7-mavzu: Sotsial munosabatlar Reja: Ijtimoiy birdamlik va kooperatsiya – jamiyat barqarorligining asosiy omili sifatida


Download 177.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi177.2 Kb.
#1633100
  1   2   3
Bog'liq
LtYDytROjWL0boLnCHchK66uxshM2zW8CHBHFEcU



7-mavzu: Sotsial munosabatlar 
Reja:
1. Ijtimoiy birdamlik va kooperatsiya –
jamiyat barqarorligining asosiy omili sifatida.
2. Begonalashuv va tanazzul. Ijtimoiy 
oqibatlari. 
3. Milliy mafkura- ijtimoiy munosabatlarning 
muhim tarkibiy qismi.


Ijtimoiy birdamlik va kooperatsiya – jamiyat 
barqarorligining asosiy omili sifatida.
Ijtimoiy aloqa va munosabatlar shaxsning
ijtimoiylashuvini taqozo etadi. Ijtimoiy muhit ta'sirida
shaxs shakllanib borar ekan, shu jarayonni tavsiflash uchun
“ijtimoiylashuv” tushunchasi ishlatiladi. Dastlab bu
tushuncha fanda XIX asrning oчirida paydo bo'ldi. 
“Ijtimoiylashuv” deganda shaxsning o'z hayoti mobaynida
o'zi mansub bo'lgan jamiyatning ijtimoiy me‘yorlari va
madaniy qadriyatlarini o'zlashtirish jarayoni tushuniladi. 
“Ijtimoiylashuv” tushunchasi “shaxsni tarbiyalash”, 
“shaxsni shakllantirish” tushunchalari bilan bog'liq, biroq u 
kengroq bo'lib, insonga qaratilgan barcha ta'sirlarni
qamrab oladi.


Ijtimoiylashuv jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tahlil 
qilish 2 ta aspektga ega: 
ruhiy
mantiqiy
va
Har qanday ijtimoiy o'zaro ta'sirni shu 2 nuqtai nazardan 
o'rganish mumkin bo'lgani uchun, tahlil qilishni ijtimoiy 
o'zaro munosabatlarning eng umumiy va fundamental 
shakllaridan boshlab, undan maxsus – iqtisodiy, siyosiy va 
ijtimoiy o'zaro ta'sirning boshqa shakllariga o'tish 
maqsadga muvofiq.


Ijtimoiy o'zaro ta'sirni sotsiologik nuqtai nazardan tadqiq
etishning 2 asosiy darajasi mavjud:
mikrodaraja
makrodaraja
Kishilarning bir-biri bilan 
o'zaro ta'siri, kichik 
guruhlararo o'zaro aloqalar 
va interaktsiya 
mikrodarajada o'rganiladi.
Ijtimoiy aloqalarning 
makrodarajasi o'z ichiga 
yirik ijtimoiy strukturalarni, 
jamiyatning asosiy 
institutlari din, oila, 
iqtisodiyotni oladi.


Ijtimoiy aloqa – odamlarning ijtimoiy ta'siri orqali amalga 
oshiriladigan bog'liqligi bo'lib, u odamning boshqalardan 
huddi shunday munosabatni kutishiga asoslanadi. Ijtimoiy 
aloqa quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- aloqa subyektlari (ikkita yoki minglab bo'lishi
mumkin);
- aloqa predmeti (nima sababdan aloqa amalga
oshirilyapti);
- o'zaro munosabatlarni tartibga solish
mexanizmi.



Download 177.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling