7-mavzu: globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar reja


Download 37.27 Kb.
bet6/10
Sana05.01.2022
Hajmi37.27 Kb.
#213798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkura

Diniy fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davrga qaytishni targ‘ib etish mafkurasi. Diniy fundamentalistlar diniy aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladilar, e’tiqodni mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadilar va muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy, og‘ishmay bajarilishini talab qiladilar. Fundamentalizm tarafdorlari nuqtai nazaridan din o‘zgarmas, qat’iy o‘rnatilgan urf-odatlar, tushunchalar va tartiblardir.

“Fundamentalizm” atamasiilk bor XX asr boshlaridakonservativkayfiyatdagi amerikalikprotestantlarorasida paydo bo‘lgan.

Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni so‘zma-so‘z sharhlashni talab qilganlar. Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa, bu ibora islomga nisbatan qo‘llanila boshlandi. Islom fundamentalizmining asosiy g‘oyasi – “sof islom” prinsiplariga qaytish, maqsadi “islomiy taraqqiyot yo‘li”ni joriy etishdir. Fundamentalistlarning ta’biriga ko‘ra, diniy qonunlarga asoslanmagan har qanday jamiyat g‘ayritabiiygina emas, balki Allohga qarshi qilingan jinoyatdir.

Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otishga qaratilgan siyosiy kurashning o‘ziga xos usulidir. U yashirin tusdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo‘llaniladi. Terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun ham ko‘p hollarda aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadi.

Terrorizmning asosiy xususiyati – bunday harakat tarafdorlarining “zo‘rlik bilan davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, - degan g‘oyaga asoslanib harakat qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo‘lmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko‘rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo‘rlik bilan hal qilishga intilishda namoyon bo‘ladi. Amerikalik mutaxassis B.Jenkins terrorizmni, eng avvalo, qurbonlardan ko‘ra ko‘proq guvohlarga yo‘naltirilgan va vahima uyg‘otishga qaratilgan zo‘rlik, deb baholaydi. Boshqa bir amerikalik siyosatshunos J.Lojning ta’rifiga ko‘ra ham terrorizm bevosita qurbonlardan ko‘ra ko‘proq odamlar fikriga ta’sir o‘tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.

Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli xususiyatini ajratib ko‘rsatish mumkin: bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g‘ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin bo‘lgan jug‘rofiy ko‘lamlar kasb etib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan, kamida ikkita qo‘poruvchilik amalga oshirilmoqda.


Download 37.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling