7-Mavzu: Issiqxonalarda o‘simliklarni oziqlantirish Ishdan maqsad


Download 22.51 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi22.51 Kb.
#1210502
Bog'liq
7- Мавзу 7


7-Mavzu: Issiqxonalarda o‘simliklarni oziqlantirish
Ishdan maqsad:Talabalarni ekin turlariga va zichligiga qarab oziqlantirish usullari
Uslubiy kursatmalar
Issiqxonalarlarda o‘simliklarni ildiz orqali oziqlantirish sharoitlari. Mikroiqlim sharoiti sozlanadigan himoyalangan yerlarda o‘simliklarni mineral oziqlantirish va uni me’yoriga keltirish (sozlash) talabiga javob beradigan ildiz joylashgan muhit muammosi birinchi o‘rinda turadi.
Issiqxonalarda har bir metr kvadrat maydon jadal foydalaniladi. Bir maydonda 3-4 xil ekin yetishtirish mumkin. Himoyalangan yer sabzavotlari, ochiq yerda yetishtirilayotganlarga nisbatan 2-10 barobar ko‘p oziqa modda elementlarini o‘zlashtiradi va nihoyatda yuqori hosil shakllantiradi (5-jadval).
5-jadval
Issiqxona bodring va pomidor o‘simliklarini oziq moddalarni olib ketishi (Autko A.A. va boshqalar, 2006)

Hosildorlik, kg

Umumiy ko‘k
massasi, kg

Oziqa moddalarini o‘zlashtirilishi, g

N

K

P

Ca

Mg

Bodring

30

37,2

42

67

11,0

34

5,9

25

36,0

36

58

9,2

30

5,1

20

24,8

30

49

7,4

26

4,3

15

19,0

23

40

5,6

22

3,5

10

13,2

17

31

3,8

17

2,7

Pomidor

15

26,9

49

81

5,8

55

6,9

12

19,1

39

64

4,8

45

5,9

10

15,9

32

52

4,1

38

5,2

8

12,7

26

41

3,5

32

4,5

6

9,4

19

30

2,8

25

3,8

Himoyalangan yerlarda ildiz joylashgan muhit hajmi qalinligi 30 sm dan oshmaydi. Mineral oziqa elementlarini oz miqdorda olishi (o‘zlashtirilishi) va boshqa omillar ildiz orqali oziqlantirishning o‘ziga xos xususiyatli bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Issiqxona nav va duragaylari ochiq yer ekinlariga nisbatan jadal o‘sishi va rivojlanishi jihatidan ajralib turadi, shunday ekan ular o‘sish sharoitiga ko‘proq talabchan bo‘ladidar. Ildiz tizimi va yer ustki qismini nomutannosib rivojlanishi ularga xos xususiyatdir. Kuchsiz rivojlangan ildiz tizimi o‘suv davri uzoq davom etadigan o‘suv davrida baquvvat yer ustki qismi rivojlanishini ta’minlab berishi kerak.
Himoyalangan yerlarda o‘simliklar ildiz joylashgan muhitning kichik hajmli bo‘lishidan tashqari, shuningdek sug‘orish davrida oziqa elementlarini yuvilib ketishi, tuproq donadorligini yomonlashishi hamda mikroflorasini faoliyatini susayishi, o‘g‘itlarni ortiqcha berish natijasida tuproq tarkibida qoldiq (ballast) moddalarni ko‘payib uni sekin asta sho‘rlanishga olib kelishi, nihollarni ildiz orqali oziqlantirishni belgilovchi muhim shartlari hisobla-nadi.
Himoyalangan yerlarda ildiz joylashgan muhit tabiiyga nisbatan ma’lum darajada farq qiladi. Ularni grunt, substrat deb atalib turli xildagi organik va noorganik moddalar majmuasidan (aralashmasidan) tarkib topadi. Ildiz joylashgan muhit, tabiiy va sun’iy substratlardan tashkil topganligi uchun ular, yuqorida qo‘yilgan talablarga javob beradi. Issiqxonalarda ildiz joylashadigan muhit sifatida tuproq, tuproq aralashmasi va sun’iy substratlar foydalaniladi. Zamonaviy jihozlar o‘simliklar ildizlarini inert muhitga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oziqali eritmalarga, havoga joylashtirib o‘stirishga imkon yaratadi.
Issiqxona tuprog‘idan foydalanishni hozirgi davrdagi yo‘nalishi ularni almashtirmasdan surunkali foydalanishdir. Ammo, bu ikki sharoitda: issiqxona tuprog‘ini har yili parlab zararlantirish (dizenfeksiya qilish) va ilmiy asoslangan oziqlantirish tizimini qo‘llab undan surunkali foydalanish mumkin. Tuproqdan uzluksiz foydalanish natijasida u zichlashadi, suv-fizik xususiyatlari yomonlashadi. O‘g‘itlarni ortiqcha berish natijasida tuproq tarkibida qoldiq (ballast) moddalar ko‘payib uni sekin asta sho‘rlantiraboshlaydi. Zararkunanda va kasalliklarga qarshi tuproq sterilizatsiyalanganda tarkibidagi mikroflora o‘zgarib, strukturasi yomonlashadi, nam sig‘imi pasayib, tuzga to‘yinishi ko‘payadi. Himoyalangan yer sharoitida o‘simliklarni kaliy va kalsiyga talabi ortadi.
O‘simliklarga mineral moddalar jadal singishiga: yorug‘lik, harorat, havo-ning nisbiy namligi, ildiz joylashgan yerda havo aeratsiyasi, tuproq muhiti reak-siyasi, tuproq eritmasi konsentratsiyasi, tuproqdagi toksik (zaharli) moddalarning mavjudligi, ildiz tizimini rivojlanganligi va boshqa omillarning ta’-sir etishlarini unutmaslik zarur.
Pomidor qish faslida yorug‘lik kam bo‘lsa kaliyni, u yuqori bo‘lib, vegetativ massasi jadal o‘sayotgan hamda mevalar tugayotgan davrda esa azotni ko‘p o‘zlashtir-adi. Shuning uchun N:K nisbati o‘zgartiriladi va qishda 1:3, yozda esa 1:1 me’yorda beriladi. Bodring uchun ildizi joylashgan muhit harorati 20-25°S, boshqa issiq-xona ekinlari uchun esa 17-20°S bo‘lishi eng qulay hisoblanadi. U hosilga kir-guncha pastroq, hosili shakllanayotgan davrda esa yuqori bo‘lishi kerak. Harorat pasaysa oziq moddalarni, xususan fosforni o‘zlashtirish kamayadi. Tuproq haro-rati (18°S dan 12°S atrofigacha) har 2°S cha pasayganda pomidor fosforni o‘zlash-tirishi oldingi ko‘rsatkichiga nisbatan 50% ga pasaytiradi. Pomidor va bodring ildiz tizimi 10-12°S da ishlamaydi va o‘simlikka oziqa elementlari yetib bor-maydi. Havoning nisbiy namligi o‘simlikka kalsiyni singib kirishiga ta’sir etadi. Havoning nisbiy namligini kamayishi transpiratsiya va ildiz bosimini kuchaytiradi, bu kalsiyni so‘rilishini yaxshilaydi va pomidorni uchidan chirish kasalligini kamaytiradi. Transpiratsiya va ildiz tizimi orqali oziq moddalar-ni o‘zlashtirishida o‘zaro monalik mavjud, ammo bu bog‘liqlik bevosita emas. Ionlarni o‘simlik tomonidan yutilishi – faolli va tanlovli jarayondir. Ion-larni tanlab yutish xususiyati bo‘yicha nafaqat o‘simlik turlari, balki bir turga mansub navlar ham biri ikkinchisidan farqlanadi. Suv va oziq moddalarning me’yorida singishi uchun tuproqdagi kislorod miqdori 15% dan kam bo‘lmasligi va qattiq, suyuq hamda gazsimon zarrachalar 1:1:1 nisbatda bo‘lishi kerak.
O‘simliklar tomonidan azotni o‘zlashtirilishi uchun tuproq muhiti reaksiya-si (pH) 5-6 ni (nitratli uchun – 5 va ammiakli uchun – 7), 6,25-7 esa fos-forni, 6-8,5 kaliy va oltingugurtni, 7-8,5 magniy va molibdenni, 4,5-6 temir va marganes-ni, 5-7 bor, mis va ruhni o‘simliklar yaxshi o‘zlashtirishi uchun eng qulay muhit hisoblanadi. pH bodring uchun – 6-7, pomidor uchun – 5,5-6,5, piyoz uchun – 6,5-7,5, salat uchun – 6-7, selderey uchun – 6,5-7, rovoch uchun – 5,5-7, porey piyozi uchun – 6-7, gul karam uchun – 6,4-7, rediska uchun – 6-7, ismaloq uchun – 6, bargli karam uchun – 6-8, qovoqcha uchun esa – 6 teng bo‘lishi qulay deb qabul qilingan.
Tuproq aralashmasi tarkibida organik moddalar kam (10-15%) bo‘lganida tuz-larning yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasi 0,35-0,45% va ko‘p (60-70%) bo‘lganida esa – 1,35-1,55% tashkil etadi. Oson eruvchi xlor tuzlari sabzavot ekinlari uchun eng xavfli hisoblanadi.
Download 22.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling