7-mavzu. Mintaqada qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi Reja
Download 0.54 Mb.
|
7-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4.Mintaqa qishloq xo’jaligini isloh qilish jarayoni 7.5. Agrosanoat majmuini rivojlantirish muammolari Tayanch tushuncha va iboralar
- 7.1. Qishloq joylarning tabiiy-iqlim sharoiti va relefi
7-mavzu. Mintaqada qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi Reja: 7.1. Qishloq joylarning tabiiy-iqlim sharoiti va relefi 7.2. Qishloq xo’jaligi tarmog’ining hududiy xususiyatlari va ixtisoslashuvi 7.3. ASK tushunchasi, tarkibi va uni boshqarish. Agrosanoat majmuasi siyosatdagi ustuvorliklar 7.4.Mintaqa qishloq xo’jaligini isloh qilish jarayoni 7.5. Agrosanoat majmuini rivojlantirish muammolari Tayanch tushuncha va iboralar: qishloq xo’jaligi, eksport, tabiiy unumdorlik, iqtisodiy unumdorlik, transformatsiyasi, irrigatsiya, melioratsiya, ball bonitet, agrosanoat majmuasi, agrosanoat integratsiyasi, tuproq eroziyasi. 7.1. Qishloq joylarning tabiiy-iqlim sharoiti va relefi O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega. Mamlakat hududi o’ziga xos pasttekislik va tog’ relefini o’z ichiga oladi. O’zbekiston hududining katta qismini pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon pasttekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog’ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. Dunyoning bepoyon cho’llaridan biri mamlakat hududi markazida - Qizilqum joylashgan. Mamlaktimiz bo’yicha qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan erlarning umumiy maydoni 20 236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan erlar 3 988,5 ming gektarni, ko’p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo’z erlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11 028,3 ming gektarni, boshqa erlar 4 760,4 ming gektarni tashkil qiladi. Keyingi yillarda yurtimizda er va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan er maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo’llash, er-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g’alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar etishtirish bo’yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda. Er va suvning jamiyatdagi, ayniqsa, qishloq xo’jaligidagi o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Aholi ulardan yashash uchun uy-joy, binolar qurish, iste’mol etish uchun turli hildagi mahsulotlarni etishtirish va boshqa maqsadlarda foydalanadilar. Shunday ekan er va suvdaning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishdagi ahamiyati juda ulkandir. Chunki tarmoqda ulardan foydalangan holda turli hildagi o’simlikchilik hamda chorvachilik mahsulotlarini, talabni qondiradigan darajada ishlab chiqarish mumkin. Shunday holni e’tiborga olgan holda ingliz iqtisodchi olimi Uiliyam Petti «er boylikning onasidir» deb aytgan. Respublika dehqonchiligi sug’orishga asoslangan. Shuning uchun suv ham er kabi eng zarur vosita hisoblanadi. Qishloq xo’jaligidan olinayotgan mahsulotlar, masalan, paxta, sholi, tamaki, sabzavot, poliz, makkajo’xori, bug’doy, arpa, emxashaklarning aksariyat qismi sug’oriladigan erlarda yetishtiriladi. Mintaqada qishloq xo’jalik mahsulotlarining 95foizdan ortig’i sug’oriladigan maydonlarda etishtiriladi. Sanoatning qishloq xo’jalik xomashyolariga, aholining esa oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi qondirilishida er va suvning ahamiyati juda katta. Erlardan, suvlardan qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi shunchalik ko’payadi, natijada yuqorida ta’kidlangan talablarning qondirilish darajasi ortadi. Lekin erdan asosiy vosita sifatida foydalanishda uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir: a) er maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi. Ona zamin tabiatan cheklangan, uning maydonini inson kengaytira olmaydi. Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi. Boshqa asosiy vositalarni, masalan, traktorlarni, mashinalarni talabni qondirish maqsadida xohlagancha ishlab chiqarish mumkin; b) erning tabiat mahsuli ekanligi. Er va suv tabiat mahsulidir. Shuning uchun uning kelajakdagi taqdiri tabiatga bog’liq. Boshqa asosiy vositalar, ya’ni binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar inson mehnatining mahsulidir. Zaruriyat tug’ilganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin. Er va suvni esa inson ishlab chiqara olmaydi. Shuning uchun ular cheklangan resurslar deb ataladi; v) er - qishloq xo’jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Respublika hududida mavjud bo’lgan erlardan qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirishda bizdan oldingi avlodlar foydalangan, hozirgi davrda biz foydalanmoqdamiz, kelajakda esa avlodlarimiz foydalanadi; g) erni qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib yurish imkoniyati cheklangan. Undan joylashgan makonida, ya’ni statsionar holatda oqilona foydalanish mumkin. Lekin mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli xildagi ishlarni amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga qurish mumkin; d) erning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining mavjudligi, unga ilmiy asoslangan holda ishlov berish natijasida uning unumdorligi oshib boradi. Darhaqiqat, tuproqqa vaqtida ishlov berilsa, o’g’itlansa, uning unumdorligi oshib borishi mumkin. Lekin boshqa asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan eskirib ishdan chiqadi. Ular vaqt o’tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Lekin erga e’tibor berilsa, undan fan-texnika yutuqlarini joriy etgan holda oqilona, samarali foydlanilsa, unumdorligi oshib borishi mumkin. Ammo bu, uning unumdorligi cheklanmagan, degani emas. Shunday ekan, erning unumdorligidan tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo’jaligida erning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligi katta ahamiyat kasb etadi. Hayotda tuproq unumdorligining quyidagi turlari mavjud: tabiiy, sun’iy va iqtisodiy unumdorlik. Tuproqning tabiiy unumdorligi–tabiat mahsulidir. U tabiatning ta’siri natijasida uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati quyosh nuri hamda yog’ingarchilik miqdoriga, shamol va suvlarning ta’siriga bog’liqdir. Ularning ijobiy ta’sirida tuproq tabiiy unumdorligi yaxshi bo’ladi. Sun’iy va iqtisodiy unumdorlik esa inson mehnati natijasida shakllantirilib, oshirilishi mumkin. Jumladan, mehnat, mablag’ sarflab, erlarning irrigatsion, meliorativ holatini yaxshilab, sifatli urug’ ekib, ularni o’g’itlash, yaxshi sifatli ishlov berish orqali tuproqning suniy va iqtisodiy unumdorligini yuksaltirilishi mumkin. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham barcha viloyatlarda bir xilda bo’lmay, bir-birlaridan farq qiladi. Masalan, Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarining aksariyat hududlarida ekinlarni sug’orishda foydalaniladigan suvlarning sifati yaxshi, ya’ni ularning tarkibida hosildorlikka salbiy ta’sir etuvchi turli xildagi minerallar kam, lekin Sirdaryo, Jizzah, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati hududlarida foydalanilayotgan suvlarning tarkibida xlor va boshqa moddalar ko’p. Shuning uchun ham ularning sifati nihoyatda yomon. Bunday hol qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish hajmiga, sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kelajakda erlarning unumdorligini oshirish, suvlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasini samarali amalga oshirish orqali zarur qishloq xo’jalik mahsulotlari hajmini, miqdorini ko’paytirishga va sifatini yaxshilashga erishish mumkin. Respublika jami er fondining asosiy qismini qishloq xo’jalik korxonalari, tashkilotlari foydalanmoqdalar. Masalan bu tarmoqda 1995-yilda 67foizga yaqini foydalangan bo’lsa 2018-yilga kelib 48.3foizi foydalangan. Ular bu erlardan turli hildagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida foydalanadilar. Demak, qishloq xo’jaligining asosiy maqsadi aholi va chorva hayvonlari iste’mol qiladigan mahsulotlarni hamda qayta ishlovchi sanoat korxonalari uchun hom ashyo mahsulotlarni ishlab chiqarish. Qishloq xo’jaligining asosiy maqsaddidan kelib chiqqan holda erdan quyidagi yo’nalishlarda foydalanilmoqda: -urug’ ekib va ko’chat o’tkazib hosil olinadigan erlar. Ular ekinzor erlar deb ataladi. Ularning maydoni hrtacha 4 mln. gektarni tashkil etgan. -meva mahsulotlarini etishtirish maqsadida ko’chatlar o’tkaziladigan erlar. Ular ko’p yillik darahtzor erlar deb ataladi. Ularning maydoni 334.4ming gektar. -chorva hayvonlari uchun mahsulotlar etishtiriladigan erlar. Ularni pichanzorlar va yaylovzorlar deb atash mumkin. Ular 11973.3ming gektarni tashkil etadi. Yuqorida ta’kidlangan erlar qishloq xo’jalik erlari deb ataladi. Qishloq xo’jaligida bulardan tashqari fuqorolarga meros qoldirish huquqi bilan berilgan erlar mavjud. Ular oila tamorqa erlari deb yuritiladi. Bulardan tashqari o’rmonzor erlar ham mavjud. Bu erlar suv bilan ta’minlaydigan sug’orish shahobchalarining mavjudligiga qarab sug’oriladigan hamda lalmi erlardan tashkil topgan. O’zbekistonda 2019 yil 1-yanvar holatida sug’oriladigan er maydoni 4191,2 ming gektarni tashkil etgan. Bu jami er maydonining 9.34 foiziga tengdir. Shu maydondan mamlakat qishloq xo’jalik mahsulotining 95 foizi olinmoqda. Bu sug’oriladigan erning ahamiyatini nihoyatda ulkanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham respublikada bu erlardan to’liq va samarali foydalanishga doimo katta e’tibor beriladi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling