7-mavzu: globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar reja


Download 37.27 Kb.
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi37.27 Kb.
#213798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkura

Globallashuv tushunchasi.“XX asrning oxiri – XXI asrning boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartib, tamadduniy bosqich mazmun-mohiyati, davlatlar va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozorida tamoman yangicha vaziyatning vujudga kelishi, atrof-muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishi”1 globallashuv, axborot va axborotlashuv jarayonlari bilan bog‘lanmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov globallashuvning jarayonining mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib, uni quyidagicha tavsiflagan edi: “...globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda”.2

XX asrning 70-yillarigacha dunyo mamlakatlarining iqtisodiy-ijtimoiy hamda siyosiy taraqqiyoti har bir davlatning o‘z hududi doirasidagi rivojlanish sur’atlari yoxud ularning o‘zaro munosabatlari darajasidan iborat jarayon sifatida talqin etilar edi. Globallashuv davriga kelib esa taraqqiyot borasida o‘zgacha qarash ― voqea-hodisalarni makon va zamondan ajratmagan holda, sinxron tarzda talqin etish tamoyili ko‘zga tashlana boshladi. SHu ma’noda globallashuv jarayoni boshlanadigan aniq bir tarixiy davr va makonni ajratib ko‘rsatish qiyin. Negaki, nazariy jihatdan qaraganda, tarixiy taraqqiyot xususiyatlaridan qat’iy nazar, xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga uyg‘unlashib borayotgan, xorijiy sarmoyalarni o‘z iqtisodiyotiga izchil jalb etayotgan hamda zamonaviy texnologiyalar sari intilayotgan har qanday mamlakat uchun globallashuv jarayoni tufayli vujudga kelgan iqtisodiy afzalliklardan foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Ammo uning salbiy jihatlaridan ham qochib qutilib bo‘lmaydi.

“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 1983 yili «Garvard biznes revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi. Muallif yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday deb atagan edi. Ammo mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara hamon davom etayotgan hamda bu borada yagona umumiy qarash shakllanmagan bo‘lsa-da, gumanitar ilmning turli sohalarida, chunonchi, ijtimoiy fanlarda muayyan konsepsiya va yondashuvlar mavjud.

Sir emaski, jahonda globallashuv jarayoni tobora shiddatli tus olayotgan, dunyo mamlakatlarining inson manfaatlariga xizmat qiladigan tom ma’nodagi demokratik yo‘lni tanlab olishga bo‘lgan intilishlari kuchaygan bir sharoitda axborotning roli kun sayin ortib bormoqda.Bugungi kunda ishlab chiqarish rivojini axborotsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zamonaviy axborot tizimi kompyuter va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar, internet tarmog‘i, multimediali texnologiyalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ular jamiyatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Insoniyat axborotlashuv sohasida inqilobiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Bir so‘z bilan aytganda axborotlashgan jamiyatda yashamoqdamiz.



Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi.“Falsafa: ensiklopedik lug‘at”ida axborotlashgan jamiyat tushunchasiga quyidagicha izoh berilgan: “Axborotlashgan jamiyat – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborot tayyorlash, unga ishlov berish, saqlash va jamiyat a’zolariga etkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan ishlarga sharoit yaratuvchi jamiyat”dir.3

“Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi 1960 yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uni birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori YU.Xayash kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborot jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning “Industrial jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat qilish tajribalari” (1973) kitobi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda muallif insoniyat jamiyati tarixini uch asosiy bosqichga4: agrar, industrial va postindustrial (industrial davrdan keyingi) davrlarga bo‘ladi. E.Toffler esa “Uchinchi to‘lqin” kitobida tamaddun tarixidagi uchta to‘lqinni: (birinchi to‘lqin – agrar, XVIII asrgacha; ikkinchi to‘lqin – industrial, XX asrning 50-yillarigacha; uchinchi to‘lqin – industrial davrdan so‘nggi davr, XX asrning 50-yillaridan boshlab) ajratib ko‘rsatadi. E.Tofflerning fikricha, “Eng yaqin tarixiy sarhad o‘n ming yil avval qishloq xo‘jaligini joriy etish tufayli yuzaga kelgan o‘zgarishlarning ilk to‘lqinidek hali juda-juda olisda”5. Darhaqiqat, o‘zgarishlarning ikkinchi to‘lqini industrial inqilob tufayli yuzaga keldi. Biz o‘zgarishlarning uchinchi to‘lqini farzandlarimiz. Uchinchi to‘lqin axborotlashuv inqilobining samarasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 1980-1990 yillarni axborotlashgan jamiyat konsepsiyalari rivojidagi yangi bosqich deyish mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan Piter Draker va Manuel Kastels tadqiqotlari natijalari bilan chambarchas bog‘liq. P.Draker “Kapitalizmdan so‘nggi jamiyat” kitobidagi konsepsiyaning mohiyati an’anaviy kapitalizmni engib o‘tish g‘oyasidan iborat. Konsepsiyaga ko‘ra, taraqqiyotning asosiy belgilari industrial xo‘jalikdan bilim va axborotga asoslangan iqtisodiy tizimga qarab borish, kapitalistik xususiy mulkchilikdan voz kechish, hozirgi zamon kishisi uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va jamiyatdagi globallashuv jarayonlari ta’sirida milliy davlatning o‘zgarishidan iborat. M.Kastels global iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy bozorlarni shakllanayotgan yangi dunyoning asosiy belgilari sifatida ko‘radi. U “Axborotlashuv erasi: iqtisodiyot, jamiyat va madaniyat”6 deb nomlangan fundamental tadqiqotida axborotlashgan jamiyatning mohiyatini bir-biriga bog‘liq quyidagi jarayonlar bilan izohlaydi: axborot va bilimlar ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy qudrati, o‘zagiga uning qimmatli manbaiga aylanadi; ishlab chiqarish omili bo‘lmish xom ashyo, mehnat, mablag‘ resurslariga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi; axborot etkazib berish va undan foydalanishni ta’minlaydigan sohalarning ahamiyati shiddatli tarzda oshib boradi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot. mediatus – vositachi) – axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish; kompyuterlashtirish – axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish; intellektualizatsiya – axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni7.


Download 37.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling