7-мavzu: Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi. Reja


Download 1.03 Mb.
bet5/12
Sana30.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1734853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-мavzu Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi

Pnevmotoraks. Ko‘krak bo‘shlig‘i ochilganda, masalan, jarohatlanishda yoki ko‘krak ichi operatsiya qilinganda plevra bo‘shlig‘idagi bosim atmosfera bosimiga teng bo‘lib qoladi, o‘pka bujmayadi va ko‘krak qafasn nafas harakatlariga ergashmaydi, ochiq pnevmotoraks vujudga keladi. O‘pkaga traxeya orqali sun’iy yo‘l bilan ritmik ravishda havo yuborib turilmasa, ikki tomonlama ochiq pnevmotoraks o‘limga olib boradi. Odamning ko‘krak devorini shprits ignasida teshib, plevra bo‘shlig‘iga ozgina havo yuborish yo‘li bilan sun’iy yopiq pnevmotoraks vujudga keltirilsa, o‘pka qisman bujmayadi. Qisman bujmaygan bunday o‘pka Donders modelidagi o‘pka singari nafasda qatnashaveradi; nafas olish paytida kengayadi va nafas chiqarish paytida puchayadi. Biroq o‘pkaning elastik cho‘zilish kuchi kamayadi, bu esa sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda o‘pka to‘qimasining parchalanishidan hosil bo‘lgan patologik bo‘shliqlar (kavernalar)ning berkilishiga va yallig‘lanish protsesslarining bitishiga yordam beradi. Biroz vaqt o‘tgach plevra bo‘shlig‘idagi havo so‘rilib ketadi va o‘pka yana yoziladi.

Pnevmotoraksni saqlab tu.rish uchun plevra bo‘shlig‘iga qaytadan havo yuborish zarurati shundan kelib chiqadi.
O‘pka havosining hajmi.Nafas havosi. Odam tinch turganda qariyb 500 ml (300 dan 600 gacha) havoni nafasga oladi va chiqaradi: havoning bu hajmi nafas havosi deb ataladi. Odam 500 ml nafas havosining ustiga yana qo‘shimcha 1500 ml chamasi havo olishi mumkin (qo‘shimcha havo), shuningdek tinch nafas chiqarishdan so‘ng yana qariyb 1500 ml havoni nafasdan chiqara oladi (rezerv havo). Keltirilgan raqamlar o‘rta yoshdaga normal erkaklar uchun o‘rtacha sonlardir. Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, tinch nafas olish va chiqarish paytida ko‘krak bo‘shlig‘i maksimumgacha kengaymaydi va bujmaymaydi. Zarur bo‘lganda nafas harakatlarining hajmi nafas chiqarish tomoniga ham, nafas olish tomoniga ham o‘zgara oladi, shu tufayli o‘pkaga kiradigan havo hajmi oshadi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi. Maksimal nafas olingandan so‘ng maxsus gazometr (spirometr) ga mundshtuk orqali maksimal nafas chiqarilsa, unga nafas havosi ham, rezerv havo ham, qo‘shimcha havo ham kiradi, ya’ni o‘rtacha, 500+1500+1500 = 3500 ml havo kiradi. SHu havoning hammasi o‘pkaning tiriklik sig‘imini tashkil qiladi. YOsh, jins, sog‘liqqa va nafasni mashq qilishga qarab, tiriklik sig‘imi turlicha bo‘ladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imi yigit-yalanglarda 3,5—4,5 l; ayollarda. shundan taxminan kam 3—3,5 l) dir.
Qoldiq havo. Maksimal chuqur nafas chiqarilgandan so‘ng o‘pka hajmi havodan to‘la qutilmaydi; unda qariyb 1000—1500 ml havo koladi, u qoldiq havo deb ataladi. Odatdaticha, tinch nafas olish va chiqarishda o‘pkada doimo qoldiq havo bilan rezerv havo bo‘ladi. Murda o‘pkasidagi havoning ko‘pchilik qismini ikki tomonlama ochiq pnevmotoraks yo‘li bilan chiqarib yuborish, mumkin, chunki bunda o‘pka to‘qimasi butunlay bujmayadi. Ayni vaqtda o‘pkadan chiqqan havo kollaps havosi deb ataladi. Ochiq pnevmotoraksdan keyin ham o‘pkada minimal miqdorda havo qolgani uchun, katta yoshli odamning yoki nafas olgan go‘dakning qirqib olingan o‘pkasi suvda cho‘kmaydi. O‘lik tug‘ilgan (nafas olmagan) bolaning o‘pkasi yozilmagani va ichida havosi bo‘lmagani uchun suvga tashlansa cho‘kib ketadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling