradi. Masalan, arifmetik amalni bajarayotganda biz oraliq natijalarni
«yodimizda» saqlab turamiz. Ishlatilgan, ishlangan materialar esa
esdan chiqarib yuborilaveradi. Ish tugatilgach ko‘pincha barcha informatsiyalar
esdan chiqarib yuboriladi. Shu sababli xotiraning bu turini «ishchi
» xotira ham deb yuritildai.

Download 54.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling