7-mavzu. Mehmonxona jihozlari taʼminoti Reja
Download 15.92 Kb.
|
7.ma\'ruza matni
7-mavzu. Mehmonxona jihozlari taʼminoti Reja: 1.Mehmonxona xo‘jaligida jixozlar tasnifi. 2.Mehmonxona Housekeeping bo‘limining jixozlari. 3.Mehmonxona ovqatlantirish bo‘limining jixozlari. 4.Mehmonxona front office bo‘limi jixozlari. Joylashtirish xizmatining mazmuni shundan iboratki, birinchidan, mijozlarga maxsus xonalar (mehmonxona nomerlari) foydalanishga beriladi, ikkinchidan, ularga muayyan xizmatlar ko’rsatiladi, bu vazifa mehmonxona xodimlari tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Mehmonxona nomerlari joylashtirish xizmatining muhim tarkibiy qismidir. Mehmonxona nomeri deganda unda yashaydigan mehmonning dam olishi, uxlashi va ishlashi uchun mo’ljallangan ko’p funksiyali xonalar tushuniladi. Mehmonxonalarda har xil toifali nomerlar mavjud bo’lib, ular maydoni, jihozlanishi, shinamligi va h.k.ga ko’ra farq qiladi. Biroq, qaysi toifaga mansubligidan qat’i nazar, har bir mehmonxona nomerida quyidagi mebel va jihozlar bo’lishi shart: karavot; har bir urin hisobidan bittadan stul yoki kreslo; har bir karavot x,isobidai bittadan tumbochka yoki tungi stol; kiyim-kechak uchun shkaf; umumiy yoritish moslamalari; axlat uchun savatcha. Bundan tashqari, har bir nomerda mehmonxona to’g’risida ma’lumot va yong’in chiqqan holda evakuatsiya qilish rejasi bo’lishi lozim. Download 15.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling