7-mavzu. Transfert bahoni shakllantirish


Download 22.06 Kb.
bet2/2
Sana01.03.2023
Hajmi22.06 Kb.
#1238475
1   2
Bog'liq
transfert baho

1-misol. "Shahrixonsut" HJning 2003-yilgi faoliyatini izohlaydigan quyidagi ma'lumotlar keltirilgan.


Sotishdan olinadigan tushum, (so'm)


358357

O'zgaruvchan xarajatlar, (so'm)

288916

Marjinal daromad, (so'm)

69441

Doimiy xarajatlar, (so'm)

45568

Operasion foyda, (so'm)

23873

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, (dona)

205


Birinchi navbatda, ostonaviy tushumni belgilab olish uchun quyidagicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi: 1. Marjinal daromad hajmini topamiz:

358357 - 288916 q 69441 3. Marjinal daromad koeffisiyentini chiqarib tashlaymiz:

69441:358357 q 0,19

4. Ostonaviy tushum (zararsizlik nuqtasi)ni aniqlaymiz: 45568:0,19 q 239831,6

Ostonaviy tushumni hisoblab topgach, uning yordamida mahsulotni zararsiz sotish bahosi aniqlanadi:

239831,6 : 205 dona q 1169,9

Demak, mahsulotni bir birligini sotish bahosi 358357: 205 dona q1748,08 so'm bo'lsa, bir birlikka to'g'ri keladigan foyda summasi 578,18 so'mni tashkil etadi.

Baho ishlab chiqarish bilan bog'liq barcha xarajatlarni qoplashi va korxonaga foyda keltira boshlashiga imkon berish uchun uni sotiladigan mahsulotga qanday belgilash lozim? Bu savolga javob berish uchun quyidagi misoldan foydalanamiz.

2-misol. Korxona 5000 dona mahsulot sotishni rejalashtirgan, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan o'zgaruvchan xarajatlar 1600 so'mni tashkil etadi. Doimiy xarajatlar - 2000000 so'm. Korxona 3000000 so'm miqdorida foyda olishni mo'ljallagan. Mahsulotni qanday bahoda sotish kerak?

1. Dastlab, marjinal daromad hajmini aniqlaymiz. Buning uchun doimiy xarajatlarga foydaning rejalashtirilgan hajmini qo'shamiz.

2000000 so'm Q 3000000 so'm q 5000000 so'm

2. Bir birlik mahsulotga to'g'ri keladigan marjinal daromad summasini topish uchun yalpi marjinal daromad summasini sotiladigan mahsulotlar miqdoriga bo'lamiz:

5000000 so'm : 5000dona q 1000 so'm.

3. Mahsulot birligi bahosini aniqlash uchun o'zgaruvchan xarajatlar orqali hisoblangan marjinal daromad summasiga doimiy xarajatlar va foydani qo'shish natijasida aniqlangan marjinal daromad summasini qo'shamiz:

1600 so'm Q1000 so'm q 2600 so'm

Zararsizlik bahosini tahlil qilishga doir yuqorida keltirilgan formulalar mahsulotning belgilangan hajmini sotish jarayonida foydaning ma'lum darajasiga erishish uchun sotishning zararsiz bahosini aniqlashga ko'maklashadi.

Demak, moslashuvchan transfert baho siyosatini yuritish va unga tasir etuvchi ichki va tashqi omillarni chuqur tahlil qilish iste?molchilarni rag'batlantirish hamda tovar bozoridagi raqobatda ustunlikka erishish imkonini beradi.

Mavzu bo'yicha tayanch so'z va iboralar.

Transfert baxoni shakllantirishi tamoyillari, ularning turlari: bozor narxi, xarajatlar mikdori bo'yicha baxolash, ularning afzalliklari, kamchiliklari, transfert baxolarni o'rnatish uslubiyati, sanoat, savdo va bank tizimida transfert baxoni shakllantirish.

Mavzu bo'yicha o'z-o'zini nazorat va muxokama qilish uchun savollar.



  1. Transfert bahoga ta'rif bering.


  2. Transfert baho qanday talablarga javob berishi kerak?


  3. Korxona ichki bo'linmalari o'rtasida tranfert bahoni belgilashning qanday usullari mavjud?


  4. Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar qanday yondoshadi?


  5. Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan faol yondashuv usuliga ta'rif bering?.


  6. Korxona faoliyatini rivojlantirishda oqilona transfert baho siyosatini ishlab chiqishning zarurati nimada?


  7. Korxonada transfert bahoni belgilash qanday talablar asosida amalga oshiriladi?


  8. Transfert bahoni shakllantirish usullariga izoh bering.


  9. Transfert bahoni shakllantirishda mahsulotning zararsiz sotilishini belgilash qanday ahamiyatga ega?


  10. Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan qiymat yondashuvining qanday afzalliklari bor?



Adabiyotlar ro'yxati.


1.O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya xisobi to'g'risida»gi qonuni. Xalq so'zi, 1996

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori «maxsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan maxsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tartibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tarkibi to'g'risida»gi Nizom.-T:
O'zbekiston Respublikasi Moliyaviy qonunlari, 1999

3. O'bekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1997 yil 15 yanvar


5-son buyru-i (1997 yillik va yarim yillik xisoboti to'ldirish
to'g'risida).-T.: O'zbekiston Respublikasi Moliyaviy qonunlari, 1997.

4. Bobojonov O.U.Moliyaviy xisob.-T.:Mexnat, 1999.

5.Moliyaviy xisob. KARANA va PRAGMA korporasiyalari.-T., 2000.

6.Rizaqulov A.A., Ibroximov A.K., Xasanov B.A., Usanov A.U.,


Mamatov Z.T. Buxgalteriya xisobining xalqaro standartlari. I-III tom.'T.:TMI va IUT, 1994.

7.Rizaqulov A.A. Uzoq muddatli aktivlar xisobi.-T.; Fan, 1998.

8.Sotivoldiyev.A., Itkin 10. Zamonaviy buxgalteriya xisobi. (Yangi schyotlar rejasi asosida).-T.:PB va AA-2002, I-II tom.

9.G'ulomova F. Buxgalteriya xisobidai mustaqil o'rganish uchun qo'llanma. -T.: Mexnat.2001



10.O'zbekiston Respublikasi Moliyaviy qonunlari to'plamlari. 2000-2002.
xarajatlar qilishi lozim.
Download 22.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling