7-mavzu: talis xalqaro baholash dasturi


Download 18.32 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi18.32 Kb.
#1271166
Bog'liq
7-mavzu.TALIS xalqaro dasturi



7-mavzu: TALIS xalqaro baholash dasturi.
REJA:

  1. Dastur doirasida ishlab chiqilgan qamrov doiralari (Frameworks).

  2. Tadqiqot o`tkazish shakllari (qog‘oz va kompyuter Tadqiqotda ishtirok etgan mamlakatlarning so‘rovnomalar natijalari tahlili.

  3. TALIS xalqaro dasturi doirasida ishlab chiqilgan so‘rovnomalar (maktab va o‘qituvchi)ning tuzilishi va qamrab olingan mavzular. So‘rovnomalar natijalarining xalqaro darajada e’lon qilinishi

TALIS oʻqituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi.


Tadqiqot maqsadi – ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim etishdan iborat.
Tadqiqotlar maktab oʻqituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balkim xalqaro daraja oʻz fikrini bildirish imkonini beradi.
OECDning TALIS boʻyicha masʼul boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Karine Trembley ushbu tadqiqotda ishtirok etish shartlarini tushuntirib berdi. Ushbu tadqiqotda 200 ta maktab, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori ishtirok etadi. Ularni tanlash ham PISA tadqiqotlariga oʻxshash boʻlib, qaysi bosqich oʻqituvchilarini tanlash, nechta tilda soʻrovnomalar boʻlishini belgilash OECD va davlat oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan koʻzda tutiladi.
Ilgari TALIS tadqiqotlari har 5 yilda oʻtkazilgan boʻlsa, endi 6 yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 2018-yilda oʻtkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020-yilda mart-aprel oylarida eʼlon qilinadi.
OECD mutasaddilari TALIS tadqiqotlari aynan PISA oʻtkazilgan maktabda boʻlishi shart emasligi, ularning natijalari alohida chiqarilishi, TALIS oʻtkazishdan maqsad taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilar kompetensiyalarini va muammolarini aniqlash, lekin uning natijalari ham individual muhokama qilinmasligi, natijalariga koʻra reyting chiqarilmasligini qayd etib oʻtishdi.
Shuningdek, navbatdagi TALIS tadqiqoti 2024-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgani va unda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston hukumati rasman murojaat qilishi lozimligi taʼkidlandi. Shundan soʻng, shartnoma tuzilib, rasmiylashtirish masalalari koʻrib chiqilishi maʼlum qilindi.
Yakunda ushbu tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha boshqa davlatlar, xususan 2018-yilda 1-marta TALIS tadqiqotlarida ishtirok etgan Qozogʻiston tajribasini oʻrganishga kelishib olindi.
Maʼlumot uchun, Shanxayda TALIS-2013 natijalariga koʻra oʻqituvchilar oylik maoshi 10 % oshirilgan. Avstraliyada oʻqituvchilarni oliy taʼlimdan keyingi tayyorgarligi boʻyicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, oʻqituvchilarga haq toʻlash tizimiga oʻzgartirish kiritgan bunda asosiy eʼtibor oʻqituvchilar faoliyat samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3-marta) davom etadigan “qisqa tekshiruvlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan
Download 18.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling