7-mavzu: Orientirlash Reja: Topografik kartani orientirlash


Download 365.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.05.2023
Hajmi365.58 Kb.
#1434010
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7 - mavzu



7-mavzu: 
Orientirlash
Reja: 
1.Topografik kartani orientirlash 
2. Kartada chiziqning haqiqiy azimut va direksion burchagini aniqlash 
3.Joyda chiziqlar yo‘nalishini aniqlash 
4. Meridianlarning yaqinlashish burchagi 
5. Direksion burchaklar 
6. Direksion burchak bilan rumb burchagi orasidagi munosabat 
7. Burchak tomonlarining direksion burchaklari orqali ichki burchakni hisoblash 
 
Tayanch so‘zlar: orientir, meridian, azimut, direksion burchak, geografik koordinata, geografik 
kenglik, geografik uzoklik, geoid yer, globus, karta, plan, sistema, profil, astronomik va 
geodezik usul. 
1.Topografik kartani orientirlash 
Plan yoki kartada tasvirlangan chiziqlarning joydagi mos chiziqlar gorizontal 
qo‘yilishining yo‘nalishiga parallel qilib o‘rnatilishi planni va kartani orientirlash deb ataladi. 
Plan yoki karta kompas yoki bussol yordamida yo bo‘lmasa plan yokt kartada 
tasvirlangan yo‘l kabi ob’ektlar bo‘yicha orientirlanadi. 
Kompas yoki bussol yordamida orientirlash. Bunda topografik karta undagi meridian 
chizig‘i yoki koordinata to‘rining kilometrlar chizig‘i bo‘yicha orientirlanadi. Masalan, kartani 
orientirlashda bussol tagligining bir tomoni (AV) kartadagi haqiqiy meridian (IX. 18–shakl) 
yo‘nalishi, ya’ni trapesiya ramkasining chap yoki o‘ng yon tomoni bo‘yicha qo‘yiladi. Keyin 
strelka bo‘shatilib, karta bussoli bilan shunday buri-ladiki, magnitaviy strelkaning shimoliy uchi 

qiymatiga teng bo‘lakda to‘rsin (shaklda 
0
5



da to‘ribdi). Shunda karta meridian 
bo‘yicha Orien-tirlangan bo‘ladi. Agar bussolning yon tomoni AV koordinatalar to‘rining 
vertikal chizig‘iga qo‘yilsa, karta o‘qiy meridian bo‘yicha orientirlangan bo‘ladi. Lekin bunda 
(IX. 
12) 
formulani 
eslab, 
P 
ni 
topish 
kerak. 
Agar 
`
30
1
,
5
0
0





bo‘lsa, 
30'
3
`
30
1
5
0
0
0







Ï
hisobga olinib, karta bilan bussol shunday buriladiki, strelkaning 
uchi 
30'
3



Ï
ni ko‘rsatadi. Shunda karta o‘qiy meridian bo‘yicha orientirlanadi. 
Yo‘l bo‘yicha orientirlash. Kartani planda ko‘rsatilgan yo‘l, aloqa simlari bo‘yicha 
orientirlashda joydagi yo‘lning bir uchida to‘rib karta yo‘lning plandagi tasviri joydagi yo‘lga 
parallel bo‘ladigan qilib ushlanadi. Buni uch qirrali chizg‘ich yordamida bajarish qulay bo‘ladi.

Download 365.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling