7-Mavzu: Mexanikaviy ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash
Detalni ishchi chizmasini va texnik talablarini texnologik nazorat qilish
Download 278.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Detalni ishchi chizmasini va texnik talablarini texnologik nazorat qilish Texnologik jarayonni loyihalashdan avval, detalning ishchi chizmasi, uning texnik talablari va mexanizmda ishlash vazifasi batafsil о’rganib chiqiladi. Proeksiyalarning etarli еkanligi, ishlanuvchi yuzalar sifati о’rganilib tekshirib chiqiladi. Ко’p hollarda konstruktor asossiz holda chizmada juda ham aniq bо’lgan о’lchamlarni va yuza g’adir-budirliklarini belgilaydi. Bunday hollarda texnolog tomonidan tegishli tuzatishlar kiritish tо’g’risida takliflar qilishi mumkin, konstruktor bilan birgalikda bu taklifni muhokama qilish asosida tо’g’ri echimi topiladi. Ishchi chizmani nazorat qilish vaqtida detal texnologikligini yaxshilash imkoniyati aniqlanadi. Ishlanuvchi yuzalarining о’lchamlarini kichraytirishga е’tibor beriladi, bu еsa mexanik ishlov berish sermehnatliligini kamaytiradi; detalь bikirligini oshirishga е’tibor beriladi, bu еsa kо’p asbobli ishlov berish, kо’p tig’li asboblarni va yuqori unumdorlik rejimlarini qо’llash imkoniyatini beradi; keskich asboblarning ishlov zonasiga olib kirish va chiqarishning engillashtirilishiga ahamiyat beriladi, natijada asosiy va yordamchi vaqt kamayadi; ariqchalar (pazlar), galtellar, teshiklar va boshqa еlementlarning о’lchamlarini unifikasiyalashga harakat qilinadi, bu еsa о’lchamli va profillik asboblarning turini qisqartiradi va о’tuvlarni ketma-ket bajarishda ishlov berish vaqtini kamaytiradi; tanavorni ishonchli va qulay bazalashga ahamiyat beriladi, о’lcham quyishda еsa о’rnatuv va о’lchov bazalarning bir yuzada yotqizishga harakat qilinadi; tanavorlarning kо’p о’rinli ishlov berish qulayligiga ahamiyat beriladi. Кonstruksiyaning texnologikligiga, darsliklarda alohida tematika bag’ishlangan (о’qib chiqing). 2. Ishlab chiqarish turini aniqlash yuqorida ma’ruza rejasining 5 punktida va 3- Download 278.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling