d). Fermaning ustun sterjeni zo‘riqishining ta’sir chizig‘ini chizish.
Fermaning ustun V7-8 sterjen zo‘riqishining ta’sir chizig‘ini chizishni karaymiz. Bunday sterjenlardagi zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlarini chizishda tugunlarni kesish usulidan foydalaniladi. Fermaning 7-tugunini kesib, Р=1 yukning ikki xolatini tekshiramiz.
1-holat. Р=1 yuk II-II kesimdan tashqarida harakatlansin. Bu holda, V7-8 = 0 bo‘ladi.
2-holat. Р=1 yuk II-II kesim ichkarisida harakatlanadi, ya’ni 7- tugun ustiga qo‘yilgan holni qaraymiz. Bu holda V7-8 = 1.
Demak, Р=1 yuk fermaning boshqa tugunlariga qo‘yilganda V7-8 zo‘riqish nolga teng. 7-tugunga qo‘yilganda esa V7-8 = 1 bo‘ladi. Hosil bo‘lgan V7-8 zo‘riqishning ta’sir chizig‘i 7.1-rasm, d da ko‘rsatilgan.
Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar.
1. Fermalarda tasir chiziklar chizish to‘g‘risida ayting?
2. Ferma tayanch reaksiyalarining ta’sir chiziqlari qanday quriladi?
3. Fermaning pastki belbog‘i sterjeni zo‘riqishining ta’sir chizig‘i qanday quriladi?
4. Fermaning yukori belbog‘i sterjeni zo‘riqishining ta’sir chizig‘i qanday quriladi?
5. Fermaning xovon sterjeni zo‘riqishining ta’sir chizig‘i qanday quriladi?
6. Fermaning ustun sterjeni zo‘riqishining ta’sir chizig‘i qanday quriladi?
Foydalangan adabiytlar
1. Karnovsky I.A., Lebed O.I. Advanced Methods of Structural Analysis. Canada.2010.
2. David Johnson, Advanced structural mechanics, London,2000.
3. Одилхўжаев Э.А., Ғуломов Т.Г., Абдукамилов Т.К. Қурилиш механикасидан мисол ва масалалар. Тошкент, 1985.
4. Одилхўжаев Э.А., Ғуламов Т.Г., Абдукамилов Т.К. Қурилиш механикаси. Тошкент, 1974.
5. Х.Ш. Тураев ва бошқалар. Қурилиш механикаси. Тошкент — “Молия” — 2002.
6. Смирнов А.Ф., Александров А.В., Лащеников Б.Я., Шапошников Н.Н. Строительная механика. Стержневые системы. М., Стройиздат, 1981
7. Дарков А.В., Шапошников Н.Н. Строительная механика. М., Высшая школа, 1986.
Do'stlaringiz bilan baham: |