7 O`z. 1-30 mavzu
Download 19.15 Kb.
|
7 O`z. 1-30 MAVZU
7 O`z. 1-30 MAVZU 1.Qachondan boshlab o'lkamiz hududlari Turkiston deb atala boshlandi? A) IX asr B) VIII asr C) VI asr D) VII asr 2. O'zbek xalqi qachon shakllangan? A) IX -XI asrlar B) X-XII asrlar C) IX -XII asrlar D) IX -XIII asrlar 3. Quyidagi voqealarni bo'lib o'tgan vaqti to'g'ri berilgan javobni aniqlang? 1.arab va ajam xalqlarining O'rta Osiyoga kirib keldi 2. turkiy qatlami madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xo'jalik an'analar bilan jadal uyg'unlashuvi yuz berdi 3.o'zbek xalqi shakllandi 4.Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlami yuzaga keldi 5.turkiy til muhiti vujudga kela boshladi 6.o'lkamiz hududlari Turkiston deb atala boshlandi A) 1-VIII, 2-VII , 3-IX-XII, 4-IX, 5-IX, 6-VII B) 1-VII, 2-VI, 3-IX-XIII , 4-IX ,5-IX, 6-VII C) 1-VIII, 2-VIII 3-IX-X, 4-IX, 5-IX, 6-VII D) 1-VIII, 2-IX, 3-IX-XII, 4-IX, 5-IX, 6-VII 4.Al-Farg'oniy qayerdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o'rnini aniqlashda qatnashgan? A) Bag'dod B) Damashq C) Qohira D) Sheroz 5.Al-Farg'oniy Yevropada qanday taxallus bilan mashhur bo'lgan? A) Aflatun B) Arastu C) Alfraganus D) Ptolomey 6.O'rta Osiyoda VIII asrdan davlat va fan tiliga aylangan til qaysi? A) arab B) fors C) turk D) so''g'd 7. Qaysi alloma nafaqat ulamolar,balki oddiy xalq orasida ham "hidoyat yo'lining sarboni" deya katta hurmat e'tibor topti? A) Zamaxshariy B) Motrudiy C) Marg'inoniy D) Imom al-Bulxoriy 8. Qaysi olim Yer aylanasi uzunligini o'lchashda yangi usul- matimatik usulni ishlab chiqadi? A) Abu Nasr Farobiy B) Al Farg'oniy C) Abu Rayxon Beruniy D) Al-Xorazmiy 9.Ibn Sino necha yoshida e'tiborli hakim olim bo'lib yetishadi? A) 16 yoshida B) 17 yoshida C) 18 yoshida D) 15 yoshida 10.XI asrda asos solingan "Dor ul-hikma va maorif" ilmgohi necha yil faoliyat ko'rsatgan? A) 14 yil B) 15 yil C) 13 yil D) 16 yil 11.Quyidagilar orasida Al -Farg'oniy asarini aniqlang ? A) "Baxt -saodatga erishuv haqida" B)"Tirik mavjudot a'zolari haqida" C)" Samoviy harakatlar va ularning nazorati" D) "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum" 12. Ibn Sino yozgan asarlar sonini aniqlang. A) 160 dan ortiq B) 43 dan ortiq C) 450 dan ortiq D) 70dan ortiq 13.Abu Ali ibn Sino faoliyati bilan bog'liq hukmlarni toping? 1. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Lays Samarqandiydan zarur bilimlarni egallaydi 2. Maktabni bitirgach ,ustozi Abu Abdullohdan zarur bilimlarni egallaydi 3.o'n to'rt yoshidan boshlab turli fanlar bo'yicha Sharq va G'arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o'rgandi 4.Ibn Sino taqdir hukmi bilan Xorazm Ma'mun akademiyasida olimlar qatorida ijod qiladi 5.Ibn Sino taqdir hukmi bilan Bag'dod akademiyasida olimlar qatorida ijod qiladi 6. Uning asarlaridan Yevropa tibbiyoti XVII asrgacha foydalandi 7. o'n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo'yicha Sharq va G'arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o'rgandi A) 2,4,6,7 B) 1,3,4,6,7 C) 1,3,5,6,7 D) 2,5,6,7 14.Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning yozma adabiyoti qachon shakllandi? A) XI-XII asrlar B) XI -XIII asrlar C) X-III asralar D) X-XII asrlar 15 .Qaysi olim turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisi hisoblanadi? A) Yusuf Xos Hojib B) Mahmud Qoshg'ariy C) Zamaxshariy D) Beruniy 16.Quyidagi shaxslar ichidan qaysi biri o'zini shoir emas, balki adab muallimi,deb hisoblagan ? A) Yusuf Xos Hojib B) Ahmad Yugnakiy C) Ahmad Yassaviy D) Mahmud Koshg'ariy 17.Quyidagi asarlarni ularga xos xususiyatlari bilan moslashtiring. 1."Qutadg'u bilig" 2." Devonu lug'otit turk" 3."Hibbat ul haqoyiq" 4."Al-Mufassal" 5."Al-Kashshof" a) arab tili va morfologiyasiga bag'ishlangan b) Qur'oni karim tafsiriga oid c) asarda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotdagi o'rni vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi d) dastlabki universal lug'at bo'lib, o'z muallifini dunyoga qomusiy olim sifatida tanitdi e) Islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan A) 1-c, 2-d, 3-e, 4-b, 5-a B) 1-d, 2-e, 3-c, 4-a, 5-b C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-b, 5-a D) 1-c, 2-d, 3-e, 4-a, 5-b 18.Tarixda birinchi bo'lib ko'p tilli lug'at yaratgan alloma G'olib, [23.02.21 10:07] kim edi? A) Zamaxshariy B) Mahmud Koshg'ariy C) Yusuf Xos Hojib D) Motrudiy 19. Qaysi O'rta Osiyolik alloma "Allohning qo'shnisi" degan sharafli nomga muyassar bo'lgan? A) Al-Buxoriy B) Termiziy C) Zamaxshariy D) Motrudiy 20. X-XII asrlar turkiy adabiy tilida qaysi tillarning vujudga kelishida ham muhim bosqich bo'ldi? A) arab va fors B) eski o'zbek va so'g'diy C) eski turk va o'zbek D) eski o'zbek va uyg'ur 21. Qaysi olim o'z asarida dunyo xaritasini ilova qilgan? A) Mahmud Koshg'ariy B) Zamaxshariy C) Yusuf Xos Hojib D) Beruniy 22.Imom al-Buxoriy islom ta'limotiga oid qancha asar yozgan? A) 20 ga yaqin B) 30ta C) 50ta D) 20dan ortiq 23. Quyidagi allomlarning mustaqillik yillarida necha yilliklari nishonlangan? 1.Marg'inoniy 2.Motrudiy 3. Imom al-Buxoriy 4.Zamaxshariy 5.Al-Farg'oniy a) 920 yillik b) 910 yillik c) 1130 yillik d) 1225 yillik e) 1220 yillik f) 925 yillik 24.Axloq va shariat ahkomlari borasida mukammal ma'lumot beradigan fanni aniqlang. A) tafsir B) fiqh C) hadis D) "Haftiyak" 25.Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf tariqatini aniqlang. A) Naqshbandiya B) Yassaviya C) Jaloliya D) Kubroviya 26.Qachonga kelib O'rta Osiyonning ma'naviy hayotida islom dini yetakchilik qilib, jahon dini darajasiga ko'tarildi? A) IX-XII asrlar B) IX- XIII asrlar C) XI-XIII asrlar D) IX-XII asrlar 27. Qaysi asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi? A) X asrdan B) XI asrdan C) XII asrdan D) XIII asrdan 28. O'rta asrlarda qaysi shahar xarobalari kovlab ochilganda turarjoy qoldiqlaridan ma'lum bo'lishicha qurilishida paxsa va xom g'isht yetakchilik qilgan? A) Afrosiyob, Varaxsha , Buxoro , Poykand B) Afrosiyob, Tuproqqal'a, Buxoro, Poykand C) Afrosiyob , Varaxsha , Buxoro ,Marv D) Afrosiyob,Varaxsha, Urganch,Marv 29. Xonbandi suv ombori qaysi asrda barpo etilgan? A) XI asr B) X asr C) XII asr D) XIII asr 30. Qaysi alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham "hidoyat yo'lining sarboni" deya katta hurmat -etibor topti? A) Zamaxshariy B) Motrudiy C) Marg'inoniy D) Imom al-Buxoriy 31."Oldin hech kim tuzmagan va hech kimga ma'lum bo'lmagan alohida bir tartibda tuzilgan" ushbu ta'rifni qaysi olim o'z asari uchun bergan? A) Ahmad Yugnakiy B) Zamaxshariy C) Mahmud Koshg'ariy D) Yusuf Xos Hojib 32. Al-Farg'oniy bilan bir yilda tavalludi nishonlangan allomani aniqlang. A) Marg'inoniy B) Motrudiy C) Al-Buxoriy D) Farobiy 33. Quyidagi nomlardan Zamaxshariyga nisbat berilib aytilganlarini toping? 1."Musulmonlar e'tiqodini tuzatuvchi shaxs" 2."Arab va g'ayri arablar ustozi" 3."Xorazm faxri" 4." Allohning qo'shnisi" 5."Jorulloh" A) 1.2.3.4 B) 1.2.4.5 C) 1.3.4.5 D) 2.3.4.5 34.Quyidagi allomalarni yashagan davrlari bilan to'g'ri moslashtiring. 1.Al-Xorazmiy 2. Beruniy 3. Al-Farg'oniy 4. Farobiy 5. Abu Nasr ibn Iroq 6. Abulxayr ibn Hammor 7. Abu Ali ibn Sino 8. Abu Sahl Masihiy a) X asr- 1034 b) 991-1048 c) 970-1011 d) 973-1048 e) 980-1037 f) 783-850 g) 797-865 h) 873-950 A) 1-h, 2-b, 3-g, 4-f, 5-d, 6-e, 7-a,8-c B) 1-f, 2-d, 3-g, 4-h, 5-a, 6-b,7-e,8-c C) 1-f, 2-b, 3-g, 4-h, 5-c,6-d, 7-e, 8-a D) 1-h, 2-d, 3-e, 4-f, 5-a, 6-b,7-g 8-c 35.Beruniy tuzgan yulduzlar jadvalida nechta yulduz koordinatlari kattaliklari qayd etilgan? A) 1018 B) 1029 C) 1019 D) 1028 36. Qaysi olim umri davomida ko'pgina shaharlarda yashab ,arab tili va adabiyotini , diniy ilmlarni, xattotlik san'atini, arab maqollari va urf -odatlarini chuqur o'rgandi? A) al-Buxoriy B) at -Termiziy C) az-Zamaxshariy D) Motrudiy Download 19.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling