7-mavzu: ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari


Download 22.79 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi22.79 Kb.
#1571884
1   2   3
Bog'liq
7-мавзу

Ijtimoiy-siyosiy leksika.
O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hamda mustaqillikka erishganligimiz munosabati bilan tilimizda qo’llanilib kelayotgan ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarning anchasi har ikkala tildagi mos muqobillari bilan almashtirila boshlandi. Masalan, o’zbek tilida qo’llanib kelgan terminlar quyidagicha almashtiriladi: Abstrakt – mavhum, avtograf – dastxat, adaptatsiya – moslashish, administratsiya – ma‘muriyat, direktiva – ko’rsatma, krizis – tanglik va b.
Ijtimoiy-siyosiy terminlarning paydo bo’lish tarixini qadimdan boshlashimiz zarur. Umumturkiy meros bo’lmish O’rxun-Enasoy va boshqa yodnomalarda o’z ifodasini topgan qag’an, budun, baliq (―shahar‖ ma‘nosida), sab (―kengash‖ ma‘nosida), bitikchi (―kotib‖ ma‘nosida), alp (―qahramon‖ ma‘nosida) kabi terminlar buning yaqqol misolidir. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’zgarishlar, tabiiyki, o’zining leksik qatlamlarida ham o’z ifodasini topadi. Bu fikrimizni M.Koshg’ariyning ―Devonu lug’otit turk‖ asaridagi quyidagi ijtimoiy-siyosiy terminlar misolida ham ko’rish mumkin : and, buzun, baæ, boæun (―jamoa‖ ma‘nosida), bachèg’ (―ahd‖ ma‘nosida), beg, æarlèg’, boæ (―qabila‖ ma‘nosida), æag’è, bulg’aq (―fitna‖ ma‘nosida), æer (―mamalakat‖ ma‘nosida) va hokazo.
O’sha davr ijtimoiy-siyosiy terminologiyasing muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ularning ba‘zilari hozirgi kunda ham o’zbek va qoraqalpoq hamda boshqa turkiy tillarda faol qo’llanib kelinmoqda (el -el, boy-bay, ont-ant). H.Dadaboyevning dissertatsiya ishiga obyekt qilib olingan XI-XIV asrlar yozma yodgorliklari tilidagi qiyoslash uchun olingan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlardan bugungi kunda uyg’ur tilida-348, qozoq tilida-220, qirg’iz tilida-244, turk tilida-370, o’zbek tilida esa-390 tasi ishlatilar ekan. 2. O’zbek tilining ijtimoiy-siyosiy terminologiyasi, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus tilidan va yevropa tillaridan kirgan o’zlashmalar hisobiga boyiy boshladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi har qanday o’zgarish uning terminologiyasida ham o’z izini qoldiradi. Ijtimoiy-siyosiy terminologiya deganda siyosiy tuzum, ijtimoiy va siyosiy guruhlar, partiyalar, oqimlar va ularning vakillari, hukumat yig’ilishlari va muassasalari, davlatni boshqarish va uning organlari, dunyoqarashlar, mulkiy munosabatlar, ichki va tashqi siyosat, ijtimoiy-siyosiy hujjatlar, axloq masalalari, xullas, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog’liq tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar majmuyi tushuniladi.
O’zbek tilining ijtimoiy-siyosiy terminologik lug’ati 1976-yildayoq nashr etilgan edi.
Topshiriq. Quyidagi tayanch so’z va iboralarning ma‘nosini izohlang.
zamin, mehr-muhabbat, ma‘naviy-axloqiy qadriyatlar, urf-odatlar, yel-yurt ravnaqi, shaxsiy manfaat, fidoyilik, madaniy meros, sadoqat, jasorat, xalq farovonligi, ilm-fan va madaniyat ravnaqi.

Download 22.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling