7-mavzu: G`ildiraklarni yer bilan ilashishini nazorat qilish tizimi - Reja:
- G`ildiraklarni yer bilan ilashishi haqida ma`lumot
- Bloklanishga qarshi tizim
-
Buni yozib oling va yodda tuting! - Tormoz tizimining ELEKTRON BOSHQARUV BLOKI(EBB) yordamchi nazorat tizim (kontroller) bo’lib uning vazifasi tormoz tizimini ishlashini nazorat qilish dan iborat.
- Tormoz tizimining ELEKTRON BOSHQARUV BLOKI(EBB) axborotni dvigatelning EBBsidan yoki avtomobil g’ldiragining aylanishidan analog tarzda ham olishi mumkin.
Tormoz tizimining ELEKTRON BOSHQARUV BLOKI(EBB) Robert Boschning CAN tizimida ham ishlashi mumkin. Zamonaviy avtomobillarning tormoz tizimi.Sirpanishga qarshi tizim. - ABS-Antilock breaking system –bloklanishga qarshi tizim.
- 1971-yil TOYOTA kompaniyasida1 kanalli ABS li avtomobillar ilk bor dunyo yuzini ko’rgan.
- 1989-yildan yapon yuk avtomobillarida ham qo’llanila boshlagan.
-
Bloklanishga qarshi tizimning (ABS) ishlash prinsipi. ABSning o’rnatilishi bo’yicha turlari: - 1.Agar ABSli avtomobilning g’ildiraklaridagi tormoz silindrlari 2 yoki3 gidroklapan iborat bo’lsa va bu klapanlar EBB yordamida kichik gidronasos orqali boshqariladigan bo’lsa bu ABS tizimi elektoklapanlik tizim (ABS-K) deb nomlanadi. Unga qo’shimcha Bosimni taqsimlovchi regulyator (RRD) va reduksion klapan ishlatilishi (RK) mumkin.
- 2.Agar ABS tizimi yuqori bosimli elektronasos (GAVD 120-180 bar)bilan jihozlangan bo’lsa gidroakumlyatorlik ABS deb nomlanadi (ABS-G). Tizimda 4 klapan-porshenlik boshqariluvchan tizim ishlatilgan(KPR).
- 3.Agar tizimda 2 old gi’ldiraklar mustaqil kanalga orqa g’ildiraklar esa birikkan kanalga (selekt low) ulangan bo’lsa bu tizimni 3 kanalli tizim deb ataladi.
- 4.Agar ABS tizimi faqat orqa g’ildiraklarga bir umumiy kanalli qilib ulangan bo’lsa 1 kanalli deb ataladi va u 1971 yilda aynan TOYOTA kompaniyasida ilk bor seriyalk avtomobillarda ishlatilgan.
- 5.Agar tizim 4 umumiy bo’lmagan kanallarda 4ta g’ildirakni ham mustaqil boshqara oladigan bo’lsa to’rtkanalli tizim deb ataladi.zamonaviy avtomobillarning ko’pida ushbu tizim qo’llanilgan.
- 6.Agar tizim to’liq uzatmali avtomobillarda ishlatilsa unga qo’shimcha ravishda sekinlashtiruvchu datchik (DZ) birga ishlatiladi.
- 7.Agar tizim 3 bosqichda (yuqori, o’rta va past) bosimlarda ishlay olsa bu tizim uch bosqichli ABS deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |