7-mavzu: Hаvоdаgi elеktr uzаtish liniyalаrini ta’mirlash


-mavzu: Ochiq taqsimlash qurilmalardagi elektr jihozlari


Download 126.5 Kb.
bet4/11
Sana27.01.2023
Hajmi126.5 Kb.
#1132676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-18-mavzular

11-mavzu: Ochiq taqsimlash qurilmalardagi elektr jihozlari.

Taqsimlash qurilmalari - 1) telefon aloqada — telefon styasidan keluvchi telefon kabeli simlarini magistral (asosiy) liniyadan taqsimlash (tarqatish) tarmogʻiga ulash uchun moʻljallangan taqsimlash kugilari (shkaflari). Shu yerdan abonentlarga alohidaalohida simlar jufti tortib ketiladi. Taqsimlash qurilmalarining kichik (10 juft telefon simi tortishga moʻljallangan); oʻrtacha (10, 20, 30 juft simga moʻljallangan) va katta (300, 600 va 1200 juft simga moʻljallangan) xillari bor. Telefon Taqsimlash qurilmalari yopiq (eshikli) quti tarzida yasaladi; quti ichida simlar juftiga moye sonli ulash qisqichlari (klemmalari) boʻladi; 2) elektr energetikasida — elektr toki ishlab chiqarish. manbalari (elektr styasi generatorlari, transformatorlar, tok oʻtkazuvchi qismlarn ing izolyatsiyasi sifatida chinni izolyator va havo, shuningdek, epoksid izolyatsiyadan foydalaniladi. Kuchlanish 60 kV va bundan yuqori boʻlganda ixcham germetik KRU qoʻllanadi. Bunda izolyatsiya sifatida elegaz (SF6) ishlatiladi (bosim bir necha atmosfera).


Taqsimlash qurilmalar komplekti
KRU (komplekt raspredelitel’nix ustroystv) shkaflari yoki kameralari ichki qurilmalar uchun ham tashqi qurilmalar KRUN uchun ham chiqariladi. Bunda N harfi-tashqi degani, Taqsimlash qurilmalar RU ning har qaysi turi o`z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Masalan, yopiq taqsimlash qurilmalar ZRU, bunda Z harfi yopiq degani bo`lib, barcha elektr uskunalarining meteorologiya ta’sirlaridan, chang–to`zonlar, kul, qora kuya va hokazolar bilan ifloslanishdan ishonchli himoya qilinishi bilan qulaydir. Biroq berk taqsimlash qurilmalar ZRU ning narxi juda qimmatga tushadi. Berk qurilma-larni nazoratdan o`tkazish va ta’mirlash ham qiyin. Ochiq taqsimlash qurilmalari ORU, bunda O harfi-ochiq 
degani bo`lib, uning narhi arzon, qurish ishlari tez bitadi, elektr qurilmalarni nazorat qilish, ularni montaj va 
remont qilish qulay bo`ladi. Ammo ishlab turgan ochiq taqsimlash qurilmalari ORUga yomon ob-havoda 
xizmat ko`rsatish qiyinlashadi. Ochiq taqsimlash qurilmalari ko`p joy egallaydi, uning jixozlari havo 
haroratining keskin o`zgarishlari, yog`ingarchilik ta’sirida qoladi. Shamol, muzlash, tuzli changlar, kukun va 
loydanmuhofaza qilinmagan. 
Yopiq taqsimlash qurilmalari ZRU lar 35 kV gacha kuchlanishga quriladi, bunday kuchlanish shaharlar va 
sanoat ichidagi elektr tarmoqlariga tegishlidir, ya’ni ular atmosferada elektr uskunalariga zararli ta’sir 
ko`rsatuvchi moddalar bo`ladigan joylarda va ochiq taqsimlash qurilmalari qurish va ularni ishlatish uchun 
zarur sharoit hamda etarli joy bo`lmagan hollarda quriladi. Biroq zarur sharoitlar bo`lganda 6 kV, 10 kV, 35 
kV kuchlanishli taqsimlash qurilmalari ochiq qilib qurilaveradi. 
Ochiq taqsimlash qurilmalari, odatda, kuchlanish 35 kV va undan yuqori hollarda quriladi, chunki 
bunday kuchlanishlar elektr energiya uzoqda taqsim qilinadigan elektr tarmoqlari uchun tegishlidir. Bunday 
ochiq taqsimlash qurilmalari, odatda, shahar va sanoat markazlaridan ancha uzoq joylashgan bo`ladi. 
Taqsimlash qurilmalari podstansiyalar tarkibiga kiradi. Biroq atmosferada elektr qurilmalariga zararli 
ta’sir ko`rsatuvchi moddalar bo`lgan regionlarda, masalan, kimyo kombinati, alyuminiy va sement ishlab 
chiqarish zavodlari yaqinida, ekologik falokatga uchragan Orol dengizi regionida, juda sovuq tuz-changli 
tumanlarda taqsimlash qurilmalari zarur bo`lsa, ularning kuchlanishi 110 kV gacha ham ular yopiq qilib 
qurilishimaqsadga muvofiqdir. 
Taqsimlash qurilmalariga quyiladigan asosiy talab – ular normal sharoitlarida ham, avariya sharoitlarida 
ham iste’molchilarni elektr energiya bilan uzluksiz va yuqori sifatli ta’minlab turishlari zarurligidadir. 
Taqsimlash qurilmalarining ishonchli ishlashiga qurilmaning elektr ulanish sxemasini taqsimlash 
qurilmasining turlari va konstruksiyalarini, elektr jixoz apparaturasini, tok o`tuvchi qismlar va izolyatorlarni 
to`g`ri tanlash va elektr montaj ishlarini sifatli bajarish yo`li bilan erishiladi. 
Taqsimlash qurilmalarining barcha elementlari davomiy normal holatlarda ishonchli ishlashi, hamda 
og`ir qisqa tutashuv sodir bo`lgan paytlarda termik va dinamik chidamlilikka ega bo`lishi kerak. 

Download 126.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling