7-Mavzu. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari reja


Download 269.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.03.2023
Hajmi269.11 Kb.
#1279294
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Mavzu. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari reja



7-Mavzu. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari
 
reja 
1. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari 
2. Psixologiya fanidan bilimlarni baholash tiplari, normativ baholash
natijalarni taqsimlashga asoslangan baholash, 
3. Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish xususiyatlari 
4. Psixologiyani o‘qitishda bilimlarni nazorat qilish 
 
Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishdagi muvaffaqiyatlar 
motivatsiyaga asoslanadi, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishda, bilim va ko‘nikmalarning 
shakllanishida hamda shaxsning ayrim sifatlarini rivojlantirishdagi ahamiyatli 
bo‘lgan va harakatga keltiruvchi stimullarga bog‘liq bo‘ladi. Bolalarda qobiliyatlar 
mavjudligining o‘zi muvaffaqiyat garovi bo‘lolmaydi, chunki zarur motivatsiyaning 
bo‘lmasligi oqibatida shaxsiy tashabbussiz na o‘quv faoliyatiga, na muloqot 
jarayoniga kirisha oladi. Natijada psixologik rivojlanishni o‘zida aks ettiradigan 
ijtimoiy faollikning turlarida kam ishtirok eta boshlaydi. Motivatsiyaning
kamchilligi holatida mavjud layoqatlar ham qobiliyatga aylanmaydi, intellektual va 
shaxsiy taraqqiyot esa sekinlashib boradi. 
Bolalarga ta’lim va tarbiya berishda ahamiyatli rezervlar mavjud bo‘lsada, 
amaliyotda ular motivatsiyaning yetishmasligi tufayli to‘laligicha qo‘llanilmaydi. 
Ushbu holatning sabablari bir nechadir. Birinchidan, turli yoshdagi bolalarning turli 
individual xususiyatlari bilan ta’lim, muloqotga kirishishlariga turtki bo‘luvchi 
barcha motivlar oxirigacha o‘rganilgan emas. Ikkinchidan, katta bo‘lishgach 
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangandan so‘nggina kishi ilk bor bolalarning ta’lim 
olish motivlari borasida fikrlashga harakat qiladi va kishining o‘quv maskanigacha 
yoshdan o‘tgandan keyingina bolalarning xulq-atvoridagi haqiqiy motivlari haqida 
bashorat qila olish mumkin. Ammo, kishining oldindan ko‘ra olishi qanchalik to‘g‘ri 
ekanligi va voqelikka mos kelishdek bashorat qilishga kafolat yo‘qdir. Balki, kishi 
bolalarda haqiqatdan ham bo‘lmagan narsalarni mavjud qilib ko‘rsatishga va 
ularning ta’lim, tarbiyasini haqiqiy motivlashtiruvchi ahamiyatli bo‘lgan narsa 
haqida bilmasligi ham mumkin. Uchinchidan, bolalarda individual farqlanish 
mavjud bo‘lib, bir bola uchun muhim bo‘lgani boshqalar uchun qiziqish 
uyg‘otmasligi mumkin. Uchinchidan, faol harakatlanuvchi motivlar yig‘indisi 
sifatida qaraladigan motivatsiyaning o‘zi vaziyatga nisbatan o‘zgaruvchan 
hisoblanadi. Shuning uchun ham ta’lim va tarbiyaviy qiziqishlarni stimullashtirish 
ayrim vaziyatlarga mos kelsada, ba’zida esa noadekvat bo‘lishi mumkin. 
Bolalarga ta’lim va tarbiya berishda eng muhim vazifalardan biri shundan 
iboratki, yuqoridagi qayd etilgan motivatsiyaning o‘zgarish sabablarini inobatga 
olgan holda, amaliy jihatdan unga ta’sir qila bilish va motivatsiyani kamaytiruvchi
minimum omillarga olib kela bilish kerak. Ta’lim va tarbiyalash jarayonida 
namoyon bo‘ladigan har qanday motiv va qiziqishlarni qanchalik ko‘rib chiqmaylik, 
binobarin natijada ular rag‘batlantirish va jazolash uslubiga borib to‘xtaladi. 

Download 269.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling