7-mavzu. Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Download 37.78 Kb.
bet1/6
Sana05.02.2023
Hajmi37.78 Kb.
#1167207
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedagogika tarixi fan sifatida.


7-MAVZU. Pedagogika tarixi fan sifatida.
Eng qadimgi davrlardan vii asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Reja:
1.1 “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
1.2.Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
1.3.Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi


1.1 “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
Maktab va pedagogika ko‘p asrlik tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan, mazkur davrda pedagogika fani ko‘plab g‘oyalar va konsepsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - yeng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayonidir.
Pedagogika tarixi” faning maqsadi-yeng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o‘rganishdan iborat.
Pedagogika tarixi” fanining vazifalari-milliy o‘z-o‘zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog‘liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
pedagogik fikrlar rivojini tahlil yetish va tizimlashtirish;
pedagogik g‘oyalarni tahlil yetish asosida ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq yetish.
Pedagoka tarixini o‘rganish manbalari-arxeologik yodgorliklar, qo‘lyozmalar, xalq og‘zaki ijodi, adabiy yodgorliklar, hujjatlar, badiiy adabiyot, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining asarlari.
1.2.Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi-pedagogika tarixini davrlashtirishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda pedagogika tarixini o‘rganishga doir yeng keng tarqalgan davrlashtirish o‘zida quyidagi bosqichlarni aks yettiradi:
eng qadimgi davrlardan O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar;
mustaqillikka yerishilgandan to hozirgi kungacha O‘zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji;
jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha).
Biroq pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog‘liqlikda o‘rganish maqsadida quyidagi tarzda davrlashtish maqsadga muvofiq:
yeng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar;
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;
Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi;
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab;
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji;
XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji;
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;
1917-1991 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji;
Mustaqil O‘zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji;
eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi;
XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji;
hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiya
Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo‘lib, mazkur davrda yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil yetishni talab yetadi.

Download 37.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling