7-mavzu: Ish yuritish tili va uslubi. Ish hujjatlari va ularga qoʻyiladigan asosiy talablar Reja


tarjimai hol, ishonchnoma singari hujjatlar bir kishi tomonidan yozilgani


Download 341.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana11.03.2023
Hajmi341.68 Kb.
#1258385
1   2
Bog'liq
1. 7-mavzu. Ish yuritish tili va uslubi

tarjimai hol, ishonchnoma singari hujjatlar bir kishi tomonidan yozilgani 
ushun uning rasmiylashtirilishi I shaxs tilidan bo’ladi va unda men olmoshi, 
ma’lum qilaman, iltimos qilaman, so’rayman, harakat qilaman, tug’ilganman, 


tugatganman singari fe’lning I shaxs o’tgan va kelasi zamon shakllari ko’p 
qo’llangan . Ma’lumotnoma, bayonnoma, dalolatnoma singari hujjatlarda esa 
ko’pchilikning fikri ifoda etilgani tufayli unda berildi, tuzildi, eshitildi, qaror qilindi 
singari so’z va jumlalar o’tgan zamonda, majhul nisbatda beriladi. Buyruqlarning 
rasmiylashtirilishi esa tamoman boshqacha. Unda qat’iyat ohangi kuchli bo’ladi va 
topshirilsin, yuklatilsin, so’ralsin, ogohlantirilsin, tayinlansin, ozod etilsin singari 
fe’l shakllari buyruq maylida beriladi. 
Mustaqillik yillarida Respublikamizda ancha o’zgarishlar yuz berdi. Yangi-
yangi qonunlar ishlab chiqildi. Hujjatlarimiz ham o’zbek tilida yurgizilishi yo’lga 
qo’yilmoqda. Davlat tilida ish yuritish ancha yuksalmoqda. 
Ijtimoiy munosabatlar doirasida o’lchamlar, idoralar va tashkilotlar, 
korxonalar va muassalar o’rtasida o’zaro ish yuritishning ma’lum huquqiy asoslari 
mavjud bo’lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi.
Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish qiladigan kishilarning 
savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va ishlarini yuritishdagi mavjud an’analar, 
ma’lum darajada kishilar shakllangan nutqiy madaniyati, ayni paytda bu hujjatlarga 
bo’ladigan zaruriyat bilan bog’liq bo’ladi. Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini 
huquqiy asoslarga qo’yish tartibida amalga oshirilgan. Demak, u davlat yoki 
davlatlararo bo’ladigan ma’lum talablar darajasida bo’ladigan va dunyoviy 
an’analarni ham o’zlashtiradi. Davlat ta’limining barcha bo’g’inlarini ana shu 
hujjatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, ish faoliyati ana shu hujjatlar 
yordamida tartibga solib turiladi. Shuning uchun ham, vaqti-vaqti bilan ish yuritishni 
takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilib borilgan. Masalan: 
Shunday qaror O’zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo’mitasi tomonidan 1929 
yilning 31-dekabrida qabul qilingan bo’lib, “Ishlarni o’zbek tilida yurgizish ham
O’zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo’mitasi huzurida markaziy yerlashtirish 
hay’ati va mahallarda muzofot yerlashtirish hay’ati tuzilishi to’g’risida” deb 
nomlangan.
Yurtimizning mustaqilligi arafasida ( 1989-yil 21-oktabr) “Davlat tili 
haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo’ydi. Yangi 
tahrirdagi Qonuning 9- moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida 
ishning davlat tilida yutitilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi 
alohida ta’kidlab o’tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, 
uni milliy asosga qo’yish masalasiga yana ham jiddiy e’tibor berildi. O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18- avgustdagi 424- sonli qarori 
bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1909- yil 
29- martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirliklari, 


davlat qo’mitalari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, kompaniyalarida va 
boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil 
etish bo’yicha na’munaviy yoriqnoma”lar fikrimiz dalilidir. 
Mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo’l- yo’riqlari xodimlarning 
faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini o’rgatadi, 
ish qog’ozlarining hamma joyda bir xil bo’lishini ta’minlaydi. 
Ammo shunday qo’llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish 
talab darajasida deb bo’lmaydi. Chunki 2000 yilda 10000 nusxada chop etilgan bu 
kitob bilan hamma o’quv yurtlari ham yetarli darajada ta’minlanishi va har bir 
talabaning qo’lida bo’lishi maqsadga muvofiq.
Ish yuritishning tarkibiy qismi bo’lgan hujjatlarni ikki qismga bo’lib o’rganish 
mumkin. 
Rasmiy hujjatlar. 
Shaxsiy hujjatlar. 
Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va 
mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o’rtasida olib 
boriladigan yozishmalar tushuniladi.
Alohida shahslar, jamoa tashkilotlari o’rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini 
qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo’riqnoma, nizom, qoida, ustav, 
shartnoma singari hujjatlar kiradi.
Ma’lum bo’lyaptiki, ma’muriy- boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan 
bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak, kim tomonidan 
yozilganlik, ya’ni tegishlilik nuqtai nazardangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, 
tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz 
mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmuniga ega. 
O’zbek tilining vazifaviy jihatdan amalda iste’molda bo’lishi yo’llarini 
ham farqlab, ularni rasmiy uslubda shakllantirish lozim. Har bir hujjatning o’ziga 
hos rasmiylashtirish hususiyatlari ham

Download 341.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling