7-moliya bozori instrumentlari


Download 235.45 Kb.
bet1/7
Sana07.11.2023
Hajmi235.45 Kb.
#1753125
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-moliya bozori instrumentlari


7-MOLIYA BOZORI INSTRUMENTLARI VAQIMMATLI QOGOZLAR
Reja:
1. Moliya bozori instrumentlari tasnifi va tavsifi 2. Qimmatli qogozlar tasnifi va tavsifi
3. Qimmatli qogozlarning hayot jarayoni sikli 4. Bazaviy qimmatli qogozlar mexanizmi
5. Hosilaviy qimmatli qog„ozlar mexanizmi

Mashg`ulot maqsadi: moliya bozori instrumentlari haqida talabalarning bilimlarini shakllantirish, qimmatli qog‗ozlar faoliyati haqida tasavvurlarini boyitish.
Bobni o„rganish natijasida talaba:

moliya bozori instrumentlari tasnifini bayon qila oladi; qimmatli qog„ozlar tasnifi va tavsifini keltira oladi;


qimmatli qog„ozlarning hayot jarayoni siklini bilib oladi;

bazaviy qimmatli qogozlar mexanizmining klass va seriyalarini farqlay oladi;


1. Moliya bozori instrumentlari tasnifi va tavsifi

Fokus-guruhlarga tayanib mahsulot yaratish haqiqatda juda ham murakkab, insonlar o„zlariga nima kerakligini ko„p holda bilishmaydi, uni o„zingiz korsatmaguningizcha.

Stiv Jobs.

Moliya bozori instrumentlari mazmun-mohiyati ularning bozori bilan hamohang birlikda ko‗rib chiqilishi lozim bo‗lgan instrumentariy (terminologiya) va metodologiya bilan aniqlanadi. Bunda ularning turlari, hossa va hususiyatlari, chiqarilishi va muomalasi jarayonlaridagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlar, bajaradigan funksiyalari ifodalanadi.


Zamonaviy instrumentariy

24
Moliyaviy instrumentlarning mazmun-mohiyatini ochib berish uchun uning



instrumentariysini tashkil etuvchi jahon moliya bozori nazariyasi va amaliyotidagi mavjud zamonaviy konseptual tushunchalarga tayanish lozim.
Instrumentariy – bu moliyaviy instrumentlarning mazmunini to‗liq ifodalovchi maxsus tizimlashtirilgan terminologiya bo‗lib, bazaviy (tayanch) bo‗lgan konseptual (nazariy) tushunchalar majmuasi sifatida namoyon bo‗ladi.
Shunday qilib, moliyaviy instrumentning zamonaviy tushunchasini avvaldagilariga asoslanib, lekin hozirgi zamon jahon moliya bozorining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib (1-chi bobga qaralsin), quyidagicha ta‘riflash mumkin: moliyaviy instrument – bu, umuman olganda, monetiza-tsiyalashgan real bazisga ekvivalent (―egiz-analog‖) qiymatga va hossalarga ega bo‗lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan, moliya bozoridagi munosabatlarni belgilovchi, shakllantiruvchi va rivojlanti-ruvchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimla-nishini ta‘minlovchi, muayyan hollarda ma‘lum shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har hil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo‗ladigan ham investitsion kapital (aktiv, jamg‗arma), ham to‗lov vositasi, ham alohida moliyaviy tovardir.
Moliyaviy instrumentning ekvivalentlik hossasi bevosita va bilvosita, real va nisbiy bo‗lishi mumkin.
Moliyaviy instrumentlarning tovar sifatidagi asosiy maqsadlaridan biri foyda olish bo‗lganligi uchun undagi har qanday faoliyat kapitalni (jamg‗armani) orttirish sohasi ekanligi munosabati bilan ularning bozori – bir vaqtning o‗zida kapitallarga qo‗yilmalar uchun muljallangan bozor hamdir.
Pul mablag‗lari moliyaviy instrumentlarning har qanday turiga qo‗yilishi (yo‗naltirilishi) mumkin. Buning barcha holatlarida yo‗naltirilgan pul mablag‗lari vaqt mobaynida o‗z orttirmasiga (yoki zarariga) ega bo‗lishi, ya‘ni foyda yoki zarar keltirishi mumkin.
Demak, moliyaviy instrumentlar o‗z bozorida moliyaviy resurslar jarg‗armachilardan (investorlardan) iste‘molchilarga tomon va aksincha yo‗nalishda harakat qilishini ta‘minlovchi vosita.
25
Moliyaviy instrumentlar yordamidagi resurslar harakati quyidagi omillarga bog‗liq7:
- moliyaviy instrumentlarning daromadlilik va risk darajasi; - moliyaviy instrumentlarni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
- moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta‘minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;
- jamiyatning mentalitetiva tanlab olgan rivojlanish modeli; - makro- va mikroiqtisodiy barqarorlik;
- tashqi kuchlar va hodisalarning moliyaviy instrumentlar bozoriga ta‘siri va boshqalar.
Moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog‗ozlar, bank kapitallari, boshqa turdagi moliya vositalari va mahsulotlari) monetizatsiyalashgan real bazis va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi maxsus samarali iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan bo‗ladi.
Moliyaviy instrumentga hos quyidagi atributlarni keltirish mumkin:

- har bir turiga mos maqsad va funtsiyasi, bozori va undagi muomala mexanizmi;


- har bir turiga mos rekviziti, shakli, muddati, soni va narxi; - monetizatsiyalashgan real bazis bilan ta‘minlanganligi;
- har bir turining bozor parametrlari (indikatorlari);

- har bir turiga mos chiqaruvchilari va ularning instrument bo‗yicha shartlari va h.k.


Ushbu atributlarning ohirgi uchtasi moliyaviy instrumentning o‗z bozoridagi quvvat potensialini belgilaydi.
Moliyaviy instrumentning mazmuni uning bozordagi funksiyasi va roli, u bilan bog‗liq iqtisodiy-huquqiy munosabatlar asosida belgilanadi. Yuqorida aytib o‗tilganlardan kelib chiqqan holda moliyaviy instrument-ning quyidagi funksiyalarini ta‘kidlash mumkin:

7 Шоҳаъзамий Ш.Ш. Финансовый рынок и ценные бумаги. Книга 1. Учебник.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-cc.13, 31-34.
26
- o‗ziga hos bozor orqali moliyaviy resurslarni (kapitalni) iqtisodiyotda

(iqtisodiyot subyektlari o‗rtasida) samarali taqsimlash va qayta taqsimlash;



- puldan bo‗lak ma‘lum sharoitlarda kvazipul sifatida to‗lov vositasi bo‗la olish (m2 va undan yirik pul agregatlari tarkibiga kiritilganligi munosabati bilan);
- bir vaqtda iqtisodiy va yuridik mazmunni o‗zida mujassamlashtirgan holda uning egasi, chiqaruvchisi va davlat o‗rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni belgilash;
- o‗z egalariga kapitalga egalik huquqi bilan birga boshqa ma‘lum qo‗shimcha huquqlarni (masalan, ovoz berish, boshqaruvda ishtirok etish, ma‘lumotga ega bo‗lish, kreditorlik mavqei va h.k.) berish;
- alohida tovar sifatida muomalada bo‗lish, bozor konyunkturasini va unda biznes sifatini belgilash; uni chiqaruvchisi va bozor holati to‗g‗risida informatsiya bilan ta‘minlash va h.k. (bularni uning moliya bozoridagi roli sifatida qabul qilish mumkin);
- investitsion aktiv va jamg‗arma sifatida xizmat qilish;

- risk sharoitida kapital bo‗yicha daromad olishni, kapitalni qaytarilishini ta‘minlash va h.k.


Shunday qilib, yuqoridagilarning barchasi moliyaviy instrument-larning mazmuni, hossa va hususiyatlarini ifodalaydi.

Download 235.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling