7-Mavzu: Elektr yuritma va elektromexanik tizimlarning tashkil etuvchi elementlari. Nazariy tushunchalar


Download 359.76 Kb.
bet1/3
Sana18.12.2022
Hajmi359.76 Kb.
#1028461
  1   2   3
Bog'liq
7-Амалий


7-Mavzu: Elektr yuritma va elektromexanik tizimlarning tashkil etuvchi elementlari.

Nazariy tushunchalar:
Suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishga xizmat qiluvchi qurilmalar nasoslar deb ataladi. Nasoslar ishlab chiqarishning barcha sohalarida juda keng qo‘llaniladi. Ular alohida mashina yoki agregat sifatida ishlatilishi bilan bir qatorda energetik qurilmalar, transport mashinalari, avtomatik liniyalar va boshqa bir qator murakkab dastgohlarning tarkibiy qismlari sifatida ham ishlatiladi.
Nasoslar, nasos qurilmalari yoki nasos stansiyalari suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarining asosiy tashkil etuvchi uskunalaridir. Suv ta’minoti tizimida nasoslar iste’molchilarni (sanoat korxonalarini, issiqlik elektr stansiyalarini, turar – joy mavzelarini) suv bilan ta’mindaydi. Isitish va issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida nasoslar issiq suvning iste’molchilardan issiq suv ishlab chiqarish korxonalariga (issiqlik elektr stanyiyalariga, suv isitish qozonxonalariga) qaytarishni ta’minlaydi. Kanalizatsiya tizimlarida ishlayotgan nasoslar sanoat korxonalari va turar – joy mavzelarida ishlatilgan oqava suvlvrni tozalash inshoatlariga uzatishga xizmat qiladi.
Nasoslarning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri, bu nasosning hajmiy uzatishi – vaqt birligi ichida nasosning qancha hajmda suyuqlik uzatishini anglatadi Uning o‘lchov birligi m /sekund yoki m /soat; shuningdek l/sekund o‘lchov birligi ham qo‘llaniladi. Suyuqlikning massasi degan tushuncha ham qo‘llanilgani sababli massa uzatishi – vaqt birligi ichida uzatilayotgan suyuqlikning massasini anglatadi va o‘lchov birligi kg/sekund yoki kg/soat bo‘ladi.
Nasosning yana bir asosiy ko‘rsatkichi bu nasos hosil qiladigan bosim yoki bosilish kuchi dir. Bosim Mpa , kPa yoki kg/sm larda o‘lchanadi, bosish kuchi esa ko‘chirilayotgan suyuqlikning qancha metr balandlikka ko‘tarilganligi bilan o‘lchanadi.
Shuningdek, nasosning asosiy ko‘rsatkichlariga uning quvvati, ya’ni nasos yoki nasos agregatining ishlayotganida iste’mol qilayotgan quvvati; foydali ish koeffisienti (FIK) – foydali quvvatning nasos yoki nasos agregatining iste’mol qilayotgan quvvatiga nisbati.
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarida va shuningdek texnikaning boshqa sohalarida ham asosan markazdan qochma nasoslar keng qo‘llaniladi.


Download 359.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling