7-mavzu: yevropa mamlakatlarida ta’lim tizimi. Режа
Download 67.63 Kb.
|
7-MAVZU YEVROPA MAMLAKATLARIDA TA’LIM TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Polshada ta`lim tizimi.
- Davlat va xususiy maktablar
- O’qituvchilarning xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishi
- OO’YU bitiruvchilarining kasbiy nomlari Litsenziat
- Ta’lim tizimidagi ba’zi muammolar va yutuqlar
- Mavzu yuzasidan topshiriq
3. Polshada ta`lim tizimi. 1999 yil Polshada yangi ta’lim reformasi kuchga kirdi. U o’qitishning tashkiliy tuzilishi va imtihonlar tizimini tubdan o’zgartirdi, o’qituvchilar xizmat pog’onasida o’sishining yangi tizimi va maktablarni moliyalashtirish usullarini kiritdi. 1999 yilgi reformadan avvalgi imtihon tizimi: Maktab boshlang’ich ta’limidan keyingi imtihon turli voyevodstvalarda har xil differensial holda o’tkazilgan. Litsey va texnikumlarni bitirish imtihonlari ham voyevodstvalar bosqichida o’tkazilgan. OO’YUlari o’rta maktab bitiruvchilari uchun ichki kirish imtihonlarini o’tkazganlar va shu asosda bo’lajak talabalarni qabul qilish haqida qaror qabul qilingan. Reformaning asosiy tamoyillari: O’rta va oliy ta’limni keng yoyish; Ilmiy dasturlarning o’zgarishiga ko’ra ta’lim sifatini oshirish. Dasturiy o’zgarishlar: O’quvchilarning ko’nikma-malakasi va fikrlashini shakllantirishga ko’mak beruvchi yangi dasturiy asoslar kiritildi. Imtihon standartlari ishlab chiqildi. O’qituvchi o’qitish dasturi va darsliklarni tanlash yoki o’qitish dasturini mustaqil yozish imkoniyatiga ega bo’ldi. Direktor o’quvchilar hoxishiga ko’ra bir necha darslarni kiritishi mumkin (turli to’garaklar, o’lkashunoslik, ekologiya va boshqa o’quv fanlari bo’yicha mashg’ulotlar). Davlat miqyosida ishlab chiqilgan, bir xil baholash tizimiga ega bo’lgan, bir turdagi imtihonlar kiritildi. O’qitish bloklari kiritildi (masalan, musiqa, san’at va h.) Moliyalash va nazorat Boshlang’ich ta’lim va gimnaziyalar gminlar byudjetidan moliyalashtiriladi.(gmin-Polshadagi eng kichik ma’muriy birlik). Gminlar o’quvchilar uchun doimiy dotatsiyalarni oladilar. Xususiy maktablar ochish imkoniyatlari bor, bunda shaxsiy pul mablag’laridan tashqari davlat dotatsiyasini ham olish mumkin. Maktablar ustidan pedagogik nazoratni kuratoriyalar amalga oshiradilar. Boshlang’ich maktab Majburiy bir yillik maktabgacha tayyorgarlik: bog’chada yoki maktabda. Bolalar 7 yoshdan o’qishni boshlashadi. O’qish 6 yil davom etadi va imtihon bilan yakunlanadi. O’qish ikki bosqichda bo’ladi: 1. Birinchi bosqich 1-3-sinflarni qamrab oladi.O’qituvchi o’quv dasturini o’quvchilarning o’zlashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiradi. 2. Ikkinchi bosqich 4-6-sinflarni o’z ichiga oladi, o’qitilayotgan fanlar an’anaviy va blokli fanlarga bo’linadi. Bunda polyak tili, tarix, matematika, chet tili kabilar an’anaviy o’quv fanlariga, ximiya, biologiya, geografiyani o’zida birlashtiruvchi tabiat fani blokli fanlarga kiradi. Dars 45 minut davom etadi. O’quvchi maktabni 6-sinfdan keyin majburiy imtihonlarni topshirish bilan yakunlaydi. Gimnaziya Ta’lim 3 yil davom etadi. Gimnaziya 3 bosqichli imtihon topshirish bilan yakunlanadi: gumanitar fanlar bo’yicha, matematika va tabiat bo’yicha, chet tili bo’yicha. Litsey, texnikum O’rta maktablar ballar limitini e’lon qiladi. O’qish litseyda 3 yil, texnikumda 4 yil davom etadi. Texnikumni tugatgan o’quvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha juda murakkab imtihon topshiradi. Litsey bitiruvchisi hech qanday mutaxassislikka ega bo’lmaydi, u faqat OO’YUlarida o’qishni davom ettirish uchun tayyorlanadi, ayrim fanlar chuqur o’rganiladi. Litsey va texnikum yetuklik attestati imtihoni bilan yakunlanadi. Etuklik attestati imtihonlari quyidagilardan iborat: Ona tilidan yozma va og’zaki imtihon; CHet tilidan imtihon; O’quvchi o’zi tanlagan fan bo’yicha imtihon. Imtihondan o’tish uchun 31% ball to’plash kerak. Imtixon natijalari ma’lum chizmalar bo’yicha hisoblanadi va shunga ko’ra OO’YUga yo’llanma oladi. OO’YU O’rta maktab bitiruvchilarini OO’YUlariga qabul qilish yetuklik attestatida to’plagan ballari asosida amalga oshiriladi. O’qitish zachet va imtixonlar asosida o’tadi. OO’YUda ikki bosqichli ta’lim mavjud: magistr darajasini olish (5 yil); yoki litsenziat(3 yil) + magistr darajasi(2-yil). OO’YUda o’qish diplom ishi himoyasi bilan yakunlanadi. Texnika OO’YUlarida injenerlik imtihonlari ham topshiriladi. Davlat va xususiy maktablar Xususiy maktablarda sinflarda o’quvchilar soni kam. Davlat maktablarida dars soatlari soni O’qituvchi Kartasida aks etadi (qonun bo’yicha haftasiga 18 soat). Xususiy maktablarda dars soatlari soni va sharoitlarni ish beruvchi belgilaydi. Xususiy maktablarda ta’lim jarayoniga ota-onalar ta’siri kuchli. Differensiyalashgan ta’lim bosqichi mavjud. Davlat OO’YUlarining obro’si balandroq. O’qituvchilarning xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishi Polshada o’qituvchilarning xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishi quyidagi bosqichlarga ega (ketma-ket polyakcha nomi bilan): YAngi ish boshlagan o’qituvchi “stajer o’qituvchi” maqomini oladi. 9 oy muddatda staj o’tagach, “shartnomali o’qituvchi” maqomiga ega bo’ladi. 1 yildan keyin esa “mianovan o’qituvchi” maqomini olish uchun staj o’tash xuquqini oladi. Staj 2 yilu, 9 oy davom etadi, so’ngra gmin komissiyasi oldida imtihon topshiradi. Mianovan o’qituvchi maqomini olgach, 3 yildan keyin “diplomli o’qituvchi” maqomi uchun staj qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Staj 2 yilu 9 oy davom etadi va ta’lim vazirligi vakillari suhbati bilan yakunlanadi. “Diplomli o’qituvchi” maqomini olgach, 9 yildan so’ng “professor o’qituvchi” maqomini olishga harakat qiladi (bu professorlik ilmiy darajasi emas). Xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishning barcha bosqichlarida berilgan muddatlarga amal qilinishi, bu muddatda kerakli hujjatlar tayyorlanishi va topshirilishi lozim. Staj paytida o’qituvchi maktab direktori tasdiqlagan shaxsiy reja asosida ishlaydi. Barcha ish natijalarini hisobotda yozib boradi, keyinchalik direktorga va imtihon komissiyasiga taqdim etadi. Xizmat pog’onalari bo’yicha o’sishi o’qituvchining tegishli maqomga ega bo’lishi va oylik maoshining oshishi bilan bog’liq. O’qituvchini ishga qabul qilish va kasb imtiyozlariga ega bo’lish ko’p jihatdan uning maqomiga bog’liq. OO’YU bitiruvchilarining kasbiy nomlari Litsenziat – OO’YUda 3-3,5 yil o’qigan talaba. Injener – Texnika, qishloq xo’jaligi, iqtisodiyot OO’YUlari bitiruvchisi. Magistr – ta’limning 5 yillik standart kursini bitiruvchisi. Ilmiy darajalar va unvonlar: Doktor – doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan shaxsga beriladigan daraja (bizdagi fan nomzodiga to’g’ri keladi). Doktor xabilitovan – doktorlik darajasiga ega bo’lgan, fanga ulkan hissa qo’shgan va yana bir ilmiy ishni himoya qilgan shaxsga beriladigan ilmiy daraja.(bizdagi fan doktoriga to’g’ri keladi). Ta’lim tizimidagi ba’zi muammolar va yutuqlar Kichik qishloq maktablarini moliyalashtirish muammosi: bir sinfda 25 o’quvchi bo’lsagina maqsadli dotatsiya beriladi. Maqsadli dotatsiya bo’lmasa gminlar o’z shaxsiy byudjetlaridan xarajatlarni qoplaydilar shu bois kichik qishloq maktablari yopiladi. Boshlang’ich ta’limning 1-3-sinflarida baholash tizimi mavhum. Umumpolyak imtihonlarining kiritilishi alohida regionlardagi o’qitish darajalarini taqqoslash imkoniyatini berdi. OO’YUga qabul qilish tizimida korrupsiyaning yo’qotilishi. Mavzu yuzasidan topshiriq 1.Germaniyadagi kasb ta`limi berish dasturi yuzasidan referat tayyorlang. 2.Fransiyaning boshlang’ish ta`limi mazmuni bilan O’zbekiston ta`lim mazmunidagi o’xshashlik va farqlarni aniqlab bering. 3. Polshadata’limtizimi. Download 67.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling