7-mavzu: Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lgan yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo`nalishlari


Download 18.93 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi18.93 Kb.
#246893
Bog'liq
7-mavzu


7-mavzu: Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lgan yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo`nalishlari.

Tushuncha yoki fikr

Keltirilgan fikrning mazmun va mohiyati

Fuqaro

Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma'lum bir davlat bilan mustahkam huquqiy bog`lanishiga aytiladi. Bunda fuqaroning tegishli davlatga nisbatan huquq va burchlari hamda uning suveren davlat tomonidan himoya qilinishida ifodalanadi. Ilk bor "fuqaro" atamasi Fransuz revolutsiyasining 1799- yildagi "Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi"da bayon etilgan.

Fuqaroviylik

Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‘tish davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog‘i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi. Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.

Barkamol avlod

Barkamol avlodni tarbiyalash g`oyasi va uni amalga oshirish insoniyatning eng yorqin orzusi.Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar keltirishimiz mumkin. Farbiyning ,,Fozil odamlar shaxri” asaridagi g`oyalarni yodga olish kifoya.

,,Kuchli davlatdan- kuchli jamiyat sari”

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari tom ma’noda demokratik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.

Download 18.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling