Mavzu bo’yicha qisqacha xulosalar
1. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini yuksaltirishda agrosanoat majmuasining ahamiyati katta. Uning asosiy maqsadi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish, ularni tayyorlash va qayta ishlash hamda iste’molchilarga etkazib berish tizimining maqsadga muvofiq ishlashini ta’minlashdan iborat.
2. Mintaqalar qishloq xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar natijasida paxta maydonlari kamaytirilib, meva-sabzavotlar etishtirish ko’paymoqda. Bu esa o’z navbatida ichki va tashqi bozorni qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
3. Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan erlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, er osti suv zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish orqali suv yo’qotilishini kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini ta’minlash ishlari keng ko’lamda amalga oshirilmoqda.
4. Iqlim o’zgarishi, aholi sonining ortishi, urbanizatsiya, o’rmonlarni yoppasiga kesish Markaziy Osiyo mintaqasining suv resurslariga, xususan O’zbekistonga, katta qiyinchilik tug’dirmoqda. Global isish tufayli tog’li hududlarda muzliklarning erishi allaqachon daryo va ko’llarning toshib ketishiga olib kelmoqda.
5. O’zbekiston hududi tabiiy-iqlim sharoitiga ko’ra cho’llanish va tuproqning anchagina emirilish jarayonlariga uchragan. O’zbekiston hududidagi eng jiddiy ekologik muammolar quyidagilar: tuproqning sho’rlanishi, eol va suv eroziyasi, yaylovlarda em-xashak mahsuldorligining pasayishi, o’rmonsizlanish va boshqalar hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. Agrosanoat majmuasining ahamiyati nimada?
2. Agrosanoat integratsiyasi deganda nimani tushunasiz?
3. Mintaqada qishloq xo’jaligida olib borilayotgan islohotlarni so’zlab bering?
4. Mintaqamizda suv resurslari bilan ta’minlanishi va undan oqilona foydalanish to’g’risida o’z mulohazalaringizni yuriting?
5. Iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlari haqida fikr yuriting?
6. Mintaqada qishloq xo’jaligida jiddiy ekologik muammolar va ularning echimlari nimada?
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |