7.2. Qishloq xo’jaligi tarmog’ining hududiy xususiyatlari va ixtisoslashuvi
Mustaqillik yillarida islohatlar oqibatida, respublika iqtisodiyotining barcha sohalarini rivojlanishi qishloq xo’jaligida foydalanilyotgan er maydonlarining o’zgarishiga ta’sir etmoqda.
Masalan 1995-yilda qishloq xo’jaligida jami foydalanilgan er maydoni 29736 ming gektarni tashkil etgan bo’lsa, 2000-yilda 25736ming gektarni, 2005-yilda 22371.3ming gektarni, 2010 yilning 1-yanvariga esa 21453.2 ming gektarni, 2019 yilga kelib 20236,3 ming gektarni tashkil etgan (1-jadval). Shu yillarda tarmoqda foydalanilgan erlar 27.9 foizga kamaygan. Lekin shu davrda tarmoqning sug’oriladigan er maydoni atigi 2.5 ming gektarga qisqarib, 2019-yilning boshiga 3262,2 ming gektarni tashkil etdi. Demak so’ngi 20 yil mobaynida hukumat tarmoqda sug’oriladigan erlarni kamaytirmaslik siyosatini amalga oshirgan. Bunday siyosatni respublika hukumatining mamlakat aholisini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan to’laroq taminlash siyosati taqoza etgan (7.1-jadval).
Tarmoqdagi umumiy er maydoni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga berilishi natijasida yuz began. O’tgan 15 yilda qishloq xo’jaligidagi ekinzorlar maydoni atigi 19.5 ming gektarga, ko’p yillik darahtzorlar maydoni 26.9 ming gektarga yaylovzorlar esa 7212.3 ming gektarga qisqargan. Yaylovzorlar maydonining qisqarishiga asosiy sabab ularni qo’ychilik (qorako’lchilik) va echkichilikka ixtisoslashgan shirkat xo’jaliklariga ajratib berilganligidir.
7.1-jadval. O’zbekiston Respublikasining er fondlari bo’yicha taqsimlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |