7-mavzu. Mintaqada qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi Reja
-jadval. Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoslari
Download 128.83 Kb.
|
7-mavzu. Mintaqada qishloq xoâjaligining hududiy ixtisoslashuvi -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qonunlar Bilvosita talluqli qonunlar
7.4-jadval. Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoslari
Agrosanoat integratsiyasi butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari va qiymat tizimidagi ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatlarini birlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, agrosanoat kompleksini boshqarishni mexanizmini agrosanoat majmui shakllantirish va hududiy va tarmoq xususiyatlariga nisbatan «o’sish polosini» joylashtirish kabi tushunchalar asosida tashkil etishga imkon beradi. Eng umumiy tavsifda qiymat zanjiri xarajat manbalarini va differentsiatsiya manbalarini tushunish uchun mo’ljallangan strategik ahamiyatga ega faoliyatlar orqali xom-ashyolardan final iste’molchilarga tasniflash usuli hisoblanadi. Zanjirning har bir bosqichi o’zining maqbul miqyosiga ega, shuning uchun turli tashkilotlarda, kompaniyalarda, firmalarda yoki yirik sanoat korporatsiyasining bo’linmalarida qo’shimcha qiymat mavjud. Mamlakatning raqobatbardosh afzalliklaridan biri qishloq joylarining tabiiy, demografik, iqtisodiy, tarixiy va madaniy salohiyati bo’lib, ulardan oqilona va samarali foydalanish ko’p tarmoqli barqaror rivojlanishni, to’liq ish bilan ta’minlanishni, qishloq aholisining turmush darajasini va sifatini ta’minlaydi. Qishloq joylarining strategik ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish qishloq rivojlanishining kompleks yondashuvidan jamiyatning ijtimoiy-hududiy kichik tizimi sifatida foydalanishni talab qiladi, u ishlab chiqarish, demografik, ijtimoiy-madaniy, ekologik, rekreatsion kabi bir qator muhim milliy iqtisodiy funktsiyalarni amalga oshiradi. Qishloq joylarini barqaror rivojlantirishning muhim shartlaridan biri qishloq aholisi uchun mavjud bilim va ma’lumotlarning darajasini oshirishdan iborat. Agrosanoat majmuasida muhim o’rinni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar egallaydi. O’zbekistonda etishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari iqlim sharoitining juda qulayligi tufayli jahon qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida yuqori darajada raqobatlasha oladi. Aynan agrar sektorda eksportga mo’ljallangan mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va uni qayta ishlaydigan sanoatni etakchi o’ringa ko’tarish qishloq xo’jaligida barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. Mamlakat raqobatbardoshligini oshirishni global tizimga integratsiyalashgan hamda optimal loyihalashtirilgan milliy logistik xizmatlar majmui taqdim etadi. Bunda ichki va tashqi logistika xizmatlarining qay darajada rivojlanganligi katta o’rin egallaydi. Aynan jahon bozoriga eksport qilinayotgan mahsulotlarni tashish jarayonida uning sifati o’zgarmasligi, tovar etkazib berish umumiy zanjiridagi xarajatlarni monitoring qilib borish va bozordagi holatni nazorat qilish uchun agrosanoatda logistik funktsiyalariga birinchi navbatda e’tiborni qaratishi lozim. Logistik tizimlarda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalanish logistik masalalarni hal etishning samarali axborot va instrumental-operatsion ta’minotini yaratish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga asos bo’ladi. Birinchi navbatda, bunday ta’minot logistikada qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimlari uchun ayniqsa zarurdir. Meva-sabzavotlarni ishlab chiqarish va ularni saqlashga qaratilgan hajmining oshishi, mazkur mahsulotlarni saqlash uchun maxsus sovutgichlarni qurish va saqlash texnologiyasini takomillashtirishga mustahkam zamin yaratdi. Xususan, 2016 yilda 93,1 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun 204 yangi sovutish kamerasi tashkil etildi hamda 12,7 ming tonna mahsulotni saqlaydigan 26 sovutish kamerasi modernizatsiya qilindi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rnini inobatga olgan holda mazkur tarmoqni modernizatsiyalash, bu jarayonda esa temir yo’l logistikasini yanada rivojlantirish, bu sohalardagi islohotlarni yanada izchil davom ettirish lozim. Aynan logistika xizmatlarini ko’rsatish miqdori va sifati jihatdan dunyo tajribasida temir yo’l sohasi katta o’rinni egallamoqda. Yurtimizda ham temir yo’l logistika liniyasi bo’ylab zamonaviy agrosanoat korxonalari qurilmoqda, yangi ish o’rinlari tashkil etilmoqda. Mintaqalar qishloq xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar natijasida paxta maydonlari kamaytirilib, meva-sabzavotlar etishtirish ko’paymoqda. Bu esa o’z navbatida ichki va tashqi bozorni qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Bu jarayonni tizimli tashkillashtirish maqsadida mintaqalar va xalqaro magistrallarga chiqishni temir yo’l liniyalarini qurish orqali amalga oshirish lozim. Mamlakat agrosanoat majmuasining xalqaro aloqalarini rivojlantirish, dunyo mamlakatlari va ilg’or texnologiyalardan foydalanish katta ijobiy ahamiyatga ega. Shuningdek, o’zimizda shakllangan tajriba va texnologiyalarni targ’ib qilish va dunyoga tarqatish zarurati ham mavjud. Download 128.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling