7-Mavzu: Mexanikaviy ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash


Detallarni alohida yuzalarga ishlov berish uchun marshrut tanlash


Download 278.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.01.2023
Hajmi278.22 Kb.
#1097469
1   2   3   4   5   6
Detallarni alohida yuzalarga ishlov berish uchun marshrut tanlash. 
Marshrut tanlash ishchi chizma va qabul qilingan tanavor talablariga asosan 
olib boriladi. Berilgan kvalitet aniqligiga, yuzalar g’adir-budirligiga va 
о’lchamlarini hisobga olgan holda, og’irligi va shakliga qarab bitta yoki bir-nechta 
yakunlovchi ishlov berish usullari tanlab olinadi, hamda shunga mos jihozlar 
belgilanadi. Ishlov berish usullarining tavsifnomalari qо’llanilganda bu masala 
osonroq echiladi. Tanavor kо’rinishini bilgan holda, shuningdek birinchi marshrut 
tanlash ham qulay echiladi. 
Agarda, masalan, tanavor aniqligi yuqori bо’lmasa shu yuzaga ishlov berishda 
qora ishlov berish usulidan boshlanadi. Tanavor yuqori aniqlikka еga bо’lsa, toza, 
ba’zi hollarda еsa yakunlovchi usullardagi marshrutlarni qо’llash mumkin. 
Yakunlovchi va birinchi usullardagi marshrut asosida о’rtacha о’tuvlar aro 
usullar о’rnatiladi. Bunda har bir yakunlovchi usulga, bitta yoki bir-nechta 
о’tuvlararo usullar tо’g’ri kelishi mumkin. Masalan: teshikni toza razvertkalashdan 
avval dastlabki razvertkalash, dastlabki razvertkalashdan avval еsa toza zenkerlash 
yoki parmalash о’tkazilgan bо’lishi mumkin. 


Marshrut tuzishda har bir keyin keluvchi usul oldingisidan aniqroq bо’lishi 
kerakligiga ahamiyat beriladi. Yuzalarga ishlov berish marshrutini tanlash shu 
yuzalarga qо’yimlar о’rnatish bilan bog’liq. Berilgan yuzalarga о’rnatiluvchi 
marshrutlar soni bir-qancha bо’lishi mumkin. Ammo еffektivligi va rentabelliligi 
bо’yicha bir xilda bо’lmaydi. Bu kо’rsatkichlar bо’yicha marshrut tanlash 
murakkab va sermehnat masaladur. Bu masalani hal qilish uchun tiplik marshrutlar 
normativlari tuzilsa ancha engillashishi mumkin. Marshrut variantlari sonini tajriba 
asosiga kо’ra kamaytirish mumkin. Masalan, shu yuzani bir о’rnatuvda ketma-ket 
о’tuvlar yordamida bir stanokda bajarish yо’li bilan. 

Download 278.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling