7-mavzu. Soliqlarni undirish mexanizmi va uni takomillashtirish
Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar
Download 116.04 Kb.
|
7 mavzu SOLIQLARNI UNDIRISH MEXANIZMI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH
7.2. Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar
Soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘liq undirilishi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qulay shart-sharoit yaratish hamda ular manfaatini qonuniy himoyalash uchun ham xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston davlat soliq tizimi tez sur’atlarda rivojlanib, har qanday rivojlangan mamlakat soliq tizimi bilan raqobatlasha oladigan darajaga erishdi. Xarajatlarni qisqartirish maqsadida davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanib, soliq qarzini elektron inkasso topshiriqnomalari orqali undirilmoqda. Soliq tartibni soliq undirish amaliyotiga joriy etish, albatta, davlat manfaatlariga mos keldi. Chunki amaldagi soliq qarzini undirish tartibi uchun sarflanadigan qog‘oz va boshqa yordamchi materiallar sarf-xarajatlari ancha qimmatga tushmoqda edi. 2011-yilning yanvar oyidan boshlab soliq qarzini undirishning elektron inkasso topshiriqnomalari tizimi joriy etildi. Soliq qarzini undirishning elektron inkasso topshiriqnomalari tizimining joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega: xodimning vaqtini tejaydi; qarzdor korxona hisob raqamiga avtomatik ravishda inkasso topshiriqnomasi o‘z vaqtida qo‘yilishini ta’minlaydi; soliq qarzi undirilishini tezlashtiradi; soliq undirish xarajatini kamaytiradi (qog‘oz, bo‘yoqlar, printerlar va boshqa xarajatlarni qisqartirish evaziga); byudjetga tushumlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlaydi; – soliq nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Soliq to‘lash majburiyatiga ega bo‘lgan soliq to‘lovchi uni to‘lashga doir to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatuvchi bankka, o‘zining bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, Soliq kodeksida belgilangan to‘lov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart.13 Agar soliq to‘lovchida to‘lanmagan soliq qarzi mavjud bo‘lsa, soliq organi unga soliqlarni to‘lash muddati o‘tganidan keyin uch kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuboradi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa, soliq organi soliq qarzini Soliq jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. Undirish to‘g‘risidagi arizaga soliq organining talabnomani ta’minlash tartibida javobgarning mol-mulkini xatlash haqidagi iltimosnomasi ilova qilinishi mumkin. Undirish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi u sudga berilgan kundan kechiktirmay soliq organi tomonidan soliq qarzi undirilayotgan jismoniy shaxsga yuboriladi. Agar jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi bir million so‘mdan oshsa, undirish to‘g‘risidagi ariza soliq organi tomonidan sudga beriladi. Download 116.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling