Yuridik shaxslarning metrologik xizmati
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati –o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajaruvchi va ushbu korxonada (tashqi lotda) metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologik tekshiruvni o‘tkazish zarur bo‘lgan hollarda tashqi l etiladi.
Bunda bosh, tayanch metrologik xizmatlar tadbirkorlik subyektlarida o‘z faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari tomonidan tashqi l etiladi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarining huquqlari va majburiyatlari davlat metrologik xizmati idoralari bilan kelishilgan nizomlarda belgilanadi.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmati Namunaviy nizomi O‘z RH 51-011-93 “O‘z O‘DT. O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxsning metrologik xizmati to‘g‘risida namunaviy nizom” da keltirilgan.
O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:
o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, meyyorlarning, ilmiy va tashqi liy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.
Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:
o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashqi l etish, ta’minlash va tadbiq etish;
o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi meyoriy hujjatlarni ishlab ko’rib va tadbiq etish;
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |