7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


Oddiy mulohazalarda terminlar hajmi


Download 197.23 Kb.
bet10/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

3. Oddiy mulohazalarda terminlar hajmi
Oddiy mulohazalardagi terminlar (S va P) tushunchalar orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko‘ra, o‘zaro munosabatlarini aniqlash mumkin.
Mulohazalarda terminlar (S va P) taqsimlangan (to‘liq hajmda olingan) yoki taqsimlanmagan (to‘liqsiz hajmda olingan) bo‘ladi. Mulohazaning tarkibidagi termin o‘zi ifodalayotgan hamma individlarni ko‘rsatsa, uni taqsimlangan deb ataymiz. Termin o‘zi ifodalagan individlarning faqat noaniq qismini ko‘rsatsa, uni taqsimlanmagan deb ataymiz.4
Termin to‘liq hajmda olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to‘liq mos bo‘ladi yoki mutlaqo mos bo‘lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lsa, unda uning hajmi boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi. Oddiy mulohazalarda terminlar hajmi quyidagicha bo‘ladi: A – umumiy tasdiq mulohazalarning subyekti hamma vaqt to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan, «Hamma insonlar tirik mavjudotdir».
B u mulohazaning subyekti – «inson», predikati – «tirik mavjudot» tushunchasidir, «hamma» – umumiylik kvantori. Bu mulohazaning subyekti to‘liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to‘g‘risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to‘liq kirishadi. Uning predikati to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi – insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning doiraviy shakli quyidagicha: (1-chizma).



1-chizma 2-chizma
Umumiy tasdiq mulohazalarning ba’zilarida S ham, R ham to‘la hajmda bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-chizma).

  1. E – Umumiy inkor mulohazalarning subyekti ham, predikati ham to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu mulohazada S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-chizma).



Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling