7-mavzu Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi Reja


Nilufardoshlar oilasi – Nyuphaeaceae


Download 1.82 Mb.
bet7/7
Sana05.01.2022
Hajmi1.82 Mb.
#204935
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Magnoliyatoifalar-2

Nilufardoshlar oilasi – Nyuphaeaceae. Bu oila gulli о‘simliklarning eng qadimgi oilalaridan biri bо‘lib, ular 8 ta turkum va 100 ga yaqin turdan iborat. Aksariyat qismi issiq iqlimli va subtropik о‘lkalarda tarqalgan. О‘rta Osiyoda 2 ta turkumga oid 4 ta turi uchraydi. Ularning kо‘pchiligi suv xavzalarida – kо‘llarda, botqoqliklarda о‘sadigan kо‘p yillik ildiz poyali о‘simliklar. Barglari butun, navbatlashib yoki ayrim hollarda xalqa shaklida joylashgan. Guli yakka-yakka, katta, qо‘sh jinsli, tо‘rri (aktinomorf) hasharotlar yordamida changlanadi. Changchilari cheksiz, urug’chisi kо‘p sonli mevabarglardan shakllangan. Aksariyat qismi manzarali о‘simliklar, ayrimlarning ildiz poyasi kraxmalga boy. Mevasi: yong‘oqcha yoki rezavor meva. Urug’i endosperm va perispermli.

Gul formulasi: ♀♂ * Ca3 -5Co∞A∞G∞



Oq nilufar (Nymphaea alba). Uning bargi yuraksimon, qattiq, suvda suzishga moslashgan. Guli bandli, gul kosacha barglari 4 ta yashil rangli, tojbarglari va changchilari cheksiz, urug‘chisi bir necha meva bargchalarining qushilishidan shakllangan. Tugunchasi о‘rta, mevasi – rezavor kо‘p urug‘li. Urug‘i endsperm va perispermli. Urug‘ pо‘stida suvda suzib yurishga yordam beruvchi xavo bо‘shliqlari bо‘ladi. Bu tur Sirdaryo va Amudaryo deltalarida uchraydi.

Sariq nilufar (Nuphar luteum). Bu о‘simlikni ham belgilari yuqoridagilarga о‘xshab ketadi. Faqat tarqalish jixatidan Irtish daryosi sohili va Balxash ko’llarida tarqalgan. Yana bir turkum Viktoriya (Victoria regia) bо‘lib, u Amerikadagi Amazonka daryosi xavzasining qirg‘oqlarida uchraydi. Barglari 2 m. Guli 35 sm. gacha bо‘lib, 50 kg. gacha Yukni kо‘tara oladi. Bu xam maxsus xavzalarda о‘stiriladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling