7-Mavzu. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari reja
Download 269.11 Kb. Pdf ko'rish
|
7-Mavzu. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari reja
7-Mavzu. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari reja 1. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari 2. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari, normativ baholash, natijalarni taqsimlashga asoslangan baholash, 3. Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish xususiyatlari 4. Psixologiyani o‘qitishda bilimlarni nazorat qilish Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishdagi muvaffaqiyatlar motivatsiyaga asoslanadi, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishda, bilim va ko‘nikmalarning shakllanishida hamda shaxsning ayrim sifatlarini rivojlantirishdagi ahamiyatli bo‘lgan va harakatga keltiruvchi stimullarga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda qobiliyatlar mavjudligining o‘zi muvaffaqiyat garovi bo‘lolmaydi, chunki zarur motivatsiyaning bo‘lmasligi oqibatida shaxsiy tashabbussiz na o‘quv faoliyatiga, na muloqot jarayoniga kirisha oladi. Natijada psixologik rivojlanishni o‘zida aks ettiradigan ijtimoiy faollikning turlarida kam ishtirok eta boshlaydi. Motivatsiyaning kamchilligi holatida mavjud layoqatlar ham qobiliyatga aylanmaydi, intellektual va shaxsiy taraqqiyot esa sekinlashib boradi. Bolalarga ta’lim va tarbiya berishda ahamiyatli rezervlar mavjud bo‘lsada, amaliyotda ular motivatsiyaning yetishmasligi tufayli to‘laligicha qo‘llanilmaydi. Ushbu holatning sabablari bir nechadir. Birinchidan, turli yoshdagi bolalarning turli individual xususiyatlari bilan ta’lim, muloqotga kirishishlariga turtki bo‘luvchi barcha motivlar oxirigacha o‘rganilgan emas. Ikkinchidan, katta bo‘lishgach pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangandan so‘nggina kishi ilk bor bolalarning ta’lim olish motivlari borasida fikrlashga harakat qiladi va kishining o‘quv maskanigacha yoshdan o‘tgandan keyingina bolalarning xulq-atvoridagi haqiqiy motivlari haqida bashorat qila olish mumkin. Ammo, kishining oldindan ko‘ra olishi qanchalik to‘g‘ri ekanligi va voqelikka mos kelishdek bashorat qilishga kafolat yo‘qdir. Balki, kishi bolalarda haqiqatdan ham bo‘lmagan narsalarni mavjud qilib ko‘rsatishga va ularning ta’lim, tarbiyasini haqiqiy motivlashtiruvchi ahamiyatli bo‘lgan narsa haqida bilmasligi ham mumkin. Uchinchidan, bolalarda individual farqlanish mavjud bo‘lib, bir bola uchun muhim bo‘lgani boshqalar uchun qiziqish uyg‘otmasligi mumkin. Uchinchidan, faol harakatlanuvchi motivlar yig‘indisi sifatida qaraladigan motivatsiyaning o‘zi vaziyatga nisbatan o‘zgaruvchan hisoblanadi. Shuning uchun ham ta’lim va tarbiyaviy qiziqishlarni stimullashtirish ayrim vaziyatlarga mos kelsada, ba’zida esa noadekvat bo‘lishi mumkin. Bolalarga ta’lim va tarbiya berishda eng muhim vazifalardan biri shundan iboratki, yuqoridagi qayd etilgan motivatsiyaning o‘zgarish sabablarini inobatga olgan holda, amaliy jihatdan unga ta’sir qila bilish va motivatsiyani kamaytiruvchi minimum omillarga olib kela bilish kerak. Ta’lim va tarbiyalash jarayonida namoyon bo‘ladigan har qanday motiv va qiziqishlarni qanchalik ko‘rib chiqmaylik, binobarin natijada ular rag‘batlantirish va jazolash uslubiga borib to‘xtaladi. Download 269.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling