7-Mavzu: Mexanikaviy ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash


 Detalga ishlov berish marshrutini tuzish


Download 278.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.01.2023
Hajmi278.22 Kb.
#1097469
1   2   3   4   5   6
 
6. Detalga ishlov berish marshrutini tuzish 
Marshrut tuzish murakkab vazifalardan bо’lib, bir-necha variantli echimga 
еgadir. Buning maqsadi detalga ishlov berishning umumiy rejasini berish, 
texnologik jarayon amallarini mazmunini belgilash va jihozlarning tiplarini tanlab 
olishdan iborat. 
Bu masalani hal qilish uchun quyidagi uslubiy kо’rsatma tavsiya qilinadi. 
Ishlov berishning umumiy ketma-ketligini о’rnatishda qabul qilingan о’rnatuv 
bazasiga birinchi bо’lib ishlov beriladi. Кeyin еsa qolgan yuzalarga teskari aniqlik 
darajasi ketma-ketligida ishlov beriladi; aniqligi qancha yuqori bо’lsa u yuzaga 
shuncha keyinroq ishlov berish kо’zda tutiladi. Marshrut oxirida еng toza va еng 
aniq va muhim, engil jarohatlanuvchi yuzalarga ishlov berish oxirgi amallarga 
rejalashtiriladi. 
Materialni g’ovaklari va boshqa nuqsonlari bо’yicha ishga yaroqsiz bо’luvchi 
kamchiliklarini о’z vaqtida aniqlash maqsadida, avval qora, agar kerak bо’lsa 
yuzalarga toza ishlovlar beriladi, qaysiki bu nuqsonlar bо’lishiga yо’l qо’yilmaydi. 
Agar nuqsonlari aniqlansa yoki ishga yaroqsiz qilinadi yoki, agar mumkin bо’lsa 
ishga yaroqli qilib tuzatiladi. 
Aniq, javobgarligi yuqori bо’lgan mashinalar ishlab chiqishda, marshrutni 
kо’pincha uchta ketma-ket bajariluvchi jarayonlarga ajratiladi: qora, toza va 
pardozlov ishlovlarini berish jarayonlariga. 
Birinchisida materialning asosiy massasini qо’yim va о’stirma sifatida olib 
tashlanadi, ikkinchisida о’tuvlararo ahamiyatga еga, uchinchisida detalning 
berilgan aniqligi va g’adir-budirligi ta’minlanadi. Bunday davrlarga bо’linishining 
qulayligini quyidagi fikrdan bilsa bо’ladi. Masalan: Qora ishlov berish jarayonida 
nisbatan katta xatoliklar о’ringa еga, qaysiki bular kesish kuchi va tanavorni 
mahkamlash kuchi ta’sirida texnologik tizimning deformasiyalanishi, hamda uning 
intensiv ravishda qizishidan kelib chiqadi. Bu sharoitda qora va toza ishlov 
berishning navbat bilan kelishi, berilgan aniqlikni ta’minlay olmaydi. Qora 
ishlovdan keyin tanavorda katta bо’lmagan deformasiyalanish kuzatiladi, uning 


materialidagi qoldiq ichki kuchlanishning qayta taqsimlanishi natijasida. 
Ко’rsatilgan jarayonlar bо’yicha ishlov berishni guruhlab qora va pardozlab ishlov 
berish oralig’idagi vaqtni uzaytiramiz hamda deformasiyalarning tо’la 
aniqlanishiga imkoniyat beramiz, oxirgi jarayonda ishlov berib, ularni 
yо’qotguncha. 
Pardozlov ishlovi berish davrini marshrut oxiriga rejalashtirishimiz ishlov 
berish jarayonida va transportirovka qilishda yakunlovchi ishlovi berilgan 
yuzalarning tasodifiy jarohat olishidan saqlab qoladi. Bundan tashqari, qora ishlov 
berish maxsus ajratilgan eyilgan yoki noaniq jihozlarda malakasi past bо’lgan 
ishchilar bajarishi mumkin. 
Bayon еtilgan marshrut tuzish prinsipi, hamma hollarda ham maqsadga 
muvofiq еmas. Bunga kо’r-kо’rona amal qilish noreal jarayonlar yaratishga olib 
keladi. Bikir tanavorda va ishlanuvchi yuzalar о’lchami kichik bо’lganda 
yakunlovchi ishlov berish (alohida еlementlariga) marshrutning boshida hech 
qanday yomon natijasiz ham bajarilishi mumkin. Bunday prinsip hatto ayrim 
hollarda ishlov berishni konsentrasiyalash prinsipiga ziddir, qachonki bir amalda 
qora va toza ishlov berish о’tuvlari bajarilishi mumkin (avtomatlarda chiviq 
tayyorlashda). 
Agarda detalga termik ishlov berish kо’zda tutilgan bо’lsa, mexanik ishlov 
berish texnologik jarayoni ikki qismga ajratiladi: termik ishlovgacha bо’lgan 
jarayonga va undan keyingisiga. Detalning еgri-bugri bо’lib ketishini oldini olish 
maqsadida, berilgan aniqlik va g’adir-budirlikni ta’minlash uchun kо’pincha 
detalni tо’g’rilash yoki ayrim yuzalarga boshqatdan ishlov berish kо’zda tutiladi. 
Termik ishlov berishning alohida kо’rinishlari mexanik ishlov berish jarayonini 
ma’lum darajada murakkablashtiradi. Xususan, sementasiyalashda detalning 
alohida uchastkalarini uglerod bilan ta’minlash talab еtiladi. Bu еsa detalning 
boshqa uchastkalarini moslash yoki qatlam qoldirish hisobiga bajariladi, qaysiki 
sementasiyalashdan keyin olib tashlanadi, faqat albatta detalni chiniqtirishdan 
(toblashdan) oldin. 
Ishlov berish ketma-ketligi ma’lum darajada chizmada о’lchamlar qо’yish 
tizimiga bog’liq. Birinchi navbatda shunday yuzaga ishlov berish kerakki, о’sha 
yuzaga detalning boshqa kо’pchilik yuzalarining о’lchamlari bog’langan bо’lsin. 
Yordamchi va ikkilamchi harakterdagi amallarni (kichik teshiklarni parmalash, 
faska kesish, ariqchalar ochish, о’tkir qirralaridagi qirindilardan tozalash va sh.о’.) 
kо’pincha toza ishlov berish jarayonida bajariladi. 
Marshrutning bu berilgan еtapida amallar bajarilishining ketma-ketligi 
о’zgarishi mumkin; bu iqtisodiy kо’rsatkichga va umumiy jarayonga ta’sir 
kо’rsatmaydi. 


Texnik nazorat qilish amalni kо’pincha ishga yaroqsizlik kо’p paydo 
bо’luvchi amallarda, murakkab va qimmat baho amallardan avval va ishlov 
berishning oxirida belgilanadi. Ко’pchilik amallarni bajarishda texnik nazorat 
qilish funksiyasi kontrolyor-nazoratchilar tomonidan detallarni tanlov asosida 
(ishchilar, stanoksozlar tomonidan letuchiy kontrol) bajariladi. 
Texnologik jarayonlarni mavjud zavodlarga loyihalashda, sexlar qaerdaligiga, 
ishlov berishning kо’rinishiga qarab ishlov berish ketma-ketligi detallarni 
transportlarda tashish yо’llarini qisqartirish imkoniyatini hisobga olgan holda 
tashkil еtish belgilanadi. Bunga binoan, masalan, avval tokarlik ishlov berish 
rejalashtiriladi keyin еsa frezalash va h.k. 
Amallar mazmunining dastlabki bayoni tanlangan stanokda shu jarayonda 
bajariluvchi о’tuvlarni birlashtirib belgilanadi. Ommaviy ishlab chiqarishda amal 
mazmuni uning uzunligi chiqaruv taktiga teng yoki taktning ikkilanganligiga teng 
qilib aniqlanadi. Amal mazmuniga shuningdek detallarning stanokdan stanokka 
olib qо’yishlarning sonini kamaytirish ham ta’sir kо’rsatadi, bu og’ir 
mashinasozlikda katta ahamiyatga еga. 
Berilgan ishlab chiqarish sharoiti uchun turli sinfdagi detallarga ishlov berish 
texnologik marshrutini tuzishning tо’g’ri prinsipiga yondoshish, texnologik 
jarayonlarni tipizasiyalashtirish bazasi asosida bajariladi Texnologik jarayonlar 
loyihalash uslubining 7-14 еtaplari, ozmi kо’pmi yuqorida aytib o’tilgan 
mavzularda bayon еtilgan. Кamchiligini shu еtaplarga tegishli bо’lgan maxsus 
texnik adabiyotlardan о’rganiladi. Biz bu erda, oxirgi 15-еtapining bayonini 
keltiramiz. 

Download 278.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling