7-mavzu. Kolloid kimyo. Dispers sistemalar. Kolloid eritmalarning olinishi va tozalash usullari. Reja


Download 43.92 Kb.
bet5/11
Sana28.12.2022
Hajmi43.92 Kb.
#1023984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-mavzu. Kolloid kimyo. Dispers sistemalar. Kolloid eritmalarnin

Oltin zoli. HAuCl3. 3H2Oing 1sm3 kub 1 % li eritmasini 100 sm3 distillangan suvga qo’shish orqali olinadi. Bunda qizdirish orqali 2,5 sm3 natriy asetat qo’shiladi va bu eritmani bir necha daqiqa qizdiridladi. So’ng qizil rangli olyin zoli hosil bo’ladi.
[1.Duncan J. Shaw, Introduction to Colloid and Surface Chemistry. Fourth Edition. Oxford amsterdam boston london new york paris san diego san francisco singapore sydney Tokyo. 2003. 11- bet]
Almashinish usuli ikki modda tasirida ular molekulasidagi atomlarning almashinishi natijasida qiyin eruvchan modda hosil qilishga asoslangan.Bunga kumush xlorid zolini olish misol bo'ladi.
Kumush yodid zoli kumush nitrat va kaliy yodid (103 dan 102 mol\ml) konsentrasiyali suvdagi eritmasini teng miqdorda aralashtirish orqali hosil qilinadi. Kumush nitrat va kaliy yodid raeksiyaga kirishganda (+) va (-) zaryadli zarrachalarga ajralganligi tufayli AgI hosil bo’ladi.
Ag NO3 + KI = ¯ AgI + KNO3
Gidroliz usul bilan bazi tuzlarni gidrolizga uchratib, metall gidroksidi zollari hosil qilinadi.
Masalan, temir (III) - xloridning gidrolizida temir (III) - gidroksidi hosil bo’ladi:
Masalan, temir uch gidroksid zoli 30%li 2 sm3 temir (III) - xloridning 500sm3 qaynab turgan distillangan suvga qo’shish orqali olinadi. Bunda qizg’ish jigarrang zol hosil bo’ladi:
FeCl3 + 3H2O = Fe(OH)3 + 3HCl
Polimerlanish va polikondensatlanish usullar bilan yuqori molekulyar birikmalarning kolloid eritmalari olinadi.
Tsellyuloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislotalar, ligninlar tabiiy yuqori molekulyar birikmalardir.
Yuqori molekulyar birikmalar polimer moddalar deb ataladi, ular bir necha ming quyi molekulalar monomerlarining o’zaro birikishidan hosil bo’ladi.
Masalan, etilenning polimerlanishi natijasida yuqori molekulyar modda - polietilen hosil bo’ladi :
nCH2 q CH2 ® [- CH2 - CH2 - ]n
Polikondesatlanish usulida quyi molekulyar moddalarning birikishida yuqori molekulyar modda hosil bo’lishi molekuladan atom yoki atomlar gruppasi ajralib chiqishi bilan sodir bo’ladi.
Masalan, etilenglikolning polikondensatlanishiga polietilen oksid hosil bo’lib, suv ajralib chiqadi.
nCH2 - CH2 ® [- CH2 - CH2 - O - ] n + H2Î
OH OH

Download 43.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling