Hozirgi vaqtda xususiylashtirilgan dorixonalar ko‘pchilikni tashkil qilganligi sababli ularning sanitariya-gigiyena me'yor va qoidalariga rioya qilinishiga alohida e'tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Hammamizga ma'lumki, dorixonalarning asosiy vazifasi dori vositalarini sifatli tayyorlash, aholini, davolash-profllaktika muassasalarini, poliklinika va ambulatoriyalarni dori vositalari bilan ta'minlash, aholining kundalik dori vositalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Aholini va turli davolash-profilaktika muassasalarini sifatli dori vositalari bilan ta'minlash ko‘p jihatdan dori vositasini tayyorlaydigan shaxslarning bilim saviyasiga, ularning maxsus tartib, qoida va qonunlarni to‘la-to‘kis bajarishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |