2. Hаvо liniyalаri vа ulаrni o‘tkаzish.
Havo liniyalаri – havо liniyalаri elektr energiyani ochiq havoda joylashgan izolyatsiyasiz simlar orqali uzatishga xizmat qiladi. Havo liniyalari simlardan, tayanchlardan, izolyatorlardan va yordamchi buyumlardan tuzilgan bo‘ladi. Boshqa tarmoqlardan ancha arzon bo‘lganligi tufayli havo liniyalaridan keng foydalaniladi.
Konchilik korxonalarning tashqi elektr ta’minot tizimida, korxonaning alohida va uzoq joylarda o‘rnatilgan iste’molchilarining elektr ta’minotida havo liniyalaridan keng foydalaniladi.
Havo liniyalarda qo‘llaniladigan tayanch – yog‘ochdan, temirdan, temir–betondan vа kоmpоzit mаteriаllаrdаn yasalishi mumkin. Metalldan yasalgan tayanchlar yuqori kuchlanishli (35 kV va undan yuqori), yuqori mas’uliyatli tarmoqlarda qo‘llanadi.
Tayanchlar ishlatiladigan joyga qarab: oraliqda o‘rnatilgan, boshqa bino va inshootlarni kesib o‘tadigan joylarga mo‘ljallangan, tarmoqni burilish joylarida, tarmoq oxirida, shoxobcha chiqarish joylarida o‘rnatiladigan tayanchlar ko‘rinishida bo‘ladi.
1.20–rаsm. Hаvо liniyalаri tаyanch turlаri vа ulаrni o‘rnаtish bаlаndliklаri
1.21–rasm. Har xil kuchlanishli tayanch turlari: a) 6–10 kV kuchlanishli liniyalar uchun bir ustunli, temir–beton qo‘shimchali yog‘och tayanch; b) 6–10 kV kuchlanishli liniyalar uchun bir ustunli, temir–beton tayanch; d) 6–10 kV kuchlanishli, temir–beton qo‘shimchali A ko‘rinishdagi yog‘och tayanch; e) 35 kV kuchlanishli havo liniyalari uchun temir–beton tayanch; f) 110 kV kuchlanishli havo liniyalari uchun temir–beton qo‘shimchali yog‘och tayanch
|
|
1.22–rasm. Havo liniyalarining konstruktiv elementlari: 1–faza liniyalari simi (А,В,С); 2–himoyalovchi sim arqon (Т1,Т2); 3–shoda izolyator; 5–metall element; 6–asos
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |