7-mavzu. Qoraxoniylar davlati. G‘aznaviylar va saljuqiylar davlatlari reja


sharoitlar va Movarounnahrga hujumi


Download 296.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana08.01.2022
Hajmi296.41 Kb.
#248580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-мавзу (2) 8b0437f500fe21188cd8ae6d2807fc0b

sharoitlar va Movarounnahrga hujumi 

X  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib  ichki  ziddiyatlarning  ko‘payishi  va  keskinlashuvi 

natijasida  Somoniylar  davlati  kuchsizlana  boshlaydi.  Somoniylarga  tobe  bo‘lgan  viloyatlarda, 

ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko‘tarilgan isyonlar, toju-taxt uchun o‘zluksiz olib 

borilgan  kurashlar  Somoniylar  davlati  inqirozini  yaqinlashtirgan  edi.  Bunday  vaziyatdan 

Yettisuv  va  Qashg‘arda  yashovchi  turkiy  qabilalar  unumli  foydalandilar.  Chunki,  X  asrning 

ikkinchi  yarmiga    kelib  bu  hududlardagi  turkiy  qabilalar  –  qarluqlar,  chig‘illar,  yag‘molar  va 

boshqalar o‘zlarining kuchli feodal davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar. 

Qoraxoniylar turkiy qavmlar ekanligi aniq bo‘lsa-da, ularning kelib chiqishi haqida aniq 

ma’lumotlar  yo‘q.  Ammo,  ular  o‘z  sulolalarini  «Afrosiyob  avlodi»  deb  ataganlari  hamda 

Qoraxoniylar  chig‘illar  yoki  qarluqlar  qavmiga  mansubligi  haqidagi  nuqtai  nazar  o‘rta  asrlar 

davri tarixining ko‘pchilik tadqiqotchilari tomonidagi e’tirof etiladi.  

Qoraxoniylardan  birinchi  bo‘lib  islomni  qabul  qilgan  va  musulmoncha  Abdulkarim 

degan  nom  olgan  hukmdor  Xorun  Bug‘raxon  hisoblanadi.  Ayrim  yozma  manbalarda  u 

Bug‘raxon at-Turkiy deb nomlanadi. Misol uchun, Ibn al-Asir o‘zining «Kitob al-kamil fi-tarix» 

asarida ma’lumot berishicha, Qashg‘ar,  Balasog‘undan to Chan (Xitoy) chegarasigacha bo‘lgan 

yerlar Bug‘raxon at-Turkiy hukmronligi ostida bo‘lgan. 

Butun  Tyan-Shan  va  Yettisuvni  egallab  bo‘lgandan  so‘ng,  qoraxoniylar  Somoniylar 

davlati  tarkibiga  bo‘lgan  Movarounnahrga  ham  harbiy  yurishlar  uyushtira  boshlaydilar  va  tez 

orada  Farg‘ona  va  Isfijob  (Sayram)  ni  bosib  olishga  erishadilar.  990-992  yillarda  qoraxoniy 

Horun (Hasan) Bug‘raxon Somoniylarga tegishli bo‘lgan O‘rta Osiyodagi mulklarning kattagina 

qismini  bosib  oldi.  992-993  yillarda  Hasan  Bug‘raxon  Samarqand  va  Buxoroni  ham  egallaydi. 

Manbalarning  ma’lumot  berishicha,  Somoniylar  davlatida  katta  ta’sirga  ega  bo‘lgan  turk 

lashkarboshisi,  Xuroson  hokimi  Abu  Ali  Simjuriy  va  yana  bir  lashkarboshi  Balx  hokimi  Foyiq 

ochiqdan-ochiq  Qoraxoniylarga  yon  bosadilar.  Ya’ni,  Simjuriy  Hasan  Bug‘raxon  bilan 

mo‘zokaralar olib borgan bo‘lsa, Foyiq Raboti Malik yaqinidagi Bug‘raxonga qarshi jangda, har 

tomonlama  ustunlikka  ega  bo‘lishiga  qaramay  taslim  bo‘ladi.  Hasan  Bug‘raxon  Samarqand  va 

Buxoroni egallagach, kasalligi tufayli urushni davom ettirolmasdan Qashg‘arga qaytishda, yo‘lda 

Qo‘chqorboshi degan joyda 993 yilda vafot etadi. 



Hasan  Bug‘raxon  vafotidan  so‘ng  ulug‘  xon  (qoraxon)  lavozimini,  uning  jiyani  Ali  ibn 

Muso  egallaydi.  Ammo  u  uzoq  vaqt  taxtga  o‘tira  olmadi.  Taxtni  Qoraxoniy  Nasr  Ilekxon 

egalladi.  Somoniylar  davlatidagi  ichki  nizolarni,  Somoniy  hukmdorlari  va  turk  lashkarboshilari 

o‘rtasidagi  kelishmovchiliklarni  diqqat  bilan  ko‘zatib  turgan  Qoraxoniylar  996  yilda  Nasr 

Ilekxon boshchiligida Buxoroga yangi yurishlar uyushtirdilar. Somoniy hukmdori Nuh II G‘azna 

hokimi  Sabuqteginni  yordamga  chaqiradi.  Balxdan  katta  qo‘shin  bilan  yetib  kelgan  Sabuqtegin 

Kesh  va  Nasaf  oralig‘ida  joylashib,  o‘z  qo‘shinlari  bilan  kelib  qo‘shilishini  so‘rab  Nuh  II  ga 

elchi  yuboradi.  Lekin  o‘z  «vassali»  ga  uncha  ishonmagan  Buxoro  hukmdori  o‘z  vaziri 

O‘zayrining  fikriga  qo‘shilib  bu  taklifni  rad  etadi  va  Sabuqteginni  o‘zini  Buxoroga  chaqiradi. 

Bundan ranjigan Sabuqtegin o‘g‘li Mahmudni 20 minglik qo‘shin bilan Buxoroga jo‘natadi. O‘zi 

esa  Nasr  Ilekxon  bilan  mo‘zokaralar  olib  borib,  Qoraxoniylarga  Somoniylarga  tegishli  bo‘lgan 

shimoliy hududlarni taqdim etadi.  

Shunday qilib, 1005  yilga  qadar  Somoniylar  va  Qoraxoniylar  o‘rtasida  ko‘plab urushlar 

bo‘lib  o‘tdi  va  o‘sha  yili  so‘nggi  Somoniy  Abu  Ibrohim  Ismoil  Muntasirning  Buxoroni  ozod 

etishdagi harakatlari muvaffaqiyatsiz yakunlanadi va Somoniylar siyosiy tarix sahnasidan tushib 

ketdilar.  Xullas,  XI  asr  boshlarida  Qoraxoniylar  davlati  Amudaryoning  yuqori  va  o‘rta 

oqimlaridan  to  Yettisuv,  sharqda  esa  Torim  daryosigacha  bo‘lgan  hududlarni  o‘z  ichiga  olgan 

edi.  Ayrim  olimlarning  fikricha,  shu  vaqtdan  boshlab  Qoraxoniylar  Buxoro,  Samarqand  va 

umuman, Amudaryogacha bo‘lgan hududlarni ham boshqara boshlaganlar. Siyosiy jihatdan olib 

qaraganda,  XI  asr  boshlarida  Turkiston  bir  qancha  siyosiy  kuchlar  tomonidan  idora  etilgan. 

Sharqiy  Turkiston,  Toshkent,  Isfijob,  Farg‘ona,  Samarqand,  Buxoro,  Chag‘aniyon,  Xuttalon 

viloyatlari Qoraxoniylar, Amudaryoning chap qirg‘oq yerlari to G‘aznagacha, Xuroson, Seyiston 

viloyatlari  G‘aznaviylar,  Xorazm  esa  Xorazmshohlar,  Orol  dengizidan  sharq  va  shimoldagi 

yerlar ug‘o‘zlar ittifoqi tomonidan boshqarilar edi.  

Qoraxoniylarning  Movarounnahrga  hukmronligi  200  yilga  yaqin  davom  etadi. 

Somoniylarga  tegishli  bo‘lgan  yerlarni  egallash  jarayonida  Qoraxoniy  boshqaruvchilari 

vaqtinchalik bo‘lsa-da birlashib turkiylarning yirik Qoraxonlar davlatini barpo etadilar. Bu davlat 

bir nechta viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib, Movarounnahrga dastlab Nasr Ilekxon hokimlik qilgan. 

Shijoatli  va  mohir  sarkarda  Nasr  Ilekxon  do‘stona  munosabatlar  o‘rnatish  tarafdori  ekanligini 

bildirib  qo‘shnisi  Mahmud  G‘aznaviy  bilan  elchilik  munosabatlari  o‘rnatadi.  Ammo,  bunday 

munosabatlar  uzoq  cho‘zilmadi.  Mahmud  G‘aznaviyning  shimoliy  Hindistonda  urush  olib 

borayotganligidan foydalangan Nasr Ilekxon 1006 yilda katta qo‘shin bilan Amudaryodan kechib 

o‘tib  Balx,  Tus,  Nishopur  shaharlarini  bosib  oladi.  Shunga  qaramasdan  G‘aznaviylar 

Qoraxoniylarni  Xurosondan  haydab  chiqarishga  muvaffaq  bo‘ldilar.  1008  yilda  Qoraxoniylar 

yana  Xurosonga hujum  qildilar. Mahmud  G‘aznaviyning o‘zi  500  ta  jangga  o‘rnatilgan  fillarga 

ega  bo‘lgan  katta  qo‘shin  bilan  Qoraxoniylarga  qarshi  chiqdi  va  ularning  qo‘shinini  butunlay 

yakson qildi. Shundan keyin Qoraxoniylar Xurosonga harbiy  yurish uyushtirishga boshqa jur’at 

etmadilar. 

Nasr  Ilekxonning  o‘limidan  so‘ng  oradan  biroz  vaqt  o‘tgach  Movarounnahrdagi 

hokimiyat 

Qoraxoniylarning 

Hasaniylar 

sulolasiga 

mansub 


Alitegin 

qo‘liga  o‘tdi. 

Movarounnahrni  uzoq  yillar  boshqargan  Alitegin  bilan  Qoraxoniylarning  ulug‘  xoni 

(tamg‘achxon)  Yusuf  Qodirxon  o‘rtasida  yaxshi  munosabat  o‘rnatilgan  edi.  Bu  munosabatning 

yanada  kuchayib  ketishidan  cho‘chigan  Mahmud  G‘aznaviy  Yusuf  Qodirxon  bilan  kelishib 

Aliteginga  qarshi  ish  tutdilar.  Ular  1025  yilda  Movarounnahrga  yurish  qildilar.  Alitegin 

Zarafshonning  o‘ng  oqimida  yashayotgan  ko‘chmanchi  turkman  qabilalari  va  Saljuqxonning 

nevaralari  Ismoil,  Tog‘rul  va  Dovudlardan  yordam  so‘raydi.  Bu  jangda  Qoraxoniylar 

mag‘lubiyatiga uchragan bo‘lsalarda, Alitegin Movarounnahrda o‘z hokimiyatini saqlab qolishga 

muvaffaq bo‘ldi. 

Movarounnahr  yerlariga  batamon  o‘rnashib  olgandan  so‘ng  oradan  ko‘p  o‘tmay,  ya’ni 

1015-1016  yillar  Qoraxoniy  hukmdorlari,  xonzodalar  va  yirik  amaldorlar  o‘rtasida  toj-taxtni 

egallash, yirik yaylovlarni qo‘lga kiritish, ayrim viloyatlarni bosib olish uchun kurashlar avj ola 

boshlaydi.  Natijada  1041  yilga  kelib  Qoraxoniylar  davlati  ikkiga:  sharqiy  va  g‘arbiy  qismga 




bo‘linib ketdi. G‘arbiy  qism Movarounnahrdan to  Farg‘ona vodiysining g‘arbiy  rayonlarigacha 

bo‘lgan  hududlarni  egallagan  bo‘lib,  uning  poytaxti  dastavval  Buxoro,  bir  muddat  O‘zgand, 

keyin  esa  Samarqand  edi.  Sharqiy  qism  Yettisuv,  Qashg‘ar,  Taroz,  Isfijob,  Shosh  va  Sharqiy 

Farg‘onani o‘z ichiga olgan. Uning poytaxti avval Balasog‘un, keyin esa Qashg‘ar edi. 

XI  asrning  o‘rtalariga  kelib  Xurosondagi  G‘aznaviylar  davlati  Saljuqiylar  tomonidan 

yo‘q  qilindi.  Movarounnahrni  esa  Qoraxoniylar  o‘z  qo‘llarida  saqlab  qoldilar  va  bu  yerda 

Ibrohim  ibn  Nasrning  siyosiy  faoliyati  boshlanadi.  U  o‘z  qo‘shinlari  bilan  avvalo,  Amudaryo 

bo‘yidagi  Xuttalon,  Vaxsh,  Chag‘aniyonni  bosib  oladi  va  tez  orada  butun  Movarounnahr 

yerlarini  zabt  etadi.  U  yangi  poytaxt  qilib  o‘ziga  Samarqandni  tanladi  va  shu  yerdan  turib 

hokimiyatni boshqardi (1040-1068 yy.)  

Ibrohim  ibn  Nasr  bilan  Saljuqiylar  o‘rtasidagi  munosabat  ancha  yomon  edi.  U 

Saljuqiylarning  bir  necha  hujumlarini  qaytarishga  erishgan.  1068  yilda  Ibrohim  ibn  Nasr 

vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu kurashda Shamsulmulk 

g‘alaba  qozonib  hokimiyatni  egallaydi.  1072  yilda  Saljuqiy  Sulton  Alp  Arslonning  vafotidan 

foydalangan  Qoraxoniy  Shamsulmulk    Saljuqiylarga  tegishli  bo‘lgan  Termiz  va  Balx 

viloyatlarini  egalladi.  Ammo,  ko‘p  o‘tmay  Alp  Arslonning  vorisi  bo‘lgan  Sulton  Malikshoh 

boshchiligida Saljuqiylar Qoraxoniylarni qaytarib yubordilar. 

1080 yilda Shamsulmulk vafot etib taxtga Qoraxoniy Ahmad taxtga o‘tiradi. Ahmadxon 

davrida musulmon ulamolari va turk lashkarboshilari o‘rtasidagi kurash avj olib ketadi. Bundan 

foydalangan  Saljuqiy  Malikshoh  Amudaryodan  kechib  o‘tdi  va  qattiq  janglardan  so‘ng  Buxoro 

hamda  Samarqandni  egalladi.  Ahmadxon  esa  asir  olinadi.  Lekin,  Movarounnahrni    o‘z  qo‘lida 

saqlab qolishga ko‘zi yetmagan Malikshoh Ahmadxon bilan sulh to‘zib, katta o‘ljalar olib orqaga 

qaytadi.  Ahmadxonning  Saljuqiylarga  itoatkorligi  harbiy  lashkarboshilar  va  ruhoniylarning 

noroziligiga sabab bo‘lganligi bois, oqibat 1095 yilda u fitna uyushtirilib o‘ldiriladi. 

XII  asrning  boshlariga  kelib  Qoraxoniylar  taxtiga  Arslonxon  (1102-1130  yy.)  o‘tirib 

yarim  mustaqil  davlatni  boshqargan  bo‘lsada,  to‘la  mustaqillik  uchun  harakatlar  olib  bordi. 

Ulamolar  bilan  kelishmovchilik  va  betobligi  tufayli  Arslonxon  taxtni  1130  yilda  o‘g‘li  Nasrga 

topshiradi.  Arslonxon  Saljuqiy  Sulton  Sanjardan  yordam  so‘raydi.  O‘sha  yili  Sulton  Sanjar 

fitnachilarni  jazolab  Samarqand  shahrini  egallaydi  va  shu  davrdan  boshlab  Qoraxoniylar  o‘z 

mustaqilligini deyarli yo‘qotib Saljuqiylarga qaram bo‘lib qoldilar. 

Oradan  ko‘p  o‘tmasdan  Movarounnahrga  yangi  ko‘chmanchi  qabilalar  Qoraxitoylar 

(kidanlar) hujumi xavfi paydo bo‘ldi. XII asrning 30-yillarida Qoraxitoylar Sharqiy Turkiston va 

Yettisuvni,  ya’ni  Sharqiy  Qoraxoniylar  hududini  bosib  oldilar.  Sharqiy  Qoraxoniylar  ancha 

zaiflashib  qolganligi  tufayli  o‘z  mulklarini  himoya  qila  olmadilar.  G‘arbiy  Qoraxoniylarning 

ham  ahvoli  bundan  yaxshi  emas  edi.  1137  yildagi  Xo‘jand  yaqinidagi  bo‘lgan  jangda 

Qoraxitoylar qo‘shini Qoraxoniy Mahmudxon qo‘shinlarini tor-mor etdilar. Bu paytda Xorazmni 

egallash bilan band bo‘lgan Sulton Sanjar o‘z vassali Mahmudxonga yetarli yordam bera olmadi. 

Samarqand talon-taroj qilinib, katta tovon undirilgach, Qoraxitoylar orqaga qaytdilar. 

Oradan  ko‘p  o‘tmasdan,  ya’ni  1141  yilda  Qoraxitoylar  yana  Movarounnahr  yerlariga 

bostirib  keldilar.  Ularning  hujumini  to‘xtatish  uchun  Sulton  Sanjar  katta  qo‘shin  bilan 

Samarqand  yaqiniga  yetib  keladi.  Bu  safar  jang  Samarqand  yaqinidagi  Qatvon  cho‘lida  bo‘ldi. 

Hal  qiluvchi  bu  jangda  Sulton  Sanjar  va  Qoraxoniy  Mahmudxonlarning  birlashgan  qo‘shinlari 

Qoraxitoylar tomonidan mag‘lub etildi. 

Samarqand,  Buxoro  va  butun  Markaziy  Movarounnahrni  egallagan  Qoraxitoylar  katta 

o‘ljalar bilan orqaga qaytdilar. Qoraxitoylar Balasog‘undan tashqari hamma  yerlar hokimiyatni 

Qoraxoniylar  qo‘lida  qoldirdilar.  Qoraxoniylar  endi  Qoraxitoylarga  qaram  bo‘lib,  har  yili 

ularning  poytaxti  Balasog‘unga  katta-katta  o‘lpon  yuborib  turar  edilar.  XIII  asrning  boshlarida 

Muhammad  Xorazmshohning  Movarounnahrga  yurishlari  tufayli  Qoraxoniylar  hukmronligi 

butunlar barham topdi. 


Download 296.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling